Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi. Maqsad
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqituvchi
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi. Maqsad: o'quvchilarda yangi mavzuni o'z-lashtirishga
ishtiyoq uyg'otish, maqollarning xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Metod: Suhbat metodi. O'qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo'yadi: „Birlash-gan o'zar, birlashmagan to'zar", „Awal o'yla, keyin so'yla".
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi. O'qituvchining hikoyasi: „Yaxshilik yerda qolmas" Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari ho'l bo'lib ucharga kuchi yetmadi. O'lar holatga etdi. Buni bir kabutar ko'rib, ariga rahmi kelub, darhol bir cho'pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho'pni kema qilib, suv balosidan qutuldi. Arodan ko'p o'tmadi. Bir bola tuzoq qo'yib, kabutarni tutmoqchi bo'ldi. Ari buni ko'rgan zamon kelub, bolaning qulog'ini chaqdi. Bola qulog'ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog'ini ushladi. Kabutar vaqtni g'animat bilib, uchib ketub, o'limdan qutildi. Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib, belgilang. (O'quvchilar „BMashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqol ini belgilaydilar) - Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o'qigansiz? („Bilim - aql chirog'i" maqoli mazmuniga mos „Ilm afzal" ertagini o'qiganmiz) — Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? („Dono fikr" deb atash mumkin.)— Bugungi darsda nimalarni o'rganar ekanmiz? — Maqollar nima haqida boiadi? Ularnima maqsadda yaratiladi? O'quvchilar javobi to'ldirib, umumlashtiriladi.
4. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ertaklar ustida ishlash yaxshi vosita bo‘la oladi. Chunki bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Ertak tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalarni chuqur his etadilar, ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar. 5. Xalq yaratgan maqollarning ma’nosi, tuzilishi, vazifasini o‘quvchilarga tanishtirib borish ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirish bilan birga, biror voqea-hodisa haqida tez hukm chiqara olishga va teran fikrlashga undaydi. 6. O‘quvchilаrga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilsa, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirishlari osonlashadi, fikrlashi kengayadi, dunyoqarashi shakllanadi, o‘z fikrini, his- tuyg‘usini оnа tilining imkоniyatlаri dоirаsidа ifоdаlаsh vаzifаlаrini bаjаrа оlаdigаn dаrаjаdаgi kеlаjаk kishisi bo‘lа оlаdi. 7.Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda хаlq оg‘zаki ijоdi ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi. 8.Har xil janrdagi asarlarni o‘rganishda undagi ayrim so‘z va iboralar bilan ishlash, bir tomondan, asar mazmunini oson hamda toliq o‘zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bolalar lug‘atini boyitish, til hodisalarini anglash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, so‘zlarni fonetik jihatdan o‘zlashtirishga zamin bo‘ladi. Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarni xilma-xillash ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish–bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo‘lgach pedagogik texnologiyalar ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi. O‘qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir.Tadqiqot ishimiz davomida biz metodistolimlarning ta’lim vositalaridan foydalanish haqidagi barcha nazariy va amaliy qo‘llanmalarni o‘rganib chiqdik. ulardan ishimiz davomida foydalanishga harakat qildik. 1. Kаrimоv I.А. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008. 2. Kаrimоv I.А. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009. 3. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. –Toshkent. 2011. 21- yanvar. 4. Оnа tili. Umumiy tа’limning dаvlаt tа’lim stаndаrti vа o‘quv dаsturi“ Tа’lim tаrаqqiyoti” ахbоrоtnоmаsining 1-mахsus sоni. T. “Shаrq” 1999 y. 5. Azizxo‘jayev N.M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Adolat, 2006. 6. Bahriyev A., Bahriyeva N. Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o‘qitishda ichki motivatsiyani shakllantirish. Xalq ta’limi jurnali, 2006 7. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin topshiriqlardan foydalanish. Toshkent: Musiqa,2009. 8. Yo‘ldoshev J.G., Usmonov S.A. “Pedagogik texnologiya asoslari”,-T.,”O‘qituvchi”, 2004-yil. 9. Nurmаtоv M. Ifоdаli o‘qish tugаrаgi. “Til vа аdаbiyot tа’limi” 1992 yil, 1-sоn. 10. Nе’mаtоv Х., G‘ulоmоv А., Ziyodоvа T. O‘quvchilаr so‘z bоyligini оshirish. –T.1996 y. 11. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2000. 12. Tа’lim jаrаyonidа so‘z bоyligini оshirishning аsоsiy оmillаri. “O‘zbеk tili” dоimiy аnjumаni 3-yig‘inining tеzislаri.T.1995 y. 13. Tolipov O‘., Usmonbekova M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.,Fan, 2006-yil. 14. “Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar, muammolar, yechimlar” Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.O‘z.PFITI. 1999-yil. 15. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2009. 16. G‘afforova T., G‘ulomova X. 1-sinfda o‘qish darslari. –T., Sharq, 2003-yil. 17. G‘ulоmоv А., Nе’mаtоv Х. Оnа tili tа’limi mаzmuni. –T. 1995 y. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti 18. G‘ulоmоv А. Nutq o‘stirish mаshg‘ulоtlаri (O‘qituvchilаr uchun mеtоdik qo‘llаnmа). –T. 1995 y. 19. O‘zbеk mаktаblаridа оnа tili vа аdаbiyot dаrslаri sаmаrаdоrligini оshirish. Ilmiy аsаrlаr to‘plаmi. –T. O‘z.PFITI -1998 y. 20. Ziyomuhammedov B., Tojiyev M. Pedagogik texnologiyalar – zamonaviy o‘zbek milliy modeli. Toshkent: 2009. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling