Denov tadbirkorlik va pedagogik
T/r Loyiha tashabbuskori
Download 0.59 Mb.
|
1-Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu jumladan, Kredit ajratuvchi tijorat banki
- 1 667 1. Sanoat loyihalari
- 1 434 2. Xizmat ko‘rsatish loyihalari
1-rasm “Yaypan vodiy laminati” × Captcha validation is required. Жўнатиш Конец формы × “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi, mahalliy xomashyodan foydalangan holda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yogʻoch-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu haqda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati. xabar berdi.Uyushmaning 2019-2021-yillarda mahalliy xomashyodan DSP mahsulotlari ishlab chiqarish investitsiya loyihalari roʻyxatiga koʻra, umumiy qiymati 80 mln. 800 ming AQSH dollari boʻlgan jami 595 ming kub metr yillik quvvatga ega 11 ta loyiha amalga oshiriladi va natijada ushbu mahsulotga boʻlgan talabni toʻliq qoplash imkoniyati yaratiladi. Oʻzbekiston tumanidagi “Yaypan vodiy laminati” MCHJ esa terak va boshqa yogʻoch qipiqlaridan ana shunday mahsulot ishlab chiqarilmoqda. XulosaO‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘limtarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling