Denov tadbirkorlik va pedagogika institutui "Maktabgacha ta’lim" kafedrasi o’qituvchisi Ermatova Mehriniso Bekmurodovna


Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega


Download 428.71 Kb.
bet5/5
Sana09.02.2023
Hajmi428.71 Kb.
#1179233
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu innovatsiya

Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:
1) tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
2) tadbir maqsadi va vazifalarini belgilash;
3) tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
4) tadbir shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
5) tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash;
6) tarbiyaviy tadbir ssenariysini ishlab chiqish;
7) talabalar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy (ularni bu щaqida xabardor qilmasdan) baholash;
8) loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;
9) tadbirni tashkil etish jarayoni;
10) tadbirning o‘tkazilish holati (samarali, samarasiz, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish
4. Innovasion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari
Innovasiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovasiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovasiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro)
  • –1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar;
  • 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”

Innovasion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Ta’lim innovasiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Innovasiyalar turli ko‘rinishga ega.Quyidagilar innovasiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:
- yangi g‘oyalar;
noan’anaviy yondashuvlar
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novasiya (yangilanish) deb yuritiladi.
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovasiya (yangilik kiritish) deb ataladi
novasiya
innovasiya

Asosiy farqlar

Novatsiya

Innovatsiya

1)amaldagi nazariya doirasida qo’llaniladi;
2) ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

1)tizimli,yaxlit va davomli bo’ladi;
2)ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalayi;
3)sub’ektlarning faoliyati to’la yangilanadi;
4)yangi texnologiyalarni yaratadi;
5)faoliyatda sifat natijalariga erishiladi;
6)amaliyotning o’zi ham yangilanadi;

Topshiriq:
1- 1mt har bir talaba bittadan krasvorg tuzadi.
2-2mt mavzu yuzasidan test
3-3mt mavzu yuzasidan savol tuzish.
Topshiriq amaly darsda qabul qililadi.
Nazorat savollari:
1. “Modernizasiya” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. “Ta’lim tizimining modernizasiyasi” deganda nimani tushanasiz?
3. Ta’lim tizimining modernizasiyalashda qanday vazifalar hal qilinadi?
4. Ta’lim tizimini modernizasiyalashning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?
5. Texnologiya nima?
6. Ta’lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
7. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi YUNESKO tomonidan qanday sharhlangan?
Download 428.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling