Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
Erkin iqtisodiy zonalarning mamlakat rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
46. Erkin iqtisodiy zonalarning mamlakat rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati.
ERKIN IQTISODIY ZONA – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo'lgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) dunyoning ko‘plab davlatlarida keng yoyilgan. XX asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIH lar mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib jahon Tovar aylanmasining 30 foizi turli erkin iqtisodiy hududlarda ro‘y berdi. Xalqaro korporastiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni qidirib, EIHlarni ko‘p foyda olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik xalqaro korporastiyalar iqtisodiy hududlarda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qilishni ekspansiyalarining muhim yo‘nalishi deb hisoblaydilar. Erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan imtiyoz va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi qo‘llaniladigan milliy iqtisodiy hududning bir qismidir. Odatda EIHlar geografik jihatdan u yoki bu darajada alohida hududdir. Erkin iqtisodiy hududlar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi. Ularning faoliyat ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog‘lanadi. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiyoti tashqi dunyoga ochiqligi katta darajada bo‘ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar uchun qulaydir. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning muhim sabablaridan biri shundaki, ko‘pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to‘liq ochishni, 5 o‘ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda ishlatishni istamaydi. Shuning uchun ham maxsus hudud sifatida qisman ochiqlikni ishlatadi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita konsteptual yondoshish qo‘llaniladi: hududiy va funkstional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar. Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) hududlari (EBX) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bunday hududlarni ko‟pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Ular ko‘plab mamlakatlarda mavjud. Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari AQShda eng ko‘p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag‘batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus «dyuti fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo‘lgan an‘anaviy erkin portlarni kiritish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi oqibatida erkin savdo hududlarining evolyustiyasi natijasida vujudga keladi. Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‘lgan hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqiladi. Bu hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo‘ladilar.Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida bu yerda sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy capital oqimi yordamida bandlik darajasini oshrish zaruriyati tug‘ilgan edi. Texnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80- yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo‘ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari jamlanadi. Eng ko‘p texnika kiritish hududlari AQSh, Yaponiya, Xitoyda faoliyat ko‘rsatmoqda. AQShda ularni texnoparklar, Yaponiyada-texnopolislar, Xitoyda- yangi va ilg‘or texnologiyalar hududi deb ataladi Jahonda eng mashhur va AQShda eng yirik «Silikon Velli» nomli texnopark jahon hisoblash texnikasi vositalari va komp‘yuterlar ishlab chiqarishining 20 foizini beradi. Umuman AQShda 80 dan ortiq bunday hududlar mavjud. Yaponiyada mahsus hukumat dasturlari doirasida ilg‘or ilmiy tashkilotlar asosida yigirmaga yaqin texnopolislar tashkil qilingan. Xitoyda ham bunday hududlar odatda davlatning ilm va texnikani rivojlantirish rejalarini amalga oshirish paytida tashkil qilinadi. 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab Xitoyda 50 dan ortiq yangi va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hududlari ishlamoqda. Turli moliya-iqtisodiy, sug‘urta va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi firma va tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan hududlar servis hududlari deb ataladi. Servis hududlar qatoriga offshor hududlar (OH) va soliq gavanlari (SG) kiradi. OH va SG tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Offshor kompaniyalar faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveystariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o‘n yillikda bularga Malta, Mavrikiya, G‘arbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo‘shildi. Turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‘xshash tomonlari ularda o‘zida tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan ustunliklar bo‘lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli hududlarda imtiyoz va rag‘batlantirishlar ba‘zi jihatlari bilan farq qiladi. Imtiyozlar to‘rtta asosiy guruhga ajratiladi: Tashqi savdo imtiyozlari. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operastiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish; Soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma‘lum ko‘rinishlari soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik ozod qilish masalalari; Moliyaviy imtiyozlar. U o‘z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga kommunal xizmatlarning arzonligi, er maydonlari va ishlab chiqarish binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi; Ma‟muriy imtiyozlar. Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy fuqarolar kirib-chiqishini engillashtirish, shuningdek turli ko‘rsatish maqsadida ma‘muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy yutuqlari, umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari haqida ma‘lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning moslashuvchanligiga bog‘liqdir. Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan juda foydali bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o‘ziga xos qato o‘xshashliklarga egadirlar. Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, avvalambor,eksport uchun sanoat tovarlari ishlab rivojlantirish, mamlakatga xorijiy kapital, ilg‘or fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo‘ladi. Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo‘jalik yuritish rejimi xorijiy ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo‘ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatinin tovar-sanoat diversifikatsiyasi ro‘y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori texnologiya ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmtalab ishlab chiqarish jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o‘rinlarga olib chiqadi. 9 Hozirgi kunda jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni birinchi galda, to‘g‘idan tog‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar mintaqani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport- transit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda xalqaro xo‘jalik faoliyatida erkin iqtisodiy zonalarning 30 dan ortiq turi mavjud. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar bir qator huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 1996-yil 25- aprelda qabul qilingan ―ERKIN IQTISODIY ZONALAR TO‟G‟RISIDA‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 1998-yil 30 aprelda qabul qilingan ―Shet el 14 investitsiyalari‖, ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolotlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida ‖gi va boshqa bir qator hujjatlar bilan tartibga solinadi. EIZ to‘g‘risidagi qonunning 1- moddasiga ko‘ra ―Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan va aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida huquq tartiboti bo‘lgan alohida maxsus ajratilgan hududdir. ‖Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va boshqa moliyaviy faoliyatning istagan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno. Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga ko‘ra ―davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Chet ellik investor va chet el investitsiyalari uchun adolatli vat teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta‘minlanadi.‖ Shu o‘rinda ―erkin industrial — iqtisodiy zonaning o‘zi nima, uni tashkil etishdan maqsad va u mamlakatimiz uchun qanday naf keltiradi?‖ degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Avvalo, iqtisodiy zonaning industrial deb nomlanishining o‘zi ham uning sanoatlashganligidan dalolat beradi. Aynan shunday zonalarni tashkil etish orqali har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotiga ilg‘or texnologiya, valyuta kirimlari shaklidagi Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling