12-BX-S-21-Guruh talabasi Eshonqulov MuhammadAzizning Buxgalteriya hisobi fanidan MUSTAQIL ISHLAR Boshqaruv hisobini tashkil etish. Boshqaruv hisobini tashkil etish. Reja: - .Korxona va tashkilotlarda boshqaruv hisobini tashkil etishning zamonaviy tizimlari.
- Boshqaruv hisobining shakillanishi va korxonaning hisob siyosati.
- Korxona taqdim etgan paytida ko`rib chiqish lozim bo`lgan hisob siyosati
Xo`jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlari va uning amaldagi hajmlari boshqaruv hisobi tizimini qo‗llashni obyektiv zaruriyatga aylantiradi. Boshqaruv hisobi tizimi axborot hajmi, unga qo‗yilgan maqsadlar, mezonlar va maqsadga erishish vositalari, elementlar tarkibi va ularning o‗zaro aloqadorligi bilan ifodalanadi. Boshqaruv hisobi tizimi quyidagicha tasniflanadi: Axborotlarni qamrash kengligi, moliyaviy va boshqaruv hisobining o‗zaro bog‗liqlik darajasi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning tezkor (operativ)ligi, xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritishning to‗liqligi. Faoliyat turlari bo‗yicha axborotlarni qamrash kengligiga qarab xo‗jalik yurituvchi subyekt tashkiliy tuzilmasi, mahsulotlar to‗liq tizimlarga ajratilib, tizimli va muammoli hisob hamda ularning tarkibiy qismlarining maqsadli to‗plami tizimlari yig‗indisidan iborat bo‗ladi. - Xo`jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlari va uning amaldagi hajmlari boshqaruv hisobi tizimini qo‗llashni obyektiv zaruriyatga aylantiradi. Boshqaruv hisobi tizimi axborot hajmi, unga qo‗yilgan maqsadlar, mezonlar va maqsadga erishish vositalari, elementlar tarkibi va ularning o‗zaro aloqadorligi bilan ifodalanadi. Boshqaruv hisobi tizimi quyidagicha tasniflanadi: Axborotlarni qamrash kengligi, moliyaviy va boshqaruv hisobining o‗zaro bog‗liqlik darajasi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning tezkor (operativ)ligi, xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritishning to‗liqligi. Faoliyat turlari bo‗yicha axborotlarni qamrash kengligiga qarab xo‗jalik yurituvchi subyekt tashkiliy tuzilmasi, mahsulotlar to‗liq tizimlarga ajratilib, tizimli va muammoli hisob hamda ularning tarkibiy qismlarining maqsadli to‗plami tizimlari yig‗indisidan iborat bo‗ladi.
- Xarajatlarning tizimli hisobi – xarajatlar tarkibi, ro‗yxatga olish usullari, identifikatsiya va guruhlanishi, hisobotda aks ettirish bo‗yicha aniq belgilangan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning moliyaviy hisobi hisoblanadi. Tizimli hisobning elementlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 1) ishlab chiqarish resurslarini sotib olish va ulardan foydalanish bo‗yicha xarajatlarni o‗lchash va baholash; 2) ta‘minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini tabiiy o‗lchov vositalarida nazorat qilish; 3) xarajatlarni moddalari va elementlari, kelib chiqish manbalari, mahsulot, ish va xizmatlar turlari bo‗yicha guruhlarga ajratish; 4) o‗z foydalanuvchilarini muddatlari, mazmuni va berilish chastotasi bo‗yicha qoniqtiruvchi ichki hamda tashqi hisob va hisobot.
Do'stlaringiz bilan baham: |