Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiyasi fakulteti 109-guruh talabasi Maksyutov Temurning rus tili fanidan tayyorlagan ko’rgazma ishi


Abu Rayhon Beruniyning shoh asari


Download 15.43 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1734930
1   2   3
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tayyorlashda O\'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o\'rni

Abu Rayhon Beruniyning shoh asari

  • "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" (asl nomi "Alosor al boqiya an alqurun alholiya") — xorazmlik yirik olim, mutaffakir Abu Rayhon Beruniyning yirik ensiklopedik asari.
  • Ushbu asarni Abu Rahon Beruniy 27 yoshida Xorazmda yozib tugatgan.
  • Asarda Oʻrta Osiyo xalqlari, xorazmliklar, soʻgdliklar, yahudiy, yunon va boshqalar xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida toʻliq maʼlumotlar berilgan.
  • Asarda Biruniy Xorazmning turkiy aholisi foydalangan yillarning turkiy nomlarini beradi (sichqon, od, bars, tushqon, lyu, ilon, yun, kuy, pichin, tagiru, tunguz). Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oy, sakkizinchi-oy, tokkuzinchi-oy, uninchi-oy.
  • Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, matematika, fizika, xaritagrafiya va boshqalar fanlarga oid kashfiyotlari oʻz ifodasini topgan.

Abu Ali ibn Sino

  • Abu Ali ibn Sino Oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim boshqa manbalarda esa, buxorolik fors olimi, tabib va faylasuf deb yuritilgan. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna nomi bilan mashhur.

Abu Ali ibn Sinoning shoh asari

  • Tib qonunlari (asl nomi arabchada „Kitob al-Qonun fit-tib“) — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. „Tib qonunlari“ oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Oʻrta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib „Tib qonunlari“da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.
  • Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi.


Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling