Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va bosharuv fakulteti
Download 120.11 Kb.
|
menejment 7
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va bosharuv fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)yo’nalishi 1i-22 guruh talabasi Xursandov Shaxzodning Menejmentga kirish fanidan tayyorlagan Essesi Mavzu:Inson resurslarini strategik rejalashtirish va boshqarish Barcha tashkilotlar uchun kishilarni boshqarish juda katta ahamiyatga ega.Insonlarsiz tashkilot yo‗q. Hech bir tashkilot kerakli insonlarsiz o’z maqsadlariga erisha olmaydilar. Mehnat resurslarini boshqarish boshqaruv nazariyasi va amaliyotining muhim qismidir.Yirik tashkilotlarda mehnat resurslarga umumiy rahbarlik mas‘uliyati kadrlar bo’limining malakali xodimlariga yuklatilgan bo’lib, u odatda shtab xizmatlari tarkibiga kiradi. Bu mutaxassislar tashkilot maqsadlarini amalga oshirishga yordam berishi uchun, ular faqat o’z sohalarini emas, balki quyi bo’g’in rahbarlarining ehtiyojlarini ham bilishlari zarur. Shu bilan birga bu rahbarlar mehnat resurslarini boshqarish xususiyatlarini, uning mexanizmi, imkoniyatlari va kamchiliklarini tushunmasa, kadrlar mutaxassislari xizmatlaridan umumli foydalana olmaydilar.Shuning uchun barcha rahbarlar insonlarni boshqarish usullari va metodlarini bilishi va tushunishi muhim.Inson resurslarini boshqarish tizimi quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 1. Resurslarni rejalashtirish: inson resurslariga kelgusi ehtiyojlarni qondirish rejasini ishlab chiqish. 2. Personalni to’plash: barcha lavozimlar bo’yicha potensial nomzodlar rezervini tashkil etish. 3. Tanlash: ish joylariga nomzodlarni baholash va rezervdan eng yaxshilarini tanlash. 4. Ish haqi va imtiyozlarni aniqlash: xizmatchilarni jalb qilish, yollash va saqlab qolish maqsadida ish haqi va imtiyozlar strukturasini ishlab chiqish. 5. Kasbga yo’naltirish va moslashuv: yollangan ishchilarni tashkilot va uning bo’linmalari bilan tanishtirish, ishchida undan nima kutilayotganligi haqida tushuncha hosil qilish va qanday mehnat yaxshi baholanishini tushuntirish. 6. O’qitish: ishni samarali bajarish uchun kerakli mehnat ko‗nikmalarini O’rgatish uchun dasturlar ishlab chiqish. 7. Mehnat faoliyatini baholash: mehnat faoliyatini baholash metodikasini ishlab chiqish va uni xodimg etkazish. 8. O’stirish, pasaytirish, o’tkazish, bo’shatish: xodimlarni lavozimlarga yoki boshqa ish uchastkalariga o’tkazish metodlarini ishlab chiqish. 9. Rahbar kadrlarni tayyorlash, xizmat ko’rsatishlarini boshqarish: rahbar xodimlarni mehnat samaradorligini ko’tarishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish. Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari bosqichlari.Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshQaruv jarayonining birinchi zanjiri bo’lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo’lib firmaning maQsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo’li va vositasi bilan bog’’liqdir.Rejalashtirish vazifalari Quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.1)Hozirgi vaQtda bizning ahvolimiz Qanday? Tashkilotni muhim sohalarda-moliya, ishlab chiQarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil Qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniQlash uchun kerak bo’ladi. 2)Biz Qaysi yo’ldan yurmoQchimiz? Qo’shimcha ravishda boshQa ichki muhit omillari taxlil Qilinadi: iQtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar, tashQi muhitning ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatishiga baho beradilar: raQobat sharti, Qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat Qanday maQsadni ko’zlashni va unga erishishga nimalar halaQit berishini aniqlaydi. 3)Buni biz Qanday Qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniQ doirada ishlovchilar Quyilgan masalani echish uchun nimalar Qilishi kerakligini aniQlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot ahzolari harakatlarini yagona yo’nalishga, uning umumiy maQsadiga erishishiga safarbar Qiladi. Rejalashtirish jarayoni bir necha bosQichlardan tashkil topgan: 1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, ya’ni firmaning hayot kechirishidan maqsadi. Bu kabi maQsad tashkilotning xususiyati bilan boG’liQ. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi - hisoblash apparatini etkazib berishdan iborat, bankning maQsadi - firmalarni kredit bilan tahminlashdan iborat. 2.Tashkilotning faoliyatini aniQlash. Bu jarayon bir vaQtda menejmentning barcha saviyalarida o’zaro muvofiQlashtirilib amalga oshiriladi. YuQori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniQlaydi, Quyi saviyalarda esa bular aniQ masalalar, aniQ raQamlar bilan ish olib boriladi, Qanday detallar partiyasini, Qanday korxonada ishlab chiQarish va x.k. 3.Bajariladigan ishlar rejasini Quyidagi masalalar bo’yicha tuzib chiQish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniQlovchi standartlar ishlab chiQish kiradi. 4.Rejalarning bajarilishi umumiy yo’nalishini har bir boshQaruv saviyasida ishlab chiQish. 5.Rejalarni bajarilishining aniQ Qoida va protseduralarini ishlab chiQish. Protsedura deganda, Quyilgan masalani echishda biridan keyin biri bajariladigan harakatlar tushuniladi. Qoidalar - mahsus va aniQ ko’rsatmalar, u yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslik talabini belgilaydi. Rejalashtirish jarayoni Menejmentda strategik rejalashtirish o’xshash vazifaga ega - firmani tashkil Qiluvchi ahzolarini boshQarish asosini tahmin etishdan iborat. U oliy rahbariyatning harakat va Qarorlari majmuasi bo’lib, shunday korxona strategiyasini ishlab chiQishga yo’naltiriganki, uning hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida har Qanday katta firma, ayniQsa, korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib Qolmasdan, balki menejment strategik rejalarini, uslubi Qimmat va murakkab jarayon bo’lishiga Qaramay, o’zining faoliyatiga kiritadi.Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar Quyidagi sabablarga ko’ra o’ta muhimdir: 1.U tashkilotning maQsadini aniQlashga va shakllantirishga ko’mak lashadi. Bunda korporativ missiya tashkilotning aniQ maQsadlarini baholash va ularga erishish masalalarini Quyishi kerak. 2.Strategik rejalashtirish firmani tashQi sharoitiga ko’nikishini tahminlaydi, chunki u o’ziga muhim element sifatida tashQi muhit taxlilini va uning noxush tahsiriga moslashish usullarini kiritadi. 3.Strategik rejalashtirish firma taraQQiyoti tushunchasi va samarali tarkibli boshQaruvni bunyod etish bilan yaQin boG’liQ. Bu ikkita tushuncha asosan strategik rejalashtirishning ko’rsatmalaridan biri hisoblanadi. 4.Strategik rejalashtirish hisobiga samarali muvofiQlashtirish mumkin va katta miQdordagi korxonalarning ichki operatsiyalarini yaxlitlash imkoni mavjud, chunki ular zamonavay va o’ta yirik korporatsiya tarkibiga kiradi. 5.Firma resurslariningsamarali taQsimlanishi - inson, moliya, xom-ashyo, texnologiyalarni to’G’ri taQsimlashni strategik rejalashtirishsiz amalga oshirish Qiyin. Bu kabi rejalashtirish jarayonida tashkilot ichki faoliyatining sharoitlarini taxlil Qilish uning shunday sohalarini aniQlashga yordamlashadiki, kapital mablaG’larni Qaysi yo’nalishda sarflash maQsadga muvoQligini bildiradi. Strategik rejalashtirish menedjerlarni tarbiyalashda, ularni strategik fikr yuritishida yaxshi maktab hisoblanadi. Bu narsa shu mahnoni bildiradiki, menedjerlarga avvalom bor strategik Qarorlar xatolarini o’rganib, kelajakni aniQ tasavvur Qila olish Qobiliyati zarur. Xulosa Qilib aytsak, oliy menedjer korpusi va bahzi sharoitlarda o’rta boshQaruv zvenosi rahbarlari o’z ishining xaQiQiy ustasi bo’lishlari zarur.Strategik rejalashtirish natijasi - har tomonlama asoslangan aniQ rejalar majmuasi, tashkilotning missiyasini amalga oshishiga va maQsadga erishishni tahminlaydigan yo’nalishda bo’lmoG’i kerak.Strategik reja firmaning oliy rahbariyati tomonidan ishlab chiQiladi. SHu bilan birga uni amalga oshirishda boshQaruvning barcha poG’onalari rahbarlari Qatnashadi. Strategik rejalarning davomiylik muddati bir Qator omillarga boG’liQdir: tashkilot maQsadi va uning texnologiyasi, ichki va tashQi muhitning o’zgaruvchanligi va xokazolar. Strategik rejalashtirishning odatdagi o’rtacha muddati 5 yil. Ammo bahzi bir firmalar uchun bu muddat 2-3 yil bo’lishi mumkin. SHu bilan bir Qatorda katta va turgun korporatsiyalar faoliyatini strategik rejalashtirish 10 yilga va undan ortiQ muddatga hisoblangan bo’lishi mumkin.Strategik rejalashtirish rahbarlar tomonidan tashkilot imkoniyatlari yoki tashQi muhit haQida noto’G’ri axborotlar hisobiga, noto’G’ri Qarorlar Qabul Qilishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Firmaning bosh maQsadlarini shakllantira borish strategik rejalashtirishni umumiy maQsad birligiga va boshQaruvda samarali tashkiliy tarkiblarni shakllantirishga imkon yaratadi.Strategik rejalashtirish bir guruh biridan keyin biri yoki bir vaQtda bajariladigan reja bosQichlaridan iborat. Bu bosQichlarni Quyidagi jarayonlar sifatida keltirish mumkin: 1.Tashkilot burchini (missiyasini) shakllanishi. 2.Portfel strategiyasini shakllanishi (bosh yo’nalishlarni va umumiy maQsadlarni tanlash). 3.Tashkilotning ichki va tashQi muhitlarini taxlil Qilish. 4.MuQobil o’sishni tanlash. Missiya deganda tashkilotning kelajakka yo’naltirigan eng oliy maQsadi tushuniladi. Bu ushbu aniQ firmani nima uchun tashkil etilganligini bildiradi. Missiyani amalga oshirish uchun firmaning maQsad va vazifalari ishlab chiQiladi.IlG’or firmalarda burch Qoidasi asosan aniQ faoliyat yo’nalishiga va xizmatchilarning ahloQ mehyorlariga ega bo’lishiga imkon yaratadi. Firmaning asosiy maQsadi Qandayligiga Qarab rivojlanishning eng yaxshi muQobilligini tanlash mumkin.Firma va korporatsiyaning portfelg’ strategiyasini ishlab chiQishda ikkinchi vazifa bo’lib, rejalashtirish hisoblanadi. U Qimmatbaxo QoG’ozlar, tashkilot xujjatlari, buyurtmalar portfeli tushunchasi bilan nomlanadi. Portfelg’ strategiyasi bu firmaning asosiy va umumiy maQsadlarni ishlab chiQishdir. U ikkita ko’rsatkichni o’z ichiga Qamrab oladi. 1.Firma taraQQiyotini asosiy yo’nalishlarini aniQlash. 2.Firma faoliyatini bosh, umumiy maQsadlarini ifodalash va belgilash. Vazifa tanlashga o’xshab, portfelg’ strategiyasini tanlash ham firmaning oliy menedjer korpusining vazifasi hisoblanadi. SHu bilan birga u to’G’ridan-to’G’ri eki bevosita firmaning boshQaruv faoliyatini o’rta va Quyi saviyalari bilan yaQin boG’laydi, chunki portfel strategiyasini shakllantirish faQat tashkilotning ichki va tashQi omillari haQidagi mahlumotlar olinganda mumkin bo’ladi. Tashkilot taraQQiyotining strategik yo’nalishi-- Bu guruh keng spektrli masalalardan: kompaniyaning o’sishi, uning marketing faoliyati, ishlab chiQarish texnologiyasi, innovatsiyalar, material va mehnat resurslari bilan boG’liQdir.Tashkilotning umumiy maQsadlari. Firma rahbariyati tomonidan tanlab olingan firma taraQQiyotining asosiy yo’nalishi tashkilotni oldiga Quyilgan bosh va umumiy maQsadlari asosida aniQlashtiriladi. Strategik rejalashtirish muvaffaQiyati uni tashkilot jamoasi tomonidan Qanchalik to’G’ri tanlanganligiga, tushunarli Qilib izoxlanganligiga va Qabul Qilinganligiga boG’liQ.Bu sohadagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, strategik maQsadlar mahlum talablarga javob berishlari kerak: 1.AniQlik va o’lchamlilik. 2.VaQt bo’yicha belgilanganlik. 3.Erishuvchanlik (real). 4.MuQobillilik va o’zaro boG’liQlik. 5.MaQsad Quyilishi sohasidagi ustuvorlik. TashQi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini baholash va taxlil Qilish.Firmaning bosh yo’nalishini va maQsadini tanlash sezilarli darajada Quyidagi ikkita shartga boG’liQ: 1.TashQi muhit tahsiri. 2. Ichki omillar, yahni tashkilotni ichki elementlari majmuasi. SHuning uchun strategik rejalashtirishni eng muhim Qismi - bu atrof muhitni hamda firmaning ichki imkoniyatlarini taxlil Qilishdir. Bu ko’p mehnat talab Qiluvchi va kimmat turuvchi jaraen. Strategik rejalashtirishda pul harajatlarining katta Qismi xuddi shu bosQichga to’G’ri keladi.TashQi muhitni taxlil Qilish — bu taxlilni Quyidagi guruh omillar bo’yicha izlanish deb faraz Qilish mumkin: iQtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik, texnik, halQaro.Ichki omillar taxlili — bu firmaning ichki kuchli va zaif tomonlarini boshQaruv orQali tekshirib chiQishdir. U tashkilotni vazifaviy bo’linmalari va ijtimoiy omillari bo’yicha o’tkaziladi. Birinchilari Qatoriga ishlab chiQarishni, korxonaning marketing faoliyatini, moliya, xodimlar bo’limini kiritish mumkin. Ijtimoiy omillarga esa inson resurslari, ularning tarkibi, malakasi, ahloQ mehyorlari, tashkilotda o’rnatilgan munosabatlar, tashkilot madaniyati kabi muhim omillar kiradi.Ishlab chiQarish taxlili-bu korxonalarda operatsiyalarni boshQarish taxlilidir. Bunga katta ro’yxatdagi masalalar kiradi: ishlab chiQarish Quvvatlarini belgilash, ularni joylashtirish, ishlab chiQarish jarayonining barcha operatsiyalarini to’G’ri tashkil etish, ishlab chiQarish sikli muddatini QisQartirish, harajatlarni kamaytirish va x. k.Firmaning marketing faoliyatini taxlil Qilish — bu uning ichki omillarini bozor talablariga moslashtirish darajasini taxlil Qilishdir, yahni tashkilot o’zining faoliyatini ishlab chiQarilayotgan mahsulotga nisbatan Qanday ko’rishi kerakligidir. O’rganish uchun bir necha sohalar ajratiladi: firmaning bozordagi ulushi va raQobatbardoshligi, mahsulot turlari, yahni tovarlar yaratish, reklama faoliyati, haridorlarga sotuvdan oldingi va keyingi ko’rsatiladigan xizmatlar, sotuv samarasi va x.k.Moliyaviy taxlil. Firmaning bozordagi hozirgi holatini aniQlash, hamda uning kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishga va xatarlarni kamaytirish uchun muhimdir. U yordamida sarmoyalarni eng samarali joylashtirish, rejalarni imkoniyatlar bilan doimiy ravishda taQQoslab turish, mablaG’larni sarflanishini nazorat Qilib turish mumkin.Inson resurslari muammolari — firma ichida mahsus ukitish mavzusi bo’lishi kerak. Bu butun masalalar tizimi tashkilotda samarali kadrlar siyosatini ishlab chiQishga boG’liQ. Strategiyani tanlash va amalga oshirish. Ichki kuchli va zaif tomonlarni tashQi imkoniyatlar va xavflar bilan solishtirib tashkilot rahbariyati uning rivojlanish strategiyasini aniQlashi mumkin. Bunda strategik rivojlanish muQobilliklari aniQlanadi va ulardan biri tanlanadi.Har Qanday tashkilot oldida umumlashgan holda to’rt muQobillik mavjud bo’lib, ular Quyidagilar: 1.CHeklangan o’sish. 2.O’sish. 3.QisQarish. 4. YuQoridagi strategiyalarni birlashtirish. Firmaning strategik muQobilligini tanlashda Quyidagi omillar katta tahsir ko’rsatadilar: 1. VaQt. 1. O’zgarishlar zaruriyati. 2. Hartomonlama yaxlitlanish. Strategik muQobilliklarni har tomonlama taxlil Qilib chiQilgandan so’ng tashkilot mahlum muddatga o’z rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Tanlangan strategiyani amalga oshirish muhim vazifa bo’lib, mahsus ishlab chiQilgan tadbirlar va harakatlarni talab etadi. Bularga taktika, siyosat, protsedura va Qoidalar, byudjet yordamida hamda maQsadlar bo’yicha boshQaruvni kiritish mumkin.Taktika. Strategiya so’zining o’zi ikkinchi tushuncha – «taktika» so’zining borligini taxmin Qiladi. Agar birinchisi uzoQ muddatli rejalashtirish G’oyasini aks ettirsa, ikkinchisi uzoQ muddatli rejani amalga oshirish uchun faoliyat reja mahnosini bildiradi. QisQacha Qilib taktikani QisQa muddatli strategiya desa ham bo’ladi. Bu umumiy strategiya bilan muvofiQlashtirilgan aniQ boshQaruv harakatidir. Odatda, taktikani ishlab chiQish va uni amalga oshirish menedjer korpusining o’rta bo’G’ini zimmasiga yuklanadi. Taktik reja QisQa vaQt uchun ishlab chiQiladi, u aniQ va tez natijaga erishishga mo’ljallangan.Siyosat. Strategik va taktik rejalarni muvaffaQiyatli amalga oshirish uchun tashkilotda ushbu rejalarni yaxshi tushunuvchi hamda ularni bajarilishini tahminlovchi harakatlarning umumiy yo’nalishi, mo’ljal tizim bo’lishi zarur. Bu xatti - harakatlarning umumiy yo’nalishi tashkilot siyosati deyiladi.Protseduralar. Firmaning siyosati maQsadga erishishning umumiy yondoshuvini belgilaydi. Siyosatga Qo’shimcha Qilib rahbariyat Qo’yilgan masalalarni echishda yordamlashuvchi harakatlar majmuasini ishlab chiQadi. Bu majmua protsedura deb ataladi. Mohiyati bo’yicha protsedurani o’zini dasturlash, berilgan Qaror deb, yoki zamonaviy tilda, harakat algoritmi deb atash mumkin.Qoidalar. Bu ko’rsatmalar faoliyat davomida mahlum vaziyatda nima Qilish kerakligini aniQ belgilab beradilar. Tashkilot rahbariyati Qoidalarni shunday holatlar uchun yaratadiki, ularning bajarilishiga masalalarni aniQ hal Qilinishiga boG’liQ. Qoidani protseduradan farQi shundaki, u bitta aniQ masala uchun ishlab chiQiladi.Strategik rejani amalga oshirishni boshQarish.Firmaning strategik rejalarini amalga oshirishni boshQarishda rejani bajarilishini nazorat Qilishning byudjet yordamida boshQarish usuli, hamda maQsadlar bo’yicha boshQarish usullaridan foydalaniladi.Byudjet yordamida boshQarish – bu rejalarni tashkilotning mavjud imkoniyatlari bilan boG’lovchi usul bo’lib, moddiy va moliyaviy resurslar sarfini nazorat Qilib turish imkonini beradi.Zamonaviy menejmentda samarali usul deb maQsadlar bo’yicha boshQarish usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati – tashkilotning har bir bo’linmasi va har bir poG’onadagi rahbar uchun umumiy maQsaddan kelib chiQQan holda QisQa muddatli maQsadlarni o’rnatish va ularni bajarish rejalarini ishlab chiQishdan iborat. Bunda har bir xodimning maQsadi o’zining bevosita rahbarining maQsadlaridan kelib chiQQan va u maQsadlarni amalga oshirishga Qaratilgan bo’lishi zarur.Strategiya va strukturaning o’zaro mosligini aniQlash va tahminlash.Biz ilgari aytib o’tganimizdek, har Qanday tizim o’ziga xos strukturaga ega va tizimning rivojlanishi strukturaning ushbu rivojlanishga imkon berishiga boG’liQ.Harakatchan tashQi muhit sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan har bir tashkilot o’z strategiyasini tanlashda va amalga oshirishda strukturasi imkoniyatlarini hisobga olishi bilan birgalikda, tanlangan strategiyani amalga oshirish uchun strukturani moslashtirish, unga zaruriy o’zgartirishlar kiritishi zarur. Buning uchun boshQaruvning yuQori poG’onasidagi rahbariyat strategiya va tashkilot strukturasining o’zaro mosligini doimiy ravishda taxlil Qilib borishi, zaruriy o’zgarishlar kiritib borishi talab Qilinadi.SHuning bilan birgalikda, tashkilot strategiyasini tanlashda uni egiluvchanligiga, o’zgarishlar kiritishga imkon yaratilishiga ehtibor berish kerak.Ushbu masalalar nafaQat faoliyatini yangidan boshlayotgan tashkilotlar uchun, balki uzoQ muddat faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun ham zarurdir. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling