Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘rta sinfni shakllantirish – O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarning asosiy vazifalaridan biri


Download 0.65 Mb.
bet49/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

48. O‘rta sinfni shakllantirish – O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarning asosiy vazifalaridan biri.
Shuni aytib o‘tish zarurki, har qanday jamiyat ijtimoiy muhofaza tizimida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mustaqillika erishilgandan so‘ng oradan o‘n uch yil o‘tdi. O‘zbekistonda nafaqat moddiy farovonlik, jamiyatning demokratlashuvi kabi muhim jaraѐnlar kuchli ijtimoiy himoya tizimi mexanizmi yaratilgan taqdirdagina ma’no- mazmunga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda barpo etilaѐtgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo‘lib qoladi. O‘tkazilaѐtgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog‘liq. Bu haqda Prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: ―Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir‖. Lekin, shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham O‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o‘rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo‘ladi. o‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siѐsiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi, o‘rta sinf esa jamiyat taraqqiѐtini texnologik, texnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoѐn bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida quyidagi omillarni belgilab beradi:
-Kuchli ijtimoiy himoya siѐsati istiqlol va taraqqiѐt yo‘liga ishonchni mustahkamlaydi, bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo‘ladi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siѐsati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunѐ taraqqiѐtida munosib turmush darajasi inson omilining yetuk sharti bo‘lib qolaѐtganligi e’tiborga olinsa, mamlakatimizda bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumli foydalanish masalasi dolzarblashadi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siѐsati fuqarolarning islohotlar jaraѐniga nisbatan manfaatdorligining oshib borishini ta’minlaydi va bu yangilanish jaraѐnining orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siѐsati O‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi. Ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, ѐsh avlodni tarbiyalash vazifalari dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning siѐsiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish, mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy- siѐsiy jaraѐnlar barqarorlashtirish imkonini beradi. Kuchli ijtimoiy himoyalash siѐsati jamiyatda yangicha fikrlashning, tafakkur qilishning asoslarini yaratishga qodirligi tufayli ham demokratik jamiyat barpo etishga ko‘maklashadi. Zero, jamiyatda ijtimoiy-siѐsiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqarolar fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiѐq bilan intiladilar. Chunki, fikrlovchi odam fuqarolik jamiyatiga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko‘proq ro‘ѐbga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo‘la oladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling