Denov pedagogika va tadbirkorlik instituti b 1-iq-2022 guruh talabasi Sattorov Firdavsning


Download 1.6 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1151496
Bog'liq
Firdavs








Denov pedagogika va tadbirkorlik instituti

  • B 1-IQ-2022 guruh talabasi Sattorov Firdavsning

Ma’naviyatshunoslik fanidan


TAQDIMOT


MAVZU: ULUG’ AJDODLARIMIZ.ALISHER NAVOIY, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD
BOBUR HAYOTI VA IJODI

TOPSHIRDI: SXTEB 103 GURUH


PETRYAYEV ILYA
TOSHKENT 2018
Ulug’ ajdodlarimiz. Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi.
PETRYAYEV ILYA 103 GURUH Ko’plab asrlardan buyon muqaddas o’zbek yerida ulug’ shoirlar, faylasuflar, davlat arboblari yashab o’tgan. O’zbek adabiyoti va ilmiga ozlarining cheksiz hissalarini qo’shgan.
Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, At-Termiziy va yana ko’plab ustoz alomalar.

A lisher Navoiy
Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.
G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ unvoni bilan ulugʻlanadi.
Davlat arbobi, Faylasuf,
Shoir
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'g'li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug'ildi.
Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.
Kichiklik chog'idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo'ldi. Uch- to'rt yoshlarida davrining mashhur shoiri U bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi.
H usayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: „Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.

A lisher Navoiyning eng mashhur ruboiylaridan biri:
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas
emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas emish.
B obur (taxallusi; toʻliq ismi
Zahiriddin Muhammad ibn
Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining
yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan.
. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.

B obur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi
Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. 1494—1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir.

Shunday buyuk insonlarning avlodi bo’lganimizdan g’urur ila
fahrlanishimiz kerak, biz ularga munosib farzand, munosib avlod bo’lishga qatiyan harakat qilishimiz kerak. Chunki ular bizga o’z bilimlarini, yutuqlarini meros ila qoldirishgan.






Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling