Demokratiyaning eng muhim tamoyili – odamlarning saylov huquqini, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit


Download 63.5 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1215714
  1   2
Bog'liq
Konstitutsiya oraliq


Savol:
Fuqaro T.Odilov bolaligidan shoshqaloqlik odati bor edi. Maktabdagi sinfdosh do’stlari uni shu odati uchun “xovliqma” deb hazillashib, murojaat qilardi. 2014- yilda fuqaro T.Odilov 18 yoshga to’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlarda ishtirok etadigan bo’ldi. Fuqaro T.Odilov 2014-yil 21-dekabr kuni – ovoz berish kuni saylov uchastkasiga kelib, saylov byulletenlarini olib, ularga belgi qo’yish uchun ovoz berish kabinasiga kirib ketdi. Qaranki, fuqaro T.Odilovning shoshqaloqlik odati tutib, byulletenlardan birini buzib qo’ydi. Bu holat yuzasidan uchastka saylov komissiyasining a’zosiga murojaat etib, ovoz berish uchun yangi byulleten berishni so’radi. Ammo, uchastka saylov komissiyasi a’zosi fuqaro T.Odilovning talabini yangi byulleten berish uchastkaning vazifasi emasligini, mazkur masala bo’yicha okrug saylov komissiyasiga murojaat etishini aytib, rad etdi hamda T.Odilovning qo’lida turgan byulletenlarni saylov qutisiga tashlab, uyiga ketaverishini aytdi. Uchastka komissiya a’zosining harakatlaridan norozi bo’lgan fuqaro T.Odilov sudga murojaat qildi.

  1. Masalada keltirilgan vaziyatda fuqaro T.Odilovning huquqlari buzilganmi?

Buzilgan bo’lsa uning qanday huquqlari buzilgan?

  1. Fikrlaringizni umumlashtirib, masalaga huquqiy yechim bering?



Javob:
Demokratiyaning eng muhim tamoyili – fuqarolarning saylov huquqini, o’z
xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim. Shunday ekan har bir fuqaro o’zi yashab turgan mamlakat taraqqiyoti uchun o’z vakilini saylash orqali o’zining hissasini qo’shadi.
Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy huquqlari tizimida muhim Konstitutsiyaviy huquq instituti sifatida markaziy o’rinni egallab kelgan. Aynan, mazkur institut orqali fuqarolar bevosita yoki o’zlari saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga egadirlar. Davlat boshqaruv va hokimiyati oliy organlariga fuqarolar o’z vakillarini saylab qo’yishi bir tomondan demokratik davlat qurish uchun huquqiy asos yaratishga xizmat qiladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday ta’kidlaydi: “Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”.1 Darhaqiqat, demokratiyani joriy etish va shakllantirib borish uchun xalq tomonidan saylab qo’yiladigan vakillar orqali davlatni boshqarish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Aslida demokratiya so’zi yunonchadan xalq hokimiyatchiligi ma’nosini anglatib, bundan shuni anglash mumkinki, davlatni xalq saylab qo’ygan vakillar boshqarishi davlatni ravnaq topishi, fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari himoya qilinishi hamda demokratik davlat qurish uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga bag’ishlangan maxsus XXIII bob bor va u “Saylov tizimi” deb nomlanadi. Bunday bob ko’pgina davlatlar Konstitutsiyasida yo’q. Saylov huquqiga bag’ishlangan Konstitutsiyaning 117-moddasi katta ijodiy salohiyatga ega bo’lib, u fuqarolarning saylov huquqini, saylov huquqi prinsiplari, qaysi organlar saylov yo’li bilan tashkil qilinishi, saylov o’tkazishning muddatlari, Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibini, kimlar saylovda qatnashmasligini belgilovchi qoidalardan iborat.2
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasida Saylov tizimiga oid bir qancha normativ huquqiy hujjatlar mavjud. Bular jumlasiga, O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunlarni ko’rsatish mumkin.3
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlashicha: “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy normalarning nechog’lik demokratik ruhda ekanligini namoyon etadigan, xalqning xohish-irodasini erkin ifoda etishini, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi asosiy ishtiroki bo’lib, o’sha hal qiluvchi va muhim ahamiyatga ega masaladir”.4
Yuqoridagi masalaga to’xtaladigan bo’lsak T.Odilov qonunlarimiz bo’yicha saylovda ovoz berish yoshiga yetgan bo’lib, o’zining siyosiy huquqini amalga oshirish jarayonida qonun buzilishiga duch kelgan. O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning birinchi moddasida “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi” 5deyilgan. Shunday ekan, T.Odilovning hatti harakatlari qonunchiligimiz bo’yicha barcha talablarga javob berib, saylov uchastkasi tomonidan qonun buzilishiga yo’l qo’yilgan. Ushbu holatda T.Odilovning siyosiy huquqlari buzilgan bo’lib, ovoz berish uchun kelgan saylovda ishtirok etish yoshiga yetgan har qanday fuqaroga saylov uchastkasi tomonidan shart sharoitlar yaratib berilishi lozim. Bu har bir demokratik davlatning eng asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. Davlatning siyosiy jarayonlariga har bir fuqaro o’z ovozini berib ishtirok etar ekan, ushbu holatda fuqarolarning bilim darajasi, savodlilik holati, o’zini tutish holatlari etiborga olinishi lozim deb o’ylayman. T.Odilov bolaligidan shoshqaloq bo’lganligi buning ustiga u endigina 18 yoshga to’lganlik holatlarini etiborga oladigan bo’lsak, saylov byulletenini buzib quyish holati tabiydir. Bunday holatda saylov uchastkasi hodimi fuqaro T.Odilovga qaytadan ovoz berish tartib qoidalarini tushintirgan holda yangi byulletin berishi lozim edi. Shu sababli saylov uchastkasi hodimi fuqaro T.Odilovni siyosiy huquqlarini buzilishiga sababchi bo’lgan. Buzib qo’yilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlab ketishni aytganligi ham qaysidir manoda saylov uchastkasi hodimini o’z kasbiga layoqatsiz qaraganligini bildiradi. Bunday holatda shu hatti harakatlarni bajargan saylov uchastkasi hodimiga javobgarlik choralari qo’llanilishi ham mumkin. Bizga ma’lumki, buzib qo’yilgan saylov byulletenlari ovozlarni hisoblab chiqishda hisoblanmasligi saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qo’yilgan.
Saylov huquqi bilan fuqarolarni ta’minlash faqat milliy qonunchiligimizda belgilangan bo’lib qolmay, saylov huquqini ahamiyati xalqaro hujjatlarda ham qayd qilingan, jumladan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning 21-moddasida, “Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari vositasida o’z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir”6 – deb belgilab qo’yilgan. Shunday ekan, umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarida ham, mamlakatimiz qonunlarida ham fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirilishida hech qanday qonun buzilishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Saylovchi byulletenni yashirin ovoz berish kabinasida to’ldiradi. Saylov byulleteni to’ldirilayotgan vaqtda uni oldida hech kim bo’lmasligi kerak. Saylovchi o’zi hohlagan nomzod familiyasi ro’parasiga krestik qo’yishi bilan ovoz beradi va byulletenni qutiga tashlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing 117-moddasida “Saylov umumiy, teng va to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi, har bir saylovchi bitta ovozga ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro o’z xohish-irodasini erkin bildirishi ko’rsatib qo’yilgan”. 7
Saylovlarni adolatli, qonun asosida o’tishini, fuqarolar saylov huquqlarini buzilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida saylov jarayonida sud va prokuratura organlarini ishtiroki ham nazarda tutilgan, ularning vazifa va vakolatlari saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilangan. Saylov kuni ovoz berish binosida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi hozir bo’lganda ochiladi. Komissiya raisi, a’zolar hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilar ro’yxatini komissiya a’zolari o’rtasida taqsimlaydi va ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi. Ushbu normalarning belgilab qo’yilganligidan shuni anglash mumkinki, saylov jarayonlarida qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’yilmasligi mustahkamlangan. T.Odilovning saylob byulletenini buzib qo’yganlik holati yuzasidan saylov uchastkasi hodimiga murojat qilganidan so’ng sud va prokuratura hodimlariga ham murojat qilganida buzilgan huquqi qaysidir ma’noda tiklanib, T Odilov qaytadan ovoz berib, uning bergan ovozi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun hal etuvchi ovozga ega bo’lishi mumkin edi. Yuqoridagi masalada esa saylov uchastkasi hodimi fuqaro T.Odilovni siyosiy huquqlarini buzgan bo’lib, T.Odilov sudga murojat qilib to’g’ri qilgan deyishimiz mumkin. Chunki har bir fuqaroni huquqlari sud tomonidan tiklanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunining 17-moddasida keltirilishicha “Ovoz berish kuni saylovchilarga buzib qo’yilgan saylov byulletenini yangisi bilan almashtirib olish huquqi kafolatlanadi. Saylov byulletenini almashtirib berishni tegishli uchastka saylov komissiyasi amalga oshiradi”. Ushbu normadan ham ko’rinib turibdiki, fuqaro T.Odilovning siyosiy huquqlari buzilgan. Yuqoridan qoidan kelib chiqadigan bo’lsak, har qanday saylovda ishtirok etayotgan fuqaroga saylov uchastkasi hodimi ovoz berish tartib qoidalari bilan tanishtirishi, shu holatda ham agar saylov byulleteni buziladigan bo’lsa fuqaroni qaytadan ovoz berish qoidalari bilan tanishtirib, saylov byulletenini almashtirib berishi lozim edi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, fuqarolarning siyosiy huquqi hisoblangan saylovlar inson manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshirilishi lozim. Har bir fuqaroning davlat boshqaruvida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishining ta’minlanishi xalq hokimiyatining asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.8 Shunday ekan har bir demokratik davlat va fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo’ygan mamlakatda saylovlar va ularni o’tkazish tartibiga alohida etibor qaratmoq lozim. Chunki xalq hokimiyatchiligini shakllantirishda o’tkaziladigan saylovlarda fuqarolarning huquqlari buzilsa, keying jarayonlarda uning huquq va erkinliklari to’liq qoplanmasligi mumkin. Sud tomonidan T.Odilovning huquqlari to’liq tiklanib berilishi lozim. Saylov uchastkasi hodimi esa tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi lozim.
Qonunda fuqarolarning saylov huqularini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan. Umumiy saylov huquqining keng kafolatlanganligi fuqarolarning ovoz berishda deyarli yoppasiga ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
Davlatning eng muhim masalalarining fuqarolar hohish-irodasi bilan hal etilishi demokratiyaning yaqqol namoyon bo’lishidir. Davlat hokimiyatini shakllantirishda saylovlar va demokratik tamoyillar muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda eng muhim masalalarning asosan referendum yo’li bilan hal etilishi bevosita demokratiya namunasidir. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekistonda barcha davlat organlarini demokratik asoslarda tuzish tartibi va chinakam xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalqchilligi shu narsada o’z ifodasini topadiki, butun davlat apparatining negizini tashkil etgan davlat organlari uning xalq deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan umumiy saylov yo’li bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi.



Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling