Dengiz tubida yoki osmonda ovqatlanishga nima deysiz?
30.04.2013/ 1, Dunyo
noan’anaviy loyihalar yaratishni talab etmoqda. Shu kabi loyihalar orasida restoranlar va mehmonxonalar qurilishi eng muhimi sanaladi. Shu sababli ham biron bir mehmoxona yaratishdan avval uning dizayni, uslubiga yaxshilab e’tibor qaratiladi. Shunday noodatiy, odamlarni hayratga soluvchi binolarning noyob arxitekturasi bilan tanishing:
Dinner In The Sky (“Osmondagi tushlik”), Belgiya
Agar siz yaqin insonlaringizni hayratda qoldirishni istasangiz, ularni “Dinner in the Sky” restoraniga taklif qiling! Mazkur restoran 50 metr balandlikda o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatadi. Moviy osmon bag‘rida mazali taomlarni tanovvul qilayotgan chog‘ingiz qo‘shni stolda yoqimli musiqa yangrab turadi. Shuningdek, xavfsizlik choralariga ham katta e’tibor qaratiladi.
Shanghai Wuzhou International Plaza, Shanxay, Xitoy
Shanxay ko‘pfunksional majmuining arxitektorlari Xitoy an’analariga amal qilgan holda bino loyihasini bir-biriga qarama-qarshi birlik – In va Yandan olishgan. 30 qavatdan iborat mazkur imoratda mehmonxona, do‘konlar hamda ko‘ngilochar maskanlar mavjud.
Water Discus (“Suv diski”), Dubay
Agar siz suv bo‘yida hordiq chiqarishni hush ko‘rsangiz, mazkur mehmoxona siz uchun o‘z eshiklarini ochadi. Bu loyihaning dizayni polyak arxitektura kompaniyasi – Deep Ocean Technology tomonidan ishlab chiqilgan. Mehmonxona ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, yuqori qismda vertolyot qo‘nishi uchun maydoncha, restoran va barlar mavjud. Pastki qism esa “sarguzasht” uchun ayni muddao bo‘lib, unda odamlar mehmonxona ichida suv qa’riga sayohat qilishlari mumkin.
Yellow Tree House (“Daraxtdagi sariq uy” ), Oklend , Yangi Zelandiya
“Daraxtdagi sariq uy” dunyoning eng noyob restoranlaridan hisoblanadi. Uning tashqi ko‘rinishi piyozni eslatadi. Mazkur restoran loyihasi eng yaxshi dizaynerlik ishi borasida katta mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Radisson Blue Hotel, Berlin, Germaniya
Berlinda qad rostlagan besh yulduzli mehmonxona – Radisson Blue tarixiy markazlardan biri sanaladi. Bu yerga tashrif buyurganlar dunyodagi eng katta akvariumni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Unda 56 turdagi baliq yashaydi. Mehmonlar maxsus lift orqali suv dunyosi go‘zalliklariga guvoh bo‘ladilar.
Montaña Mágica Lodge, (“Mo‘jizali tog‘ qasri”) Neltume, Chili
“Mo‘jizali tog‘ qasri” chinakam tropik manzarani eslatuvchi mehmonxona hisoblanadi. U daraxt va toshlardan qurilgan bo‘lib, eng ustki qismidan sharshara oqib turadi. Bino ichiga maxsus ko‘prik orqali kirish mumkin. Yashil o‘rmonni yodga soluvchi mazkur mehmonxona o‘zining antiqaligi bilan ajralib turadi.
Lumilinna Snow Castle (“Qorli saroy”), Kemi, Finlyandiya
Lumilinna Snow Castle – dunyodagi eng katta muzdan iborat qal’a. Har mavsum qor va muzliklardan binoning ko‘rinishi yangicha uslubda o‘zgartiriladi. Qal’a devorlari dengiz suvidan ishlangan maxsus qor bo‘laklaridan yasalgan. Mehmonxonalarda esa maxsus chiroqchalar o‘rnatilgan bo‘lib, muzlik ostida ular yanada chiroyli tovlanadi.
Antiqa dizaynga ega mehmonxona va restoranlar sizga manzur bo‘ldimi? Yana qanday zo‘r mehmonxonalarni bilasiz? Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |