Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Download 108.68 Kb.
|
416- GURUH MAKTABGACHA TA’LIM YO'NALISHI JJO’RAYEVA SHOIRANING
- Bu sahifa navigatsiya:
- HADISDA TABIATGA OID BANDLARINI O’RGANISH VA TAXLIL QILISH” mavzusidagi
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 2 KIRISH.
- Ushbu maqsadga erishish uchun bir-birlari bilan bogliq bolgan quyidagi vazifalarni yechish kerak
- Tadqiqotning uslub va uslubiyati.
- Sharq mutafakkirlarining tugilgan joylari
- 1.1 rasm sharq mutaffakirlariningntugilgan joylari karta sxemasi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 416- GURUH MAKTABGACHA TA’LIM YO'NALISHI 3-KURS TALABASI TABIAT BILAN TANISHTIRISH NAZARYASI FANIDAN JO’RAYEVA SHOIRANING “HADISDA TABIATGA OID BANDLARINI
MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Sh.Jo’rayeva Qabul qildi: I.Ro’ziyev R E J A KIRISH Hadisda tabiatga oid bandlar. 1.2.Sharq mutafakkirlarini ekologik tarbiyaga oid qarashlarining o'rganish zaruriyati. 1.3. Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari XULOSA
2 KIRISH. Mavzuning dolzarbligi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub ekologik islohotlar ta'lim sohasida ham izchil va uzluksiz o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Kadrlarni tayyorlash sohasida butun jahon andozalarga mos ravishda ijodiy o'zgarishlar qilinishini talab qilinmoqda. Bizning ijodkor xalqimiz bugungi kunga qadar ajdodlarni milliy merosi va xalqimizni azaliy qadriyatlar, an'analari, urf-odatlarini o'rganib yurtimiz rivoji uchun foydalanib kelmoqdalar, Yurtimizda bir qancha avliyolar yashab har birlari o'z davrida qanchadan qancha ilmiy va ma'naviy, ijtimoiy-ekologik asosga ega bo'lgan asarlar va milliy yodgorliklarni bizga dasturil amal qilab qoldirib ketishgan mutafakkirlardan bor. masalan: Muso al- Xorazmiy Abu Nasr Farobiy Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Axmad Farg'oniy, Yusuf Xos Hojib, va boshqalar yetishib chiqib dunyo fani hamda madaniyati taraqqiyotiga katta xissa qo'shganlar. Shu sababli bu zotlarni o'tmishini o'rganish, ayniqsa ta'lim- tarbiyaga va ekologik rivojlanish va ekologik ta'lim tarbiyanining xam negizini yaratib berganlar. [12] Shu o'rinda aytish joyizki, bugungi kunga kelib yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida ajdodlarimizni bizgacha yetkazib kelgan ta'limotlariga oid tarbiyaviy va ekologik qarashlarini yoshlarga uqtirib kelinmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, global, regional va lokal darajadagi ekologik muammolarning yuzaga kelganligidir. Ekologik inqirozlar ijtimoiy-tabiiy muammolar sirasida o‘zining dolzarbligi va geografik ko‘lamiga ko‘ra umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Globollashuv davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ekologik muammolarning keskinlashuvi, mintaqaviy ekologik masalalarning murakkabligidir. Shuning uchun ham o‘quvchilar ongida ekologik madaniyatning yangicha mazmuni, uning ma'naviy-axloqiy tamoyillari, tabiatga mas'uliyatli yondashuv, tabiiy boyliklarni saqlash, ulardan oqilona foydalanish hamda flora va
3 faunani boyitishga oid tushunchalarni shakllantirish muammosining ijobiy yechimini topish ruhida, ularning ekologik tarbiyasi va ekologik madaniyatini shakllantirish muhim ijtimoiy-pedagogik kafolatdan biri sanaladi. Shuningdek, mamlakatni ravnaq topishi uchun ta'lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo'lgan muammolarni hal qilish uchun malakali va bilimli xodimlar kerakligi va shu asosda joylardagi muammolarni yechimini hal qilishni ta'minlanishi nazarda tutiladi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon mutaxasis kadrlarni yaratish hamda shakllantirishga erishish muhim ekologik-ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bu esa dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu muammolarni ilmiy- uslubiy va amaliy yechimlarini topish tavsiyalar ishlab chiqarish o'z navbatida tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu o‘rinda tabiatning insoniyat hayotiga faol ta'sirini quyidagicha ifodalaydi: “Bugungi kunda barchamizning oldimizda g'oyat muhim vazifa turibdi. Bu - tabiatni hozirgi va kelajak avlod uchun saqlab qolish, uni bizning mintaqamiz va boshqa mintaqalar aholisining turmush sharoiti va tabiatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada murakkablashtiradigan yangi xavfli loyihalardan asrashdan iborat”. Ta'kidlash lozimki, O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash davrida ekologik harakatning vujudga kelganligi va ushbu ekologik harakat vakillaridan 15 nafari Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanganligi, ekologiya sohasidagi qonunlar tizimining takomillashayotganligi, ushbu yo‘nalishdagi yangi qonunlar loyihalarining ishlab chiqilayotganligi jamiyatimiz a'zolari, jumladan, o‘quvchilar ekologik tarbiyasi muommosining dolzarbligidan, bitiruv malakaviy ishning ilmiy - amaliy ahamiyatidan darak beradi. Maqsadi va vazifalari.Bitiruv malakaviy ishning maqsadi —Sharq mutafakkirlarini ekologik tarbiyaga oid qarashlari, o'quvchilarga ekologik bilimlarni berish hamda ularda atrof muxit bilan bog'liq bo'lgan tarbiyaviy- nazariy bilimlarni shakllantirishning bugungi xolatini o'rganib chiqib tahlil qilish va undagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash, zamonaviy yangi pedagogik 4 texnologiya, usullarini joriy qilish asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, erishilgan yutuqlarga oid bilim, ko'nikma va malakalarni yanada takomillashtirishdan iboratdir.Ta'lim muassasalarida ekologik muommolarning integratsiyalashuvi texnologiyalarining o‘quvchilar ekologik tarbiyasidagi ro'li va yoshlarga ekologik bilim , tarbiya berish usullarini ilmiy tadqiq qilish. -O‘quvchilarni uzluksiz ta'lim tizimi orqali global ekologiyaga oid ilmiy qarashlar bilan samarali tanishtirish imkonini izlash; -Ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik tarbiyasining nazariy, amaliy jihatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Yoshlardaekologikbilimvatushunchanitarbiyalashdamilliy qadriyatlardanfoydalanishningsamaraliyo'llariusulvashakllarinianiqlash va uni ta'lim jarayoniga tadbiq etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bir-birlari bilan bog'liq bo'lgan quyidagi
-sharq mutafakkirlarini ekologik tarbiyaga oid qarashlari mavzusiga oid ta'limotlar va manbalarni hamda adabiyotlarni o'rganish va ularni tahlil qilish; -sharq mutafakkirlarini ekologik tarbiyaga oid qarashlari mavzusini o'quvchilarga o'qitishda zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning amaliy va uslubiy jihatdan ta'lim jarayoniga tadbiq etish; -yoshlarda ekologik bilim va tushunchani tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish usullarining o'rni va ahamiyatini tushuntirish; Tadqiqotning uslub va uslubiyati. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida O'zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, turli soxa olimlarning mavzu doirasida olib borgan tadqiqotlaridan foydalanildi. Shuningdek tahlil yuritishda induktsiya, deduktsiya, tahlil va bog'liqlik, mavsumiylikdan aniqlikka siljish usullari bilan bir qatorda analiz, sintez, statistik va matematik ko'rsatkichlardan foydalanildi. 5 . 1.Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari. Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug' ajdodlarimiz bundan ko'p asrlar ilgari hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo'yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa qo'shgan. Xususan, ular matematika, astranomiya, geodeziya, geografiya, tarix, arifmetika, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalaridagi qomusiy ishlari, ixtirolari bilan jahon sivilizatsiyasi ravnaqida o'chmas iz qoldirganlar. g'arbda “Nur Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo'lgani ham bejiz emas. Insonni qurshab turgan tabiat, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini fahmlash ilmiy bilish amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat doimiy harakatda, to'xtovsiz o'zgarish va rivojlanishdadir. Kishilik jamiyati moddiy olam tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. Inson oldin tabiatga shogird bo'ladi, so'ngra u tabiat ustidan hukumronlik qila boshlaydi. Inson jismonan va aqlan rivojlanishi natijasida tabiatga ozor berib, ekologik muammolarini yuzaga keltiradi. Jamiyat - tabiatning tarkibiy qismi. Tabiat, inson va jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorliklar tavsiflari ilgaridan mavjud bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o'rtasidagi munosabatlar turlicha kechgan. Muhammad ibn Muso al-XorazmiyAbu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino Ahmad Farg'oniy, al-Hakim at-Termiziy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, kabi bobokalonlarimizdan qolgan ilmiy ma'naviy meros sharq uyg'onish davrining durdonalari maqomida dunyo ahli tomonidan haqli ravishda tan olingan ayniqsa, Markaziy Osiyo o'rta asr ilmiy madaniy markazlaridan biri sifatida boshqa mintaqalardagi ilmiy rivojlanis jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatgani jahon ilm-fanidao'ztasdig'initopgan. 2014 yilning may oyida Samarqandda dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar vakillari, ekspertlar ishtirokida “O'rta asrlar sharq allomallari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro'li va ahamiyati” mavzuida o'tkazilgan
6 xalqaro konferensiya va O'zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning uning ochilish marosimidagi ma'ruzasi ulug' ajdodlarimizning ana shunday boy ma'naviy merosi ahamiyatini yana bir karra chuqur anglash imkonini berdi. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab, ijod qilgan olimlar hali ekologiya atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonlar dunyosi, tabiatini e'zozlash haqida o'zlarining qimmatli ilmiy me'rosini qoldirgan. Tabiat hodisalariga oid takomillashib, tadrijiy rivojlanib borgan tushuncha va ta'limotlar, insonning tabiyat bilan bog'liqligi to'risidagi ma'lumotlar ilk marotaba “Avesto” hamda Sharq Renessanisi davrida ijod qilgan mutafakkirlar asarlarida o'z ifodasini topgan. Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari jahon hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish barobarida, fuqarolarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyo satining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida ekologik tarbiyaning jamiyat ma'naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, yoshlarda ekologik bilim va tushunchani tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik tarbiya inson va tabiat munosabatlarini hayotiy timsollarda aks ettirish orqali yoshlarning ekoma'naviy-madaniy saviyasi darajasi hamda dunyoqarashini ifodalash bilan birga, inson shaxsini tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.[9] Zero, har bir yosh nafaqat yetuk va barkamol bo‘lishi, shu bilan birga atrof muhitga odilona muno sabatda bo‘lib, tabiat qonun-qoidalarini o‘z ichki kechinmalaridek qabul qilsa, ya'ni tabiat bilan hamohang, uyg'unlashgan holda faoliyat olib borsagina u tom ma'noda yuksak ma'naviyat va madaniyatga erisha oladi. Tabiatni e'zozlash, zaminni ulug'lash o‘tmish davrlardan, moziydan boshlanib, ajdodlardan-avlodlarga, asrlardan asrlarga o‘tib, boyib, sayqal topib hozirgacha davom etib kelayotgan sharqona, o‘zbekona hikmatlar, tuzuklar, ta'limotlar, falsafiy qarashlar, milliy qadriyatlar, milliy udum va an'analarda o‘z aksini topgan. Bularni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi 7 munosabat, ularning o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga munosabatni, tabiat muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti- harakatlarini tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda ekologik bilim va tushunchalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. Jahon miqyosida yoshlar tarbiyasiga e'tibor qadim-qadimdan boshlanadi. Uning namoyondalari qadimgi grek olimlari Arximed, Aristotel, Suqrot, Platonlar yoshlar tomonidan bilimlarini ixtiyoriy, faol o‘zlashtirilishi ahamiyatini chuqur va har tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yoshlar tarbiyasi, atrof muhit, tabiiy sharoitlar, ularning o‘zgarishi, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning mavjud holati, tabiatning insonning ma'naviy jihatdan shakllanishiga ko‘rsatayotgan ta'siri masalalari qadimgi ta'limotlar va mutafakkirlarning qarashlarida aks etgandir. Masalan, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da yer, tuproq, daryolar, ko‘llar bog'lar, tog'lar, o‘simligu-giyohlar madh etilgan. Ona zaminni ulug'lash, suvni hayot manbai deb qadrlash, quyosh, olov va havoni e'zozlash- bular “Avesto”dagi markaziy masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotiga ko‘ra, har bir kishi ruhan va xulqan komilligi uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z kasbini e'zozlagan holda Axuramazda farzlarini nechog'lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo‘sh haydab, don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog' yaratgan, yerning zaxini qochirib, sho‘rini yuvib, ziroat ekkan zardo‘shtiyning ravoni pok, xulqi xush, amali chin bo‘lishi bilan ko‘rsatilgan. Zardushtiylik ta'limoti bo‘yicha, suv va havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni tashlash qat'iyan man etilgan. Anhor va ariq bo‘ylarida mol boqish, otlarni bolashga ruxsat berilmagan. Suvga tupurish, supurgida suvga axlat supurish, toza qilib yuvilmagan idishlarda ariq va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash ajdodlarimiz diniy e'tiqodlari bo‘yicha odob-axloqqa xilof tarzda baholangan.[11] Atrof - muhitni asrash, uning musaffoligini ta'minlash ekologik muammo bo‘lib, uni yoshlar ongiga singdirish hozirgi dolzarb masalalardan biridir. 8 Ma'lumki, buyuk mutaffakkirlarimiz bu sohada ko‘zga ko‘rinarli, katta ishlar qilgan. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan sharq allomalaridan Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Zahriddin Muhammad Bobur kabilar hamda XIX-XX asrlarda yashab ijod etgan tadqiqodchi, olim, mutafakkirlarimiz tabiat fanlarining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Sharq mutafakkirlarining tug'ilgan joylari 1.1 rasm sharq mutaffakirlariningntug'ilgan joylari karta sxemasi. manba;H.Hasanov .O'rtaosiyolikgeografvasayyohlar .T, O 'zbekiston , 1974yil Ulardan biri o‘zidan boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan yirik olim, davlat va siyosat arbobi, jadidchilik harakatining namoyondasi, ma'rifatparvar olim 9 Abdurauf Fitratdir. Uning yozgan asarlarida atrof-muhitga, tabiatga munosabat masalasiga alohida urg'u berilgani barchaga kundek ravshan. Abdurauf Fitrat o‘zining asarlarida jismoniy mehnat, iqtisodiy tarbiya berish muhimligini ta'kidlagan. Abdurauf Fitrat o‘zining “Munozara” va “Hind sayyohining qissasi” kabi dastlabki asarlaridayoq, Turkiston va Buxoro amirligidagi qishloq va shaharlaridagi tozalik masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Uning “Rahbariy najot” axloqiy didaktik asarida tozalik va ekologik tarbiyaga oid qarashlarni yanada kengroq beradi. Buyuk alloma Fitrat, ayniqsa, bolalarning tarbiyasida, ularning yetuk va sog'lom bo‘lishlari uchun tozalikning ahamiyati muhim deb biladi va shunday deb yozadi: Nazokat va tozalik bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga egadir. Nafosat va pokizalik katta yoshdagi insonlarga qanchalik muhim bo‘lsa, kichiklarga o‘n barobar zarur va keraklidir. U bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish lozimligini alohida ta'kidlaydi.“Bolaning tarbiyasida toza havoning ahamiyatiga to‘xtalib: havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. 5-6 soat ovqatsiz turish mumkin, lekin bir daqiqa ham havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun bolalarni toza havoga, chorbog'larga olib chiqish lozim'', - deydi. Abdurauf Fitrat o‘z pedagogik qarashlarida bolalarni atrof - muhitni sevishga, asrashga chaqiradi. U o‘z darslik va qo‘llanmalarida ham tabiatga oid ko‘plab materiallarni kiritgan. Xalqimizda “Bolaning quvvati-ovqat, aqlning quvvati-hikmatli so‘zdir” -deb uqtirib kelingan. Hadislarda bayon etilgan ana shunday hikmatli so‘zlar- donishmandlik durdonalari sanaladi. Hadis bandlari ekologik ta'lim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Hadis ilmini taraqqiy ettirishga munosib hissasini qo‘shgan O‘rta Osiyolik mashxur allomalar Al-Buxoriy hamda At- Termiziylarning hadislaridan ekologiya va tabiatga mehr-muhabbat mavzusiga, tabiat muhofazasiga oid bandlaridan namunalar keltiramiz: 44-band. Dehqonchilik bilan shug 'ullaninglar. Dehqonchilik murakkab kasbdir. Unga qo‘riqchilarni ko‘paytiringlar. 176-band. Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat- qoyim bo‘lishi aniq bo‘lganida ham ulgursangiz uni ekib qo‘yavering. 10 586-band. Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do‘zaxga tashlanadi. 706-band. Tejab sarflagan kambaal bo‘lmaydi. 732-band. Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tkazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi. 837-band. Kim suv toshqini to‘xtatsa yoki yoninni o‘chirsa, unga shaxidlik ajri beriladi. [11] Bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilish tarbiyasini berish ishlari milliy qadriyatlar asosida amalga oshirilgan. Azal-azaldan ham ta'lim-tarbiya tizimida avlodlarimizni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalash masalalari tarbiya yo‘nalishlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz o‘z farzandlariga oila davrasida pand-u nasihat va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar:
Suvni iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladilar; Rizq-ro‘zingni isrof qilma, gunohkor bo‘lasan; Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste'mol qilasan; Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh bo‘ladi, chunki unda ahli-mo‘minning nasibasi bor. O‘zbek oilasidagi tarbiyaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, bolalar kundalik uy-ro‘zor, poliz, bodorchilik, me'morchilik, duradgorlik, chorvachilik ishlarini ota-onalari bilan bajarib ham jismonan, ham ruhan kamol topib boradilar. Bu jarayonda har qanday ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik fazilatlarini kamol toptirishga harakat qiladi. Bu esa oila an'anasiga aylanib boradi. Keksa avlod vakillari yoshlarga gunoh bilan savob haqida pand-u nasihatlarni, ya'ni suvni harom qilmaslik, axlatlarni uy yoki hovliga to‘kmaslik, daraxt va o‘simliklarni behuda sindirmaslik haqida doimo ta'kidlab kelishgan. Bu esa oilada bolalarga beriladigan ekologik va tabiat muhofazasi tarbiyasining asosiy namunalaridan biridir. 11 Tabiat shunday odil mo‘jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Tabiatda biror jonzotning qirilib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, shunga boliq bo‘lgan muvozanat buzilib, xavfli vaziyat vujudga keladi. Inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog'langan ekan, tabiatdagi mavjud muvozanatning buzilib, xavfli vaziyat yuzaga kelishining oldini olishi zarur. Inson onadan tug'ilib, dunyoga kelar chog'idanoq, tabiat ehsonlaridan, ne'matlaridan bahramand bo‘ladi. Inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan suv, oziq- ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi. Hattoki, insonning hastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun ham ona tabiatdan yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan foydalaniladi. Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo‘lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat bilan yaratgan bog'-rog'lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni, ko‘hna Urganch hamda Xivani bezab, yer yuziga zeb berib turibdi. Hozirgi yosh avlod tabiat qo‘ynida yashaydi, mehnat qiladi. Ularga tabiat haqida, ekologik vaziyat haqida oshkora tushuncha berish, tabiatni asrash, unga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalash bizning asosiy vazifamizdir. Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-ona, maktab, do‘stlar, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot va tabiat tarbiyalaydi. Bolani rivojlanish jarayonida uni boshqarib borish kerak. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki hislatlarining to‘laqonliligini, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik va ekologik qarashlari yig'indisini o‘z ichiga oladi. Ekologik tarbiya - atrof-muhitga, olamga, odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga muhabbat hamda ehtiyotkorona munosabatlarni shakllantirish zaruriyatidir. Tabiat - yosh avlodni tarbiyalashning ta'sirchan vositalaridan biri, u ezgulik, insoniylikni his etib, go‘zallikni ko‘rish va tushunish, kuzatuvchanlik, tabiat qonunlarini o‘rganishga intilish, mehnatsevarlik, o‘zining jonajon o‘lkasini, Vatanini sevish kabi ko‘pgina xarakter belgilarini uyg'otish va rivojlantirish 12 X U L O S А O'zbekiston hududi qadim davrlardan insoniyatning sivilizatsiya o'choqlaridan bo'lib kelgan. Ma'lumki bu sivilizatsiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy asosini o'ziga xos iqlimi, tabiati, unumdortuprog'i, hayotbaxsh daryolari, qolaversa shu zaminda umrguzaronlik qilgan ota bobolarimizning atrof - muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan bilimlarining to'g'ri yo'naltirilib kelinganligi tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ishining yakunlaridan hamda hududlardagi bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muhitdan kelib chiqib, hududda mavjud muammolarni izchillik bilan hal etish masalalarini uyg'unlashtirish va ularni har tomonlama ilmiy mushohada etishga qaratilgan quyidagi xulosaga kelindi. 1.Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid g'oya va qarashlarini bugungi kun yoshlariga o'rgatish ta'lim jarayonida ajdodlarimiz o'gitlaridan foydalinish zarur. Hozirgacha suvni isrofqilish, uni ifloslantirish kabi illatlar saqlanib kelmoqda. Bu holni yer resurslaridan foydalanish jarayonlarida kuzatish mumkin. Shuning uchun aholining dunyoqarashini o'zgartirish, ularning ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish zarur. Bu borada ommaga tushuntirish ishlarini olib borish, atrof-muhit muhofazasini o'ziga xos ijtimoiy harakatga aylantirish zarur. Bu yo'lga faqatgina butun jamoatchilik ahlini diqqat-e'tibori va kuchini qaratish bilangina erishish mumkin. Ayniqsa, keng ko'lamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga bevosita chuqur ilmiy asosida yondashib, yer va suvdan to'g'ri foydalanishni tashkil etish, bu jarayonda faol bo'lganlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish zarur. Hozirda O'zbekiston Res'ublikasida 20 dan ortiqatrof-muhit muhofazasi bilan bog'liq qonunlar qabul qilingan. Ammo, ularni ommaga yetkazish zarur. Shuning uchun bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga erishish maqsadida mavjud qonunchilik negizida “Ekologik javobgarlik” to'g'risida kodeks shakllantirish lozim. Chunki, atrof- muhitga zarar yetkazish, ijtimoiy xavfliligi bo'yicha har qanday jinoiy hatti-harakatdan qolishmaydi 48 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Karimov I.A. Xalqimizning yo'li mustaqillik, ozodlik va islohotlar yo'lidir// Bunyodkorlik yo'lidan. T. 4. T., 1996 Karimov I.A. BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasidagi ma'ruza//Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2.-T., 1996 Karimov I.A. O'zbekiston yo'li-jahon hamjamiyatiga qo'shilishyo'lidir//Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3 - T.,1996 А. N. Nigmatov, А. N. Shivaldova, R.N. Sultanov.Ekologicheskie aspektq v kontseptsii ustoychivogo razvitiya. - T., 2003. - s. 99 AmirbekovU.ZonnCH. Aral istoriyaizcherzayushegomore. Dushanbe, 2003. Baratov P. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. T. O'qituvchi, 1996 Davletov S.R. XX asr oxirida Quym Amudaryo hududidagi ekologik vaziyat va uni sog'lomlashtirish muammolari. Xiva . 2007 Ekologiya xabarnomasi» jurnali, 5-6-sonlar.2012. Ekologiya xabarnomasi, 2001 yil, 3-son. Ekologiya xabarnomasi, 2001 yil, 6-7-son. Foto almanax. Mualliflar Jamoasi. «Avestovorislari». «Xorazm» 2001 H.Hasanov .O'rtaosiyolikgeografvasayyohlar.T, O'zbekiston , 1974 Juraev U. T, Saidjonov Y.S. «Dunyo dinlari tarixi». T. 2001 Kamolov S.K. Orol muammosining echimlari haqida.T. 2003 Kamalov S.K. Sotsialno-ekonomicheskoe polojenie Karakalpakstana i Aralskaya katastrofa. S. 7. Download 108.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling