Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola» Maqsad: To‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish malakalarini
takomillashtirish. Matn ustida ishlash, tahlil qilish ko‘nikmasini mustahkamlash, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish. O‘quvchilar shaxsida to‘g‘riso‘zlik, rostgo‘ylik kabi ijobiy sifatlarni tarbiyalash. Darsning shiori: Biz nimaiki qilmaylik, Barchasi zarur, kerak. Bilim egallash uchun Tinimsiz o‘qish kerak. Darsning borishi: 1 - modul. Uyga vazifani tekshirish. "Maymun va duradgor" haqidagi ertak. Xattaxta oldiga lkki o‘quvchi chaqiriladi va ular galma galdan ertakni o‘qib, mazmunini so‘zlaydilar. Duradgor kim? U nima ish qiladi? degan savol beriladi va o‘quvchilarning javoblari to‘ldiriladi. 2 - modul. Quvnoq daqiqa. O‘qituvchi: Yaxshi o‘qish uchun, yaxshi nafas olish kerak. 1) Nafas olishga oid mashqlar: «Choyni sovit» «Gulni hidla» «Sharni shishir» «Changni hayda». 2) Ovoz mashqi; tovush mashqi: a, o, u, e, i, o‘. -Quyidagi she’rni eshitib bugun qanday mavzu bilan tanishishimizni bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling: To‘g‘ri so‘z bola. H.H.Niyoziy. (Qisqartirilgani) Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il, To‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l. Dedi biri:" Tanga berurman sanga So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga" Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob: "so‘zlang ako, qomatingizga qarab. Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur Tangaga yolg‘onni kim olg‘on erur". Quyidagi skanerga qarab bugungi o‘rganadigan mavzumiz nomini va unga doir so‘zlarni toping. b r o s t g o‘ y b r o o b o l a ya o‘ o o l s yo l g‘ o n r l s a t a n g a k k a t r g k i sh i a k o g o o‘ m a k t a b yu o‘ s y s o‘ z i ng i z y t o g‘ i z g i n a a g l a r o s t g o‘ y o‘ y s a n g a k i m Bu jadvalda rostgo‘y (5 ta), bola (3 ta ), yolg‘on, tanga, kishi, ako, maktab, so‘zingiz, og‘izgina, sanga, kim so‘zlari borligini o‘quvchilar topadilar. 3 - modul. Skanerdagi so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir og‘izgina yolg‘on, rostgo‘y bola, yolg‘onchi kishi sanga tanga berurman, dedi va b. Kimlar shu so‘zlar vositasida ertak tuzib beradi.Bolalar o‘zlaricha tuzgan ertaklarini so‘zlab beradilar. Bugungi o‘tadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar (Bo‘lmasa o‘qituvchi ertak nomini aytadi: "Rostgo‘y bola"). Kelinglar endi ertakni eshitib ko‘ramiz. Unda ba’zi notanish so‘zlarga duch kelasizlar. Ularning mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin) Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi. Vazir - podshohning yordamchisi. Tadbir - o‘ylab qilingan ish. Xomush - xafa. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling