Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi 12-bxs-21-guruh talabasi Qarshiyev Dilshodbekning Byudjet hisobi fanidan taqdimot ishi
Download 0.84 Mb.
|
“Byudjet hisobi” faniga kirish Fanning mazmuni, predmeti va usullari (3)
Davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha byudjet hisobini tashkil etishning xorij tajribasi Buyuk Britaniya davlatini g‘aznachilik faoliyati to‘rt tarmoqqa ajratsa bo‘ladi: davlat xarajatlari; moliya; iqtisodiyot (xalq xo‘jaligi); davlat va fuqarolik xizmati. Davlat xarajatlari. Buyuk Britaniya byudjet ijrosida g‘aznachiligining an'anaviy vazifasi – bu davlat pul mablag‘lari, hukumat idoralari va xizmatlar xarajatlarni nazorat qilishdan iborat. G‘aznachilik nafaqat hukumat xarajatlari 37 uchun, balki (asosan davlat) davlat korporatsiyalari va mahalliy hokimiyat organlari, shu jumladan, butun davlat sektori uchun javobgar bo‘ladi. Moliya.G‘aznachilik faoliyatining moliyaviy tomoni va moliyaviy bitimlar, bozorlar va institutlar (birgalikda daromadi va daromad bo‘limi bilan) hukumatning Byudjet siyosatiga bog‘liqdir.G‘aznachilik faoliyati mablag‘larni ta’minlanishini (pul ta'minoti), foiz stavkalari, valyuta kurslari, davlat qarzini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot. Iqtisodiy sektor (iqtisodiyot) qisqa va o‘rta muddatli prognozlash va tahlil bilan shug‘ullanadi. Bu faoliyat yaqindan G‘aznachilik faoliyatining barcha jihatlari bilan bog‘liq. Davlat fuqarolik xizmati. Bunda g‘aznachilikni jamoat ishlari bo‘yicha boshqarmasi mehnat resurslari, ish haqi va pensiya to‘lovlari sohasi uchun javobgar bo‘ladi.Hukumat jadvaliga amal qilishda har yili g‘aznachilik uchun tayinlangan markaziy vazifa - bu Byudjetni tuzishdir. Byudjetnituzish vaqtida barcha ijtimoiy xarajatlar va asosiy masalalar hal qilinadiso‘ngra chop etiladi.G‘aznachilik butun yil uchun iqtisodiy prognozni hisoblaydi.Bahor, yoz va kuzda uch choraklik prognoz hisobotlari to‘liq yakunlanadi. G‘aznachilik yil uchun ikkita prognoz ko‘rsatkichlarni e'lon qilishi lozim; bittasi Byudjet bilan birga chop etilgan va boshqasi kuz hisobotining asosini tashkil etadi.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling