Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida betinim xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol na`munasidir” I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asaridan O‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir: ●o‘quv va ta'limning insonparvarlik xarakter kasb etganligi, ta'lim oluvchining huquq va erkinliklariga, milliy madaniy an'analarga hurmat bilan qarash; ● o‘quvchilarni tayyorlash, o‘qitish, tarbiyalashga shaxsan yo‘naltirilgan yondashuv; ● umuminsoniy va axloqiy qadriyatlarga rioya qilish; vatanga muhabbat, yuqori fuqarolik pozitsiyasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ruhida o‘quvchilarni tarbiyalash; ● ta'limning uzluksizligi; ● ta'lim prinsiplarining yagonaligi; ● ilm-fan, texnika va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida o‘z bilimlarini takomillashtirib borish;
Xalq ta'limi vazirligi "O‘qituvchi maqomi to‘g'risida"gi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy aksiyani tashkillashtirdi. Jumladan, poytaxtimiz ko‘chalarida harakatlanayotgan jamoat transportlarida o‘qituvchi kasbini ulug‘lovchi ijtimoiy reklamalar paydo bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, har bir inson hayotida "o‘qituvchi" degan so‘z muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi, muallim yosh avlodni tarbiyalaydigan va kelajakda yurt farovonligi uchun katta hissa qo`shuvchi shaxsdir. Shu bois o‘qituvchining mamlakat va jamiyatda tutgan o`rni ham beqiyos hisoblanadi.
Xalq ta'limi vazirligiga jamiyatda o‘qituvchi o‘rni va maqomini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan. Ulardan biri “O‘qituvchi maqomi to‘g'risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |