Demografik o‘tish


Demografik o’tish bosqichlari


Download 70.51 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi70.51 Kb.
#1202262
1   2
Bog'liq
2. Majmua ped pis 2022 sentiyabr

Demografik o’tish bosqichlari



Dunyoning turli mamlakatlari demografik o’tishning har xil bosqichini kechirmoqda. G’arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichida bo’lib, tug’ilish va aholi tabiiy ko’payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va SHimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografik o’tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerika va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o’xshash demografik vaziyat kuzatilmoqda. Tug’ilish va aholining tabiiy ko’payishining eng past ko’rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o’tish iqtisodiyotidagi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo’lmoqda.


Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligi demografik o’tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug’ilish ko’rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografik o’tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G’arbiy, Markaziy va SHarqiy Afrika mamlakatlarida tug’ilish va aholi tabiiy ko’payishining yuqori darajalari saqlanib kelmoqda (rasm). Jumladan, 2016 yil yakunlari bo’yicha, jahonning aholi tabiiy ko’payish sur’atlari bo’yicha 10 ta yetakchi davlatlari ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshtalikda esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan.
Download 70.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling