Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 12-bx-s-21-Guruh talabasi Eshonqulov MuhammadAzizning
Download 103.54 Kb.
|
Boshqaruv hisobini tashkil etish
Ishlab chiqarish hajmi yuzasidan unchalik katta bo‗lmagan yoki bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan xo‗jalik yurituvchi subyekt yaxlit holga keltirilgan tizimdan foydalanadi. Avtonom tizim – tizimli va muammoli hisoblarning alohida-alohida tuzilishi bilan ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‗rtasidagi aloqa bir xilda nomlangan juft nazorat hisobvaraqlari yordamida amalga oshiriladi. Xarajatlar operativligi (tezkorligi) bo‗yicha tizimlar quyidagilarga bo‗linadi: amaldagi (oldingi, tarixiy) xarajatlar hisobi tizimi va standart (me‘yorlashtirilgan) xarajatlar hisobi tizimi. Xarajatlar operativ (tezkor)ligi – samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimning amaliy natija beruvchi omillaridan biridir. Amaldagi (oldingi) xarajatlar hisobi tizimi muayyan turdagi tayyor mahsulot birligini sotishdan olingan daromadlar va amaldagi tannarxni aniqlash uchun sotilgan mahsulot tannarxi va foydani hisoblashga doir ma‘lumotlarni shakllantirishdan iborat.
Download 103.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling