DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“BOSHLANG`ICH TA`LIM” YO`NALISHI TALABASI
IBRAGIMOVA XUSNIDANINIG
MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: 2-sinf larda matematika fanidan to`garak mashg`ulotlari
REJA:
So`z boshi.
Matematik to`garak mashg`ulotlari haqida
To`garak jarayonida turli o`yinlardan foydalanish usullari
So’z boshi.
Buyuk O’zbekistonimizning istiq-boli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning salohiyatiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Chunki o’qituvchining kasbiy madaniyati, pedagogik mahorati tufayli o’quvchi fan asoslarini puxta egallaydi. Ma’naviy jihatdan rivojlanadi. Insoniyat erishgan boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishi o’qituvchidan ijodkor bo’lishni, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishni, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib borishni talab qiladi.
Shaxsiy izlanishlar olib borish o’qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim omili hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda ishlaydigan o’qituvchi vatanparvarlik burchini to’g’ri anglaydigan, o’z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol bo’lmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |