Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti


Download 34.38 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi34.38 Kb.
#1748767
Bog'liq
ISHCHI KUCHINI BANDLIGINI TA’MINLASH VA ISHSIZLARNI



DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI TALABASI
BO’TAYEV ANVARNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN O’ZBEKISTONDA ISHCHI KUCHINI BANDLIGINI TA’MINLASH VA ISHSIZLARNI IJTIMOIY HIMOYALASH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Tayyorlovchi: A.Bo’tayev


Qabul qiluvchi: N.Eshqobilova


Denov-2022
REJA:

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning xususiyatlari.

  2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati.

  3. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar

Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt
o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan to pensiyagacha (60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) bo‘lganlar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham ortib boradi.
Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida, boshqa har xil ishlarda band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va
samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “... hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash lozim”1.
Ishchi kuchi yoki mеhnat qobiliyati har qanday tovar kabi to‘rtta faza orqali takror ishlab chiqariladi (20.1-rasm).
20.1-rasm. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish fazalari2

Ishchi kuchini ishlab chiqarish (shakllantirish) jarayoni, ya'ni ishchini tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasida boshlanib, o‘rta maktab, akadеmik litsеy, kasb-xunar kollеji, oliy o‘quv yurti, qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti, ish joylaridagi stajirovkalar va boshqalarda davom etadi.


Ishchi kuchini taqsimlash va ayirboshlash jarayoni ishchi kuchi bozorida ijtimoiy shеriklik institutining uch subyеktlari – ish bеruvchi, ishchi va davlat ishtirokida, shuningdеk, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik obyеktida (ishga yollash, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, ishchi kuchini almashish qiymati va hokazo) kеlishib olinadi.
Ishchi kuchining istе'moli (foydalanish) bеvosita ish joyida, muayyan ijtimoiy zaruriy mahsulotlar, xizmatlar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqalarni ishlab chiqarish bilan birga olib boriladigan mеhnat jarayonida amalga oshiriladi.

1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr.


2 Мамарахимов Б.Э. Теоретические аспекты воспроизводства рабочей силы // Экономика и предпринимательство. № 7 (120) 2020 г. c. 1124
Shuning uchun mеhnat jarayoni ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning to‘rtinchi bosqichi - undan foydalanish fazasidagina amalga oshadi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish ba’zan ilmiy adabiyotda «aholi nufusini takror ishlab chiqarish» tushunchasi bilan bog‘liq holda ham ishlatiladi. Robert Maltus tomonidan «Nufus» atamasi asosan aholining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tavsiflarini bayon etishda qo‘llanilib, bunda nufus qonuni ahamiyatli o‘rin tutadi.
Nufus qonuni – aholining o‘sib borishi qonunidir. Nufus qonuni aholining tabiiy harakati, ya’ni o‘lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining uzayishi, tug‘ilishning optimal darajaga etishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari o‘zaro uyg‘unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy o‘sishi yoki harakati hisoblanadi.
Aholining tabiiy o‘sishi – bu tabiiy o‘sish koeffitsienti bilan belgilanadi:
- tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
- o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
- tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha aholi soniga to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.
Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2019 yil holatiga 33,9 mln. kishini tashkil etib, u o‘tgan yilga nisbatan 660,9 ming kishiga yoki 2,0% ga o‘sgan. O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval).
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
20.1-jadval
Respublikada aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi hisobida)1

Yillar Ko‘rsatkichlar


Tug‘ilish O‘lish Tabiiy o‘sish
2010 651,3 133,6 517,7
2011 669,6 138,4 531,2
2012 625,1 146,0 479,1
2013 679,5 145,7 533,8
2014 718,0 149,8 568,2
2015 734,1 152,0 582,1
2016 726,2 154,8 571,4
2017 715,5 161,5 554,0
2018 768,5 154,9 613,6
2019 815,9 155,0 660,9

Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini (116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).


20.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi resurslarining ish bilan
bandligi holati (ming kishi hisobida)2
Yil Aholi soni,
(mln.kishi) Iqtisodiy faol
ishchi kuchi soni Iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni Ishsizlar soni
2010 28,5 12286,6 11628,4 658,2
2011 29,1 12541,5 11919,1 622,4
2012 29,5 12844,1 12223,8 620,3
2013 30,5 13163,0 12523,3 639,7
2014 31,0 13606,3 12818,4 653,8
2015 31,5 13767,7 13058,3 709,4
2016 32,1 14022,4 13298,4 724,0
2017 32,7 14357,3 13520,3 837,0
2018 33,3 14641,7 13273,1 1368,6
2018 yilda 2010 yilga
nisbatan %
116,8
119,2
114,1
207,9

1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.


2 O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mеhnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2010 yilda O‘zbekiston aholisi soni 27,1 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 mln. kishiga etgan, ya’ni 116,8% o‘sgan.
Aholining tabiiy o‘sishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, xomiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
1) tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;
2) tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;
3) mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya;
4) tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo‘ylab ishchi kuchi resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish
hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Download 34.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling