Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning
HARAKATLI O‘YINLARNING TA’LIMIY AHAMIYATI
Download 1.28 Mb.
|
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. HARAKATLI O‘YINNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
- 1.5. O‘YINNI O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH
1.3. HARAKATLI O‘YINLARNING TA’LIMIY AHAMIYATI
Birinchi faoliyatda o‘yin mavjud, u shaxsni shakllantirishda kat- ta rol o‘ynaydi. Bolalar o‘yin yordamida to‘plangan tajribalarida bilim o‘z aksini topgan bo‘lib, hayot to‘g‘risidagi voqealarni ifoda etilganligi haqi- dagi o‘zlarining tasavvurlarini mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi. Bolalar xuddi kattalardek faoliyatlari jarayonida olamni bilib oladilar. Mamlakatimiz pedagoglari o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlarning ta’limiy ahamiyati kattaligini qayd qiladilar, chunki bola o‘yinda rivojlanadi. O‘yin bilan shug‘ullanish o‘yin qatnashchilarining yangidan-yangi his-tuyg‘uni tasavvur etishlarini va tushunchalarini boyitib boradi. O‘yin yordamida pedagoglar bolani har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Ular uning tasavvur etish tushunchalarini kengaytiradi, kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, zehn o‘tkirligini, tahlil qilishni bilishni, ko‘rganlarini taqqoslashni va ommalashtirishni rivojlantiradi, shu asosda uning atrofini o‘rab turganlar orasida kuzatiladigan hodisa- lardan xulosa chiqaradilar. 1.4. HARAKATLI O‘YINNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlaming ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o‘yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilaridan tezlikni (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko‘rish signaliga bir onda javob berish) talab qiladi. O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyat o‘yin qatnashchilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o‘tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch yo‘nalishdagi o‘yinlar kuchni tarbiyalaydi. 1.5. O‘YINNI O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH O‘yinni tanlash, eng avvalo, dars oldiga qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarning yosh xususiyat- larini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarning sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini hisobga oladi. Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagachan kishi qatnashishi mumkin. Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-tez 3— 10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. Ular, odatda, bolalar bilan mustaqil ravishda hovlilarda, maydon- chalarda, shuningdek, har xil yig‘ilishlarda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi va yetakchilar rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (darsda, yig‘ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mash- g‘ulotlarda, sport maktabida) 20—40 ta harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Katta bayram kechalarida va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayillarda 100—300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan ommaviy harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yinni tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotning shaklini (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda) hisobga olish shart. Darsda va tanaffusda vaqt chegaralangan bo‘ladi; o‘yin maz- muni va vazifasi darsdagiga ko‘ra tanaffusda boshqacha bo‘ladi, bayramlarda ayniqsa ommaviy va attraksion o‘yinlaridan foydala- niladi, bu o‘yinlarda har xil yoshdagi va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin. - Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling