Den Syaopin( xit. 邓小平)


Download 450.5 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi450.5 Kb.
#1144956
  1   2   3   4
Bog'liq
Den Syaopin islohotlari (7) (2)

Den syaopin islohotlari

Den Syaopin( xit. 邓小平)

Biografiya

  • Den Syaopin - xitoylik siyosatchi va islohotchi, Xitoy Kommunistik partiyasining yetakchisi.
  • Deng Syansheng 1904-yil 22-avgustda Sichuan viloyatining Guang'an okrugi Payfang qishlog'ida mahalliy yer egasi oilasida tug'ilgan. Onasi erta vafot etgan, otasi esa ikkinchi marta qayiqchining qiziga uylangan. Uning otasi Den Venming ta'limning muhimligini tushunib, to'ng'ich o'g'lini Chongqingdagi eng yaxshi maktablardan biriga tayyorgarlik kurslariga yozdirib qo'yadi. Maktabda Den ismini o'zgartiradi va o'zini Den Xixian deb atay boshlaydi.
  • 1919-yilda Den 80 ta talaba bilan birga Fransiyaga o'qishga ketadi. O'sha paytda Den atigi 15 yoshda edi. Fransiyada u yetarli pulga ega bo'lmagani sababli avval temir konlarida, so'ngra Renault avtomobil zavodida o't o'chiruvchi va ofitsiant bo'lib ishlagan.
  • 1926-yilda Den Moskvadagi Sharq ishchilari universitetida tahsil oladi. 1926-yil sentyabrda u o'z vataniga qaytadi.

XXRning tashkil topishidan "madaniy inqilob" ga qadar

  • 1949-yilda XXR tashkil topgandan so'ng, Den mamlakatning janubi-g'arbiy hududlariga yuborildi, u yerda u partiya qo'mitasining birinchi kotibi bo'lib ishladi.
  • Mao Tsedun siyosatini qo'llab-quvvatlaydi va yangi hukumatda bir qator muhim lavozimlarga tayinlanadi. 1952-yil iyulda Mao Denni davlat ma'muriy kengashi Bosh vazirining o'rinbosari etib tayinlaydi.
  • 1953-yil yozida Den Syaopin XXR moliya-iqtisodiy qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari va moliya vaziri etib tayinlandi.
  • 1956-yil sentyabrda Markaziy Qo'mitaning birinchi plenumida u Siyosiy byuroning doimiy a'zosi va XKP Markaziy qo'mitasining bosh kotibi etib saylandi.
  • 1957-yil fevral - sentyabr oylarida Mao nomidan “partiyani tozalash” kompaniyasini olib boradi va ziyolilarga qarshi repressiyani boshlab yuboradi.

Siyosiy faoliyatining boshlanishi

  • 1928-yilda Den Guansidagi Gomindan hukumatiga qarshi qo'zg'olonga rahbarlik qiladi. Tez orada qo'zg'olon tugadi va Den Jiangsidagi Sovet Respublikasiga ko'chib o'tdi. Bu yillar davomida Den siyosiy ishchi, harbiy diplomat sifatida tajriba orttirib, juda ko'p narsalarga erishdi. Fuqarolar urushida qatnashdi, 1934-yil dekabrda u XKP Markaziy Qo'mitasi Kotibiyatining rahbari etib tayinlandi.
  • Siyosiy komissar sifatida ishlayotganda, Den Xitoy-Yaponiya urushida va Gomindanga qarshi kurashda bir nechta muvaffaqiyatli harbiy operatsiyalarni tashkil etdi. 1947-yil noyabrda Den shaxsan Chan Kayshi rahbarlik qilayotgan Sichuan shahridagi Gomindan kuchlariga qarshi hujumga rahbarlik qildi.
  • Chongqing shahri o'sha yilning 1-dekabrida qo`lga kiritildi. Undan oldin, noyabr oyining o'rtalarida Chan Kayshi shtab-kvartirasini Chongqingdan Chengduga ko'chirdi. Ammo Gomindanning Xitoydagi ushbu so'nggi tayanch punkti 1948-yil 10-dekabrda kommunistik qo'shinlar tomonidan egallab olindi va shu kuni Chan Kayshi Tayvanga qochib ketdi.
  • Shu davrdan boshlab Liu Shaoqiga yaqinlashadi. “Katta sakrash” siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng, Den Syaoping va Lyu Shaoqi XKPdagi pozitsiyalarini mustahkamladilar. Ular birgalikda “Katta sakrash” siyosatidagi xatolarni tuzatishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni boshladilar va shu bilan partiyada ta'sir o'tkazdilar va aholi orasida mashhurlikka erishdilar. Den va Lyu Maoning radikalizmidan farqli o'laroq, ancha moslashuvchan va mo'tadil siyosat olib bordilar.
  • 1961-yilda Guanchjouda bo'lib o'tgan konferensiyada u o`zining eng mashhur so'zini aytdi: “Qora mushukmi yoki oq mushukmi, agar sichqon ovlay olsa, farqi yo'q, u yaxshi mushuk.

Download 450.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling