Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining inson qadri masalasiga ahamiyati


Download 333.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.09.2023
Hajmi333.21 Kb.
#1680817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
demokratik-davlat-va-fuqarolik-jamiyatining-inson-qadri-masalasiga-ahamiyati

“Yangi O‘zbekiston: barqaror 
rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, 
iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
469 
w
www.oriens.uz
April 
2022
 
kelib chiqishi haqida ham ma’lum bir ma’lumotlarni bilishimizga ehtiyoj tug’iladi. 
Xususan, Buyuk yunon faylasufi Aristotel demokratiyani quyidagicha ta’riflagan edi: 
“Demokratiyaning birinchi ko’rinishining xarakterli belgisi bo’lib tenglik xizmat 
qiladi. Bu demokratiyaning asosiy qonuniga muvofiq tenglik shundan iboratki, 
mulksizlar ham, mulkdorlar ham hech narsada biron-bir imtiyozlarga ega emaslar
oliy hokimiyat unisi yoki bunisining qo’lida to’planmagan. Shu bilan birga, har 
ikkalasi – ular ham va boshqalari ham o’zaro tengdirlar. Agar ba’zilar erkinlik va 
tenglik demokratiyaning muhim belgilar deb bilsalar, bu holat albatta o’z 
amaliyotini asosan, hammaning davlat boshqaruvida ishtirok etishida ifodalaydi. 
Xalq demokratiyada ko’pchilikni tashkil etishi sababli, ko’pchilikning qarori hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi davlat tuzilishi demokratiya deb ataladi.”[4] 
Abu Nasr Farobiyning demokratik davlat haqidagi qarashlari ham o’ziga xosdir 
jumladan o’zining “Fozil odamlar shaxri” asarida quyidagicha tariflaydi: “demokratik 
davlat bu insoniyatning fozil davlat qurishi yo’lidagi bir bosqichi bo’lib unda ham 
ideal davlatchilikni ko’rmaydi ln bu bosqich fozil davlat qurilishidagi so’ngi 
bosqichlardan biridir, ya`nib u bosqichdan o’tmasdan turib fozil davlat qurib bo’lmay, 
sababi insoniyat birin ketinlikda pog’onama-pog’ona yuksalib boradi deb aytib 
o’tadi.”[5] 
«Demokratiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “xalq hokimiyati” degan 
ma’noni anglatadi. Demokratiya xalq hokimiyati siyosiy pluralism va 
ko’ppartiyaviylik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning konstitutsion 
huquq va erkinliklarini saqlash prinsiplariga asoslangan jamiyatni siyosiy tashkil 
etish shakli hisoblanadi. Demak, ma’lum bir siyosiy tizimni tasvirlaydi hamda turli 
mafkuralar tomonidan ham qabul qilinadi. 
Hozirda esa demokratiya “ko’pchilikning irodasini ozchilik huquqlarini 
saqlagan holda amalga oshirish” deb tushuntirilmoqda. Demokratiyaning demokratik 
jamiyat amal qilishi zarur bo’lgan bir qator shartlari mavjudki, ular quyidagilarni 
tashkil etadi: 
⎯ 
Xalq hokimiyati; 
⎯ 
Fuqarolar roziligiga tayanuvchi hokimiyat; 
⎯ 
Ko’pchilikning ovozi qoidasi; 
⎯ 
Ozchilik huquqlarini himoya etish; 
⎯ 
Asosiy inson huquqlari kafolati; 
⎯ 
Erkin va adolatli saylovlar; 
⎯ 
Qonun oldida barchaning tengligi; 
⎯ 
Odil sud yuritish; 



Download 333.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling