Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 1.44 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1405170
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlar (1)

Xulosa qilib aytganda, o’quvchi shaxsini rivojlantirishda o’qituvchining ahamiyati va ta’siri beqiyos. Chunki o’qituvchi o’quvchi bilimlarini, tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobilyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi.
Matematik to‘garak mashg’ulotlari haqida.

Matematika fani naqadar jiddiy, aniq, salobatli va har qadamda, har bir ishda kerak bo’lishini e’tirof etmaydigan odamni topib bo’lmasa kerak.


Vatanimiz istiqlolga erishgan kundan boshlab hozirgacha matematik bilimlarni ongli ravishda, yuqori saviyada egallash hamda uni kundalik ishlarda bevosita tadbiq etish zaruriyati barcha kasbdagi kishilarga kundek ravshan.Aytilganlardan ko’rinadiki, matematika fani o’quvchilarga yoqish-yoqmasligidan qat’iy nazar, matematik bilimlarni ongli o’zlashtirish va uni kundalik turmushda qo’llay bilish har bir o’quvchi uchun zamon talabidir.Ushbu mas’uliyatli vazifa muallimning zimmasiga yuklangan bo’lgani uchun, har bir o’qituvchi o’z fanining fidoiysi bo’lishi, o’qitish jarayonida mavjud imkoniyatlardan mohirlik bilan foydalanishi, buning uchun esa o’z ustida muntazam ishlashi lozim bo’ladi.
Muallimning muhim vazifalaridan biri o’quvchilardagi matematika faniga bo’lgan loqaydlikni bartaraf etish, bu fan ular o’ylaganidek qiyin va zerikarli bo’lmasdan, naqadar qiziqarli va go’zal, jozibador va nafosatli jumboqlarga boy ekanini o’qitish jarayonida namoyon etish, matematikaning nafosat olamini har tomonlama ochib berishdir. Jozibali muammolarni hal etishga ishtiyoqlari zo’rligini e’tiborga olib, xilma-xil qiziqarli va mantiqiy masalalarni nasriy va nazmiy yo’l bilan bayon etishi, nafis va ravon misralarda tushuntirishi, buning uchun ularning o’zlari ham she’riyat va riyoziyot muxlisi bo’lishlari o’quvchilarining matematikaga qiziqishini yanada orttiradi.
Yuqorida zikr etilgan masalalarni rejali ravishda amalga oshirmoq uchun har bir muallim o’z o’quvchilariga matematikadan to’garak tashkil etishi va muntazam ravishda mashg’ulotlarni o’tkazib borishi zarur. To’garak mashg’ulotlarida qadimiy allomalarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish, ularning matematika faniga qo’shgan hissalaridan xabardor etish bilan o’quvchilarda ajdodlarimizga nisbatan faxrlanish hissini uyg’otishga harakat qilish lozim.
Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling