Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-i -2021 guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning
Download 88.5 Kb.
|
To\'lov Balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat tolov balansining taxminiy korinishi (raqamlar shartli)
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-I -2021 guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning MAKROITISODIYOT fanidan tayyorlagan REFERATITolov balansiReja:
1. Tolov balansining mohiyati va tarkibi 2.Makroiqtisodiy modellarda tolov balansining ahamiyati 3.Tolov balansi muvozanatini taminlash 1. Tolov balansining mohiyati va tarkibi Tolov balansi malum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo ortasida boladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-londa ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yonalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning malum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham tolov balansida oz aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham tolov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha tolovlar korsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida taminlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun tolovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bogliq boladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, yani, u moddiy nemat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bolishi mumkin. 4-jadval Mamlakat tolov balansining taxminiy korinishi (raqamlar shartli)
Tolov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bolinadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bogliq operatsiyalar. Shunga kora tolov balansi strukturasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «qoshish», import esa «ayirish» ishoralari bilan belgilanadi. Yani, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida korsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa oz navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi. Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldigi deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, yani, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan kora koproq olib keladi (-75). Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi bu, xizmatlar (transport, sugurta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bolgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bolgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni koproq oladi yani, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan koproq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sugurta xizmatlarini korsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sugurta kompaniyalari korsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyalar boyicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12). Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar boyicha tolovlarni oz ichiga oladi. Agar xorijga qoyilgan milliy kapital uchun chet tolovlari boyicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun tolanadigan tolovlar miqdoridan kop bolsa, unda sof daromad musbat boladi (+8). Transfert korinishida pul otkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga tolanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi oz qarindoshlariga pul otkazmalari, turli korinishdagi hukumat yordamlarini oz ichiga oladi. Jadvaldan korinib turibdiki, xorijga jonatilayotgan pul otkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, yani, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8). Joriy hisoblar boyicha barcha operatsiyalar yigindisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bolgan talab uning eksport operatsiyalari taminlaydigan taklifdan ortiq bolishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat tolov balansi joriy operatsiyalar boyicha kamomadga ega. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling