Deontologiyasi
Kekirish xaqida tushuncha va kekirishda birinchi yordam
Download 413 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabziyat xaqida tushuncha va qabziyatda birinchi yordam.
Kekirish xaqida tushuncha va kekirishda birinchi yordam.Kekirish (lot. eructatio) – birdaniga noixtiyoriy ba`zida ovozli bo`lib oshqozon yoki qizilo`ngachda yig`ilgan havoni chiqarib yuborish. Kekirish oshqozon tarkibining kichik qismining og`izga tushishi bilan birga bo`lishi mumkin. Havo bilan kekirish aerofagiyada kuzatiladi. Aerofagiya (yunon. aeros - havo, phagein – yemoq, yutmoq) – mo`l miqdordagi havoni yutib keyin esa kekirish; uni tez ovqatlanishda, bir qator oshqozon-ichak kasalliklarida, psixik kasalliklarda kuzatish mumkin. Kekirish og'izda kislota ta’mi bilan birga bo'lishi mumkin (oshqozon sekretsiya, me'da-xlorid kasallik amplifikasyon) yoki achchiq (qachon o'n ikki barmoqli ichak dan me'daga safro tashlab), chirigan tuxum hidli (gastrit bilan, pilorik stenoz) . Ko’ngil aynish xaqida tushuncha va ko’ngil aynishda birinchi yordam. Kongil aynishi (lot. nausea) – kokrak osti, kokrak, halqum va ogiz boshligida noqulaylik bolib, kopincha qusish bilan davom etadi. Kongil aynishi solak oqishi, teri qoplamlari oqarishi, yuqori teri ajralishi, bosh aylanishi, qon bosimi pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Bu simptomning rivojlanishida qusish markazining qozgalishi yotadi. Agar kongil aynishi soatlab davom etadigan bolsa, hamshira bemorga holatni vaqtincha yengillashitirishni o`rgatishi kerak--kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral suvni ichish. Qabziyat xaqida tushuncha va qabziyatda birinchi yordam.Qabziyat yoki konstipatsiya( lot. Constipation- yig’ilish, to’dalanish degan ma’noni anglatadi) najasning uzoq to’planib qolishi yoki defekatsiyaning to’liq bo’lmasligi oqibatida(100 gr/ sut) to’planib borishi. Qabziyat ichak motorikasining buzulishi, defekatsiya xohishining kuchsizlanishi bilan bog’liq holda yuzaga chiqadi. Najasning ichak bo’shlig’idagi normal harakatiga MIT dagi organik o’zgarishlar ham to’sqinlik qiladi. Qabziyat ichak kasallanmagan hollarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan noto’g’ri ovqatlanishda yoki och qolganda, organizm suvsizlanganda yoki oson so’riluvchi ovqatlar istemol qilganda, o’simlik kletchatkasi yetishmaganda (peristaltika aktivatori) kuzatiladi. Shifokor tomonidan rektal shamcha (bisakodil) gipertonik huqna tavsiya etiladi. fekal tosh qattiq bo'lsa, kechasiga yog’li huqna va ertalab rektal-sham kiriting. Qotib qolgan najas hollarda klizmalari samarali emas, barmoqlarni kiritish kerak. Buning uchun, hamshira, bemor ostida sudna qo’yib rezina qo'lqop kiyadi va vazelin bilan o'ng qo'lning o'rta va ko’rsatkich barmoqlarini to'g'ri ichakka kiritib axlatni qismlarga bulib tashlash kerak, keyintozalovchi klizma qo'yish kerak. Download 413 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling