Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-i -2021 guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning
Tolov balansi muvozanatini taminlash
Download 88.5 Kb.
|
To\'lov Balansi
3.Tolov balansi muvozanatini taminlash
Tolov balansi muvozanatini taminlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur boladi. Markaziy Bank valyuta interventsiyasini amalga oshirish chorasini kormasa, va rasmiy valyuta zahiralari miqdorini ozgartirmasa tolov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin tebranishi hisobiga ozaro tartibga solish amalga oshiriladi. Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi roy beradi. Valyuta kursining erkin tebranishi tolov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi. Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlari takidlashicha, tolov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valyuta kurslarining erkin harakati tolov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yoqotadi. Erkin tebranuvchi valyuta kurslari tolov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bolsada, kamchilikliklardan holi emas. Chunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, nobarqarorlikka va boshqalarga olib keladi. Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valyuta kursining erkin tebranishi vositasida tolov balansini tartibga solish zarurati yoqoladi. Bunda tolov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bolib kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan kotariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy osishga salbiy tasir korsatadi. Tolov balansining aktiv-(musbat) qoldigi esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini toldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy osishga) ragbatlantiruvchi tasir korsatadi. Markaziy bank tomonidan otkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan boladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida tolov balansi qoldigi nolga tenglashishi kerak. Tolov balansining aktiv qoldigi yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab turlicha narxlanishi mumkin. Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun tolov balansi taqchil bolishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar tolov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin. Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valyuta zaxirasi cheklanganligi tufayli tolov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bolinishiga olib keladi. Bunday hollarda tolov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosati va valyuta almashinuv kursini ozgartirishi choralarini qollab chet ellardagi oz xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan oz daromadlarini oshiradi. Bunday tartibga solish natijasida narxlar umumiy darajasining oshishi oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi roy berishi mumkin. Valyuta rezervlari sarflab bolganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yoqqa chiqqanligi sababli mamlakat tolov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi tolov balansi inqirozi deyiladi. Tolov balansi inqirozini hal etishning yagona yoli makroiqtisodiy tartibga solish hisoblanadi. Otish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qoyadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtning ozida ham tolov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bolmasligi mumkin. Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yolidir. Qisqa istiqbolda tolov balansi qoldigi jamgarish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) tasirida ozgarishi mumkin. Agar mamlakatda ragbatlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy jamgarmalarning pasayishiga olib keladi. Bu oz navbatida joriy operatsiyalar hisobi boyicha taqchillikka, kapital harakat hisobi boyicha musbat qoldiqqa olib keladi. Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamgarmalar hajmlarini oshiradi, bu oz navbatida kapital harakati hisobi boyicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi boyicha musbat qoldiqqa olib keladi. Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi boyicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi boyicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling