Qo‘shma gaplar. Qo‘shma gaplar tasnifi haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirish
Qo‘shma gaplar tasnifi haqidagi nazariy qarashlar tahlili
1-topshiriq. Quyidagi nazorat savollari asosida qo‘shma gaplar bo‘yicha bilimlaringizni yodga oling.
1-variant
Qaysi tilshunos olimlarning qo‘shma gap tadqiqiga oid ilmiy ishlarini bilasiz?
Qo‘shma gaplar sodda gaplardan qanday belgilari asosida farqlanadi?
O‘zbek tilida qaysi grammatik vositalar qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi?
Qo‘shma gaplarning qaysi turlarida bir-birini taqozo etuvchi havola bo‘laklar qo‘llanadi?
2-variant
O‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplar qaysi yo‘nalishda tadqiq etildi?
An’anaviy sintaksisda bog‘langan qo‘shma gaplar qanday turlarga bo‘lib o‘rganildi?
Qo‘shma gaplarning qaysi turlarida vazifadosh bog‘lovchilar qismlarni bog‘lab keladi?
Bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar qanday umumiy belgilarga ega?
3-variant
Qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifida asosiy e’tibor qanday belgilarga qaratiladi?
Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar qanday tuziladi?
Zidlov va ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar qanday tuziladi?
Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega bo‘ladi?
2-topshiriq. Berilgan topshiriqning har bir bandi bo‘yicha “Qo‘shma gaplar tasnifi”ni qayd eting.
1. M.Asqarova tasnifi.
2. G‘.Abdurahmonov tasnifi.
3. R.Sayfullayeva tasnifi.
4. N.Mahmudov tasnifi.
5.Maktab va litsey darsligida qo‘shma gaplar tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |