Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,,tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti”
Download 161.18 Kb.
|
NIGORA IZZATULLAYEVA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
- Dars bosqichlari taqsimoti
- EHTIMOLLIK TA’RIFLARI Ta ’ rif.
- Ta ’ rif.
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI ,,TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI” 4-KURS MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 1MI-2020 GURUH TALABASI IZZATULLAYEVA NIGORANING 10-sinf uchun matematika fanidan 1 soatlik DARS LOYIHA 2023
Sinf: 10 Fan :Algebra Mavzu:EHTIMOLLIK TA’RIFLARI. (IV chorak) Darsning loyihasi
Oldingi o’tilgan mavzu bo’yicha aqliy hujum savollar. 2023
EHTIMOLLIK TA’RIFLARI Ta’rif. Tajriba natijasida roʻy berishi ham, roʻy bermasligi ham mumkin boʻlgan hodisa tasodifiy hodisa deyiladi. Masalan, tanga tashlaganda gerbli tomonning tushishi, oʻq uzilganda nishonga tegishi, lotereya chiptasiga yutuq chiqishi, shashqol tashlanganda 6 raqamining tushishi va hokazolar tasodifiy hodisalarga misol boʻladi. Ta’rif. Biri roʻy berganda boshqasi roʻy bermaydigan hodisalar birgalikdamas (birgalikda boʻlmagan) hodisalar deyiladi. 1-misol. Detallar solingan qutidan tavakkaliga bitta detal olindi. Bunda sifatli detal chiqishi sifatsiz detal chiqishini yoʻqqa chiqaradi yoki aksincha. “Sifatli detal chiqdi” va “sifatsiz detal chiqdi” hodisalari birgalikda emas. 2-misol. Tanga tashlashda gerbli tomoni tushishi raqamli tomon tushishini yoʻqqa chiqardi. “Gerbli tomon tushdi” va “Raqamli tomon tushdi” hodisalari birgalikda emas. Ta’rif. Agar hodisalar bir paytda roʻy berishi mumkin boʻlsa, bunday hodisalar birgalikda boʻlgan hodisalar deyiladi. Masalan, “quyosh chiqdi” va “kun sovuq” – bu hodisalar birgalikda boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalar boʻladi. Ta’rif. Tajribaning har bir natijasini ifodalovchi hodisa elementar hodisa deyiladi. Ta’rif. Elementar hodisalarga ajratish mumkin boʻlgan hodisa murakkab hodisa deyiladi. Ta’rif. Agar bir necha hodisalardan istalgan birining tajriba natijasida roʻy berishi boshqalariga qaraganda kattaroq imkoniyatga ega deyishga asos boʻlmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi. Masalan, tanga tashlanganda gerbli yoki raqamli tomoni tushishi yoki shashqol tashlanganda bir raqamining tushishi, ikki raqamining tushishi,… olti raqamining tushishi – bularning barchasi teng imkoniyatli hodisalar boʻladi. Ta’rif. A hodisaga qarama-qarshi hodisa deb A hodisaning roʻy bermasligidan iborat hodisaga aytiladi va A kabi belgilanadi. Mavzuni mustahkamlash “Ehtimollik” tushunchasi ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biridir. Idishda yaxshilab aralashtirilgan sharlar boʻlib, ulardan 5 tasi qizil, 4 tasi qora va qolgan 3 tasi oq rangda. Idishdan olingan sharning qizil yoki qora boʻlishi imkoniyati oq rangli boʻlishi imkoniyatidan koʻproq. Bu imkoniyatni son bilan tavsiflash mumkinmi? Ha, mumkin. Mana shu son hodisaning ehtimolligi deb ataluvchi kattalikdir. Shunday qilib, ehtimollik – hodisaning roʻy berish imkoniyatini tavsiflovchi sondir. Biz oʻz oldimizga tavakkaliga olingan sharning qizil yoki qora rangli boʻlish imkoniyatini miqdoriy baholash vazifasini qoʻyaylik. Qizil yoki qora rangli shar chiqishini A hodisa sifatida qaraymiz. Tajribada (tajriba idishdan shar olishdan iborat) mumkin boʻlgan natijalarning har birini, ya’ni roʻy berishi mumkin boʻlgan har bir hodisani elementar hodisa deb ataymiz. Elementar hodisalarni E1, E2, E3, E4, ... bilan belgilaymiz. Bizning misolda quyidagi 12 ta elementar hodisa boʻlishi mumkin: E1, E2, E3, E4, E5 – qizil shar chiqadi; E6, E7, E8, E9– qora shar chiqadi; E10, E11,E12– oq shar chiqadi. Osongina koʻrish mumkinki, bu natijalar yagona mumkin boʻlgan (bitta shar, albatta, chiqadi) va teng imkoniyatli (shar tavakkaliga olinadi, sharlar bir xil va yaxshilab aralashtirilgan) hodisadir. Bizni qiziqtirayotgan hodisaning roʻy berishiga olib keladigan elementar hodisalarni bu hodisaning roʻy berishiga qulaylik tugʻdiruvchi deymiz. Bizning misolda A (qizil yoki qora rangli shar chiqishi) hodisaning roʻy berishiga quyidagi 9 ta elementar hodisa qulaylik tugʻdiradi: E1, E2,E3, E4, E5, E6, E7, E8, E9. A hodisaning roʻy berishiga qulaylik tugʻdiruvchi elementar hodisalar sonining ularning umumiy soniga nisbati A hodisaning ehtimolligi deyiladi va P(A) bilan belgilanadi. Koʻrilayotgan misolda elementar hodisalar jami 12 ta, ulardan 9 tasi A hodisaga qulaylik tugʻdiradi. Demak, olingan sharning qizil yoki qora boʻlish ehtimolligi: P A ‑ 12 3 4. Topilgan son (ehtimol) biz oldimizga qoʻygan masaladagi qizil yoki qora shar chiqishi mumkinligining miqdoriy bahosini beradi. Download 161.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling