Denov tadbirkorlik va pedagogika 1-bosqich 1T-20 guruh talabasi
Download 1.12 Mb.
|
Ablakimova Hojiniso O'zbekiston tarixidan mustaqil ishi
KO‘LBULOQ MAKONI – ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati hududida Chatqol tog‘ tizmasi yonbag‘rida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, «Geolog» shaharchasidan 2 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Ko‘lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o‘zani sohilidagi Ko‘lbuloq yaqinida (1962) topilganKo’lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o‘zani sohilidagi Ko‘lbuloq aqinida (1962) topilgan. M.R. Qosimov (1963–83) keng tadqiqot ishlari olib borgan. 600 kv. metrdan ziyod maydon ochib o‘rganildi va 49 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu qatlamlardan 3 tasi so‘nggi paleolit, 21 tasi o‘rta va Ko‘l23 tasi ilk paleolit davriga xos deb topildi. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh qurollar, hayvon suyak qoldiqlari topildi. Yodgorlikning o‘rta paleolit davriga oid qatlamlaridan qirg‘ichlar, paykonlar, retushli plastinalar, tosh bigizlar, shuningdek quyon va sug‘ur suyaklari topilgan. Ko‘lbuloq makoni odamlari bu davrda arxar, it, jayron, sug‘ur, quyon, cho‘chqa, ot, tur, tog‘ echkini ov qilgan. Shuningdek, bo‘ri, sirtlon, tulki, shoqol, ko‘rshapalak, kaklik suyaklari aniqlandi. Ko‘lbuloq makoni odamlari ovchilik bilan bir qatorda yovvoyi o‘simliklar, boshoqlar, mevalar, yong‘oqlar, ildizlarni ham terib yeyishgan. Buni Ko‘lbuloq makonidan topilgan tosh yorg‘uchoqlar isbotlaydi. Ko‘lbuloq makoni odamlari taom tayyorlashda olovdan keng foydalanishgan.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling