Muammoli hisob ishlab chiqarishning iqtisodiy, texnologik, konstruktorlik va tashkiliy tayyorgarligi, mahsulot bahosi va sotilishi, ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini oqilona tashkil etilishi bo‗yicha ma‘lumotlarni shakllantiradi. Muammoli hisobning masalalari ishlab chiqarish hisobi va statistikaning amaldagi ma‘lumotlari asosida dasturlashtirish, me‘yorlashtirish, rejalashtirish, istiqbolni belgilash, tizimli iqtisodiy tahlil, nazorat va tartibga solish usullari yordamida hal qilinadi. ―Muammoli hisob‖ tushunchasining mohiyati shundaki, ushbu hisob ma‘lumotlari xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishda ishlatiladi. - Muammoli hisob ishlab chiqarishning iqtisodiy, texnologik, konstruktorlik va tashkiliy tayyorgarligi, mahsulot bahosi va sotilishi, ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini oqilona tashkil etilishi bo‗yicha ma‘lumotlarni shakllantiradi. Muammoli hisobning masalalari ishlab chiqarish hisobi va statistikaning amaldagi ma‘lumotlari asosida dasturlashtirish, me‘yorlashtirish, rejalashtirish, istiqbolni belgilash, tizimli iqtisodiy tahlil, nazorat va tartibga solish usullari yordamida hal qilinadi. ―Muammoli hisob‖ tushunchasining mohiyati shundaki, ushbu hisob ma‘lumotlari xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishda ishlatiladi.
- Muammoli hisob ma‘lumotlari quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi:
- • xarajatlar va daromadalarni rejalashtirish hamda istiqbolni belgilash, smeta(byudjet)larni tuzish va me‘yorlashtirish;
- • xarajatlar tahlili va belgilangan normativlar (standartlar)dan og‗ish hamda mahsulot ishlab chiqarish daromadliligi tahlili;
- • ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida olinadigan daromadlar va xarajatlar hajmi mezoni bo‗yicha xo‗jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‗linmalari faoliyatini baholash;
- • ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot turlari assortimenti va h.k. borasida yaqin va uzoq kelajakka mo‗ljallangan ko‗p variantli boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- • daromadlar va xarajatlarning optimallashuvini ta‘minlovchi zaxiralar va xarajatlarni boshqarish modellarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |