Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimoving "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" konsepsiyasi mazmuni


Download 0.65 Mb.
bet51/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

60. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimoving "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" konsepsiyasi mazmuni.
"Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" tamoyili fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, nodavlat va jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish kerak bo’ladi. Buning uchun esa, davlat hokimiyati organlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish zarur. SHu boisdan ham mustaqillik yillarida, ayniqsa 2000 yildan keyingi davrlarda 2006 yilgacha bo’lgan davrda bu masala davlat siyosatining markazida bo’ldi. 1 Davlat qurilishi va boshqaquvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati - mamlakat Parlamentining roli va tahsirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib, barqaror muvozanatga erishishdan iborat. Prezidentimiz I.Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo’shma yig’ilidida "Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" mahruzasida chuqur tahlil qilib berdi. Bunda: 1) Prezident vakolatlarining bir qismini Senatga va hukumatga o’tkazish Konunchilik palatasini shakllantirib uning huquqlarini kengaytirish; 2) Bosh vazir, mamlakat huqumatining rolini, mashuliyatini kuchaytirish; 3) sud hokimiyatini mustahkamlash va erkinligini ta’minlash vazifalarini bayon Mamlakatimizda davlat hokimiyatini erkinlashtirishda ikki palatali parlament barpo etishdan maqsad: 1) parlament o’z vakolatlarini samarali amalga oshirish; 2) Qonunchilik palatasi o’z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borish; 3) Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo’lishini ta’minlash; 4) aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish lozim bo’ladi. Mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko’zlaydigan "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini o’zida ifoda etadi. Bu shuni nazarda tutadiki: 1)dan hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazish; 2) siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining muhim qarorlar qabul qilishdagi rolini kuchaytyrish. Demak, davlat va jamiyat qurilishi, siyosiy hayotini erkinlashtirish hokimiyat organlarining ayrim funktsiyalarini quyi hokimiyat organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish bu fuqarolik jamiyatining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti. Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g’oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi mamlakatimiz Ijtimoiy hayotida o’zining samarasini bermoqda. Masalan, Respublikamiz Prezidenti tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqiqida»gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash yengillashtirish mahnosida takomillashtirildi, yarashuv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksidagi o’lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol- mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo’llanildi. O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining 20-moddasiga muvofiq «Vazirliklar, davlat qo’mitalari,idoralar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi». Qonun ustuvorligini ta’minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni. Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob bilan emas, balki tabiiy-tarixiy evolyutsion yo’l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki, qonunlar huquq sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o’sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir. Huquqiy davlatni belgilovchi mezonlar quyidagilardan iborat:
1) Xalq hokimiyatining amalga oshishi.
2) Huquqning hukmronligi, ya’ni shaxs huquq va erkinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham hech qanday holda buzilmasligi.
3) Konstitutsiya va qonun ustuvorligi.
4) Hokimiyat vakolatlarining bo’linish tamoyili.
5) Sud mustaqilligi.
6) Inson huquqlariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash.
7) Davlat va fuqarolarning o’zaro mashuliyati.
8) Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi.
9) Huquqiy madaniyatlarning yuksak darajada ekanligi.
10) Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Prezident Islom Karimov 2001 yil 29 avgustda Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis 6-sessiyasida
“Adolat qonun ustuvorligida”gi mahruzasida quyidagi muhim jihatlarni alohida ta’kidlab o’tdi:
1) Sud mustaqilligini ta’minlash.
2) Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha alohida sudlarni tashkil etish.
3) Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash.
4) “Sudlar to’g’risida”gi Qonunga ko’ra sud kadrlarini tanlash va tayinlash mexanizmini mustahkamlash.
5) Jinoyatchilikning oldini olish uchun unga shafqatsiz jazo emas, balki qonuniy qay darajada anglashiga bog’liqligini hisobga olish. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi mahruzalarida «Huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, mehyoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni shakllantirish borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo’lgan yangi qonun va mehyoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak» deb ta’kidlab o’tdilar1. Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda yurtboshimizning 1996 yil 31 oktyabrdagi «Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to’g’risidagi farmoni alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bugungi kundaMilliy markaz mamlakatimiz va butun jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etishning tahsirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo’lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarning hayotga to’liq joriy etilishida jiddiy ayrim muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom mahnodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom mahnodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qathiy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz tahminlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar»6. Darhaqiqat qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini tahminlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.

1 Ўзбекистон Республикаси Фармонлар ва қарорлар. №2. Тошкент, Ўзбекистон, 1994 й.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling