Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,,tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti”
Download 161.18 Kb.
|
NIGORA IZZATULLAYEVA
Ehtimollikning geometrik ta’rifi
Barcha nuqtalari teng imkoniyatga ega boʻlgan biror Ω soha (kesma, shakl yoki jism) berilgan boʻlib, bu sohaga tashlangan nuqtaning unga tushishi muqarrar boʻlsin. Shu berilgan sohadan kichkina ω soha (kesma, shakl yoki jism) ajrataylik. Ω sohaga tashlangan nuqtaning ajratilgan ω sohaga tushish ehtimolligi soʻralgan boʻlsin. Ajratilgan soha qancha katta boʻlsa, tushish ehtimolligi ham kattalashib boradi, ω soha Ω sohaga tenglashganda esa tushish ehtimolligi muqarrar hodisaga aylanadi. Demak, tashlangan nuqtaning ω sohachaga tushish ehtimolligi ω sohacha kattaligiga toʻgʻri proporsional boʻlib, uni geometrik nuqtayi nazardan talqin qilish kerak boʻladi. Bunday hollarda ehtimollikning geometrik ta’rifidan foydalanish qulaydir. Agar tashlangan nuqtaning Ω sohaga tushishi muqarrar boʻlsa, u holda bu nuqtaning shu sohadan ajratilgan ω sohachaga tushish ehtimolligi ω sohacha oʻlchovining Ω soha oʻlchoviga 173
0 0 nisbatiga teng boʻladi: P A m m ( ) ‑ ‑ Bu yerda ω – sohaning oʻlchovi, ya’ni bir oʻlchovli holda uzunlik, ikki oʻlchovlida yuza, uch oʻlchovlida hajm va hokazo. Agar Ω sohaning oʻlchovi L kesma va ω sohani l kesma deb olsak, L kesmagacha tashlangan nuqtaning l kesmaga tushish ehtimolligi quyidagicha boʻladi: P A l L ( ) = Agar Ω sohaning S yuza va ω sohani s yuza deb olsak, S yuzaga tashlangan nuqtaning s yuzaga tushish ehtimolligi quyidagicha boʻladi: P A s S ( ) = Agar Ω sohani V hajm va ω sohani v hajm deb olsak, V hajmga tashlangan nuqtaning v hajmga tushish ehtimolligi quyidagicha boʻladi: P A v V ( ) = Geometrik ta’rifdan vaqtga nisbatan ham foydalanish mumkin. Agar voqea T vaqt ichida sodir boʻlishi muqarrar boʻlsa, bu voqeaning t vaqt ichida sodir boʻlish ehtimolligi quyidagicha boʻladi: P A t Uyga vazifa 176-bet 1-12-masalalar Download 161.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling