Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti kampyuter injenering yo'nalishi 5-ki-2022 guruh talabasi Xushboqova Shahnozabonuning fizika fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.85 Mb.
|
YORUG\'LIK NURLARI TABIATI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti kampyuter injenering yo'nalishi 5-ki-2022 guruh talabasi Xushboqova Shahnozabonuning fizika fanidan tayyorlagan TAQDIMOTIO'qituvchi:Tursunov ShO'quvchi:Xushboqova ShMavzu:Yorug'lik nurlarining tabiatiReja: 1) Yorug'lik nurlari turlari 2) Yorug'lik nurlari tabiati Yorugʻlik — inson koʻzi sezadigan (tebranish chastotasi 4,0YU14—7,5YU14 Gs) elektromagnit toʻlqinlar. Bu vakuumda. toʻlqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm gacha boʻlgan toʻlqinlar uzunligiga mos keladi. Spektrning infraqizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham Yorugʻlik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yoʻq. Turli yoritqichlar (Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalar va boshqa) Yorugʻlik chiqaradi. Yorugʻlik toʻlqin xossaga hamda korpuskulyar xossaga ega. Yorugʻlik birliklari — Yorugʻlik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, Yorugʻlik oqimi va boshqa yorug'lik kattaliklari birliklari. Xalqaro birliklar tizimida Yorugʻlik kuchi birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yorugʻlik oqimi birligi qilib lyumen qabul qilingan. Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan Yorugʻlik oqimi, yaʼni Yorugʻlik kvanti zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm2 sirtga tushayotgan 1 lyumen Yorugʻlik oqimi fot (f) bilan ifodalanadi. Yorug’lik nurining tabiati. Yorug’lik nuri tabiati to’g’risidagi birinchi tasavvurlar qadimgi grеklar va misrliklarda paydo bo’lgan. XVII asr oxiriga kеlib yorug’likning ikkita nazariyasi I.Nyuton tomonidan korpuskulyar nazariyava R.Guk va X.Gyuygеns tomonidan to’lqin nazariyasi shakllana boshladi. Korpuskulyar nazariyaga asosan, yorug’lik nuri sochuvchi jismlardan chiquvchi zarrachalar (korpuskulalar) oqimidan iboratdir. Nyuton yorug’lik zarra-chalari harakati mеxanika qonunlariga bo’ysunadi, dеgan fikrda edi. Misol uchun, yorug’likning aks qaytishi elastik sharchaning tеkislikdan urilib qaytishiga o’xshatgan edi XVIII asr boshlarida yorug’lik tabiatini tushuntirishda bir-biriga zid bo’lgan ikkita yondoshish mavjud bo’la boshladi: Nyutonning korpuskulyar va Gyugensning to’lqinnazariyalari. Bu ikkala nazariyalar yorug’lik nurining to’g’ri chiziqli tarqalishini, sinish va qaytish qonunlarini tushunturib berdi. XIX asr boshlarida to’lqin nazariyasi – korpuskulyar nazariyadan ustun bo’la boshladi. Bunga ingliz fizigi T.Yung va fransuz fizigi O.Frenel tomonidan interferensiya va difraksiya hodisalarini o’rganishda olingan natijalar sabab bo’ldi. Yorug'likning kvant nazariyasi 20-asr boshlarida paydo bo'lgan. U 1900 yilda tuzilgan va 1905 yilda tasdiqlangan. Yorug'likning kvant nazariyasi asoschilari Plank va Eynshteyndir. Ushbu nazariyaga ko'ra, yorug'lik nurlanishi materiya zarralari tomonidan doimiy ravishda emas, balki diskret, ya'ni alohida qismlarda - yorug'lik kvantlarida chiqariladi va so'riladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling