Deontologiyasi


Ayollarning qovug‘ini kateterlash


Download 413 Kb.
bet27/33
Sana18.06.2023
Hajmi413 Kb.
#1590754
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33

. Ayollarning qovug‘ini kateterlash


Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor preparatlar kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, siydikdon, sterillangan glitserin (vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari bukilgan. Bajarilishi:

  1. Qo’lqopni kiying.

  2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.

  3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini tozalang.

  4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6 sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari bilan ushlab oling.

  5. Kateterni extiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5—7 sm ichkariga kiriting.

  6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.

  7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.

  8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni yotqizib, ustini yoping.

  9. Kateterni sterillang.

. Qovuqni yuvish


Ko’rsatmalar: qovuq funksiyasi buzilishi, dori preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: kateterlash uchun zarur bo’lgan jihozlar singari, qo’shimcha Jane shpritsi, 37°C gacha isitilgan antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi). Bajarilishi:

  1. Qovuqni kateterlash yo’li bilan bo’shating.

  2. Jane shpritsi yordamida qovuqqa kateter orqali antiseptik eritmani (150— 200 ml) kiriting.

  3. Kateterdan shpritsni ajratib oling, qovuqqa kiritilgan suyuqlik to’kiladi.

  4. Muolajani toza suyuklik chiqquncha bir necha marta takrorlang.

  5. Kateterni chiqarib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuvib, kateterni sterillang.




  1. Download 413 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling