Ta’lim vositalari –Ta’lim texnologiyasining tarkibi. Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi
Download 73.37 Kb.
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim metodlari
Ta’lim vositalari –Ta’lim texnologiyasining tarkibi.Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi.REJA: 1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari 2. Ta’lim vositalari –Ta’lim texnologiyasining tarkibi. 3. Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi. Metod sо‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat” Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati о‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki о‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bо‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli о‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy kо‘rsatmalardir. Ta’lim berishning texnik vositalari, kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnitli yozuv taxtasi, maxsus jihozlangan xona va boshq. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi, jamoadagi o’zaro munosabatlarning xususiyatlari (hamkorlik yoki so’zsiz bo’ysunishli). Ta’lim oluvchilar soni: agarda u katta bo’lmasa, ta’lim berishni faol ta’lim metodlarni qo’llab, jadallashtirish mumkin. Ta’lim beruvchining chuqur bilimdonligi va shaxsiy sifatlari: ma’qul deb topilgan metodlarni qo’llashni bilishi va uddalashi, talablarga mos shaxsiy sifatlarga ega bo’lishi lozim.
Download 73.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling