Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 1-bosqich 4BT(uz)-s-2022
Download 30.41 Kb.
|
Filologik lug`atlar haqida umumiy ma`lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Filologik lug`atlar haqida umumiy ma`lumot.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 1-bosqich 4BT(uz)-s-2022 sirtqi guruh talabasi Suyunova Fotima ning “Ona tili nazariyasi va amaliyoti ” fanidan tayyorlagan REFERATI Mavzu:Filologik lug`atlar haqida umumiy ma`lumot. Reja: 1. Lug`at haqida. 2. Lugʻatlari — oʻzbek leksikografiyasi. 3. Soʻzlarning qachondan boshlab shu tilda qoʻllana boshlagani 4. Lug'at turlari va ularning xususiyatlari Lug`at - muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. Lugʻatlar maʼnaviy madaniy sohada muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lugʻatlar juda qadim davrlarda paydo boʻlgan ( Leksikografiya); hozirgi davrda maʼlumot-axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga koʻra Lugʻatlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik Lugʻatlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik Lugʻatlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi: 1. Soʻzlarning maʼnolari, qo'llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j.lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy s u z lar Lugʻati (Slovar inostrannix slov, 18-ye izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doniyorov. Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima . Download 30.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling