Deontologiyasi
Diareya haqida tushuncha va diareyada birinchi yordam
Download 413 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak va siydik-ajratuv tizimi kasalliklarining asosiy shikoyatlari.
- Buyrak sanchig’ida birinchi yordam.
Diareya haqida tushuncha va diareyada birinchi yordam.Ich ketishi yoki diareya (yunon-diiya harakatlari, rriyo-muddati) - tez-tez defeksatsiya (kuniga 2 martadan ortiq), bunda axlat massasi suyuq. Diareya odatda tezlashtirilgan ichak peristaltikasi bilan bog'liq va bu tez harakatlanish natijasida ichaklar orqali va ichak mahsullarini tezlashtirilgan evakuatsiya qilish natijasida yuzaga keladi. Diareya, shuningdek, ichakda suv va elektrolitlar so’rilishining kamayishi, ichak bo'shlig'iga sekretsiyani kuchayishi va shilimshiqni oshirib yuborishga asoslangan. Agar bu ichak shilliq qavatining yallig'lanishiga olib keladigan bo'lsa, suyuq axlatda turli xil qo’shimchalar paydo bo'ladi. Diareyaning asosiy sabablari quyidagicha Tuvak har gal almashtirilganda ostidagi qog’oz olib yoqib yuboriladi va o’rniga boshqasi qo’yiladi. Tuvakdagi siydik va najas quruq xlorli ohak bilan 1:2 nisbatda aralashtirib 1 soatga qo’yiladi. So’ngra kanalizatsiyaga to’kib tashlanadi. Bemor buyumlari har kuni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvilishi, so’ngra kamida 15 minut qaynatilishi zarur. Iflos choyshablar alohida yig’iladi va sovun-sodali suv solingan bakka 15 minutga solib qo’yiladi. Najas tekkan choyshablar suv bilan yuvilib, quruq xlorli ohak solingan idishga 1 soat solib qo’yiladi. Buyrak va siydik-ajratuv tizimi kasalliklarining asosiy shikoyatlari.Buyrak va siydik yo'llalari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlashni talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ko’tarilishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak bo’ladi. Buyrak sanchig’ida birinchi yordam.Buyrak sanchig’ida birinchi yordamZudlik bilan yordam chaqirish, shifokorning maslahati zarur. Bel sohasiga isitgich qo’yish yoki iliq vanna sanchiqni qoldirib, toshning ko’chishiga yordam beradi. Siydik miqdori, tiniqligi, rangi, aralashmalar mavjudligini aniqlash. O’tkir yoki surunkali buyrak kasalliklari kuchayganda bemorni parvarish qilishda: Yotish rejimiga qat’iyan rioya qilish, tananing gorizontal holati buyrak tomirlarining isishi va kengayishiga, qon bilan ta’minlanishiga yordam beradi. Bel sohasiga isitgich qo’yish tavsiya qilinadi, bu diurezni kuchaytiradi. Osh tuzi va suyuqlik ichish rejimi cheklangan parxezga rioya qilish zarur, o’tkir holatlarda parxezni shifokor tavsiya qiladi. Terining qichishi va o’zgacha quruqligi, ishtahaning yomonlashishi, ko’ngil aynish, qusish, chanqashning kuchayishi buyrak yetishmovchiligidan darak beradi. Bemorda kayfiyatsizlik, kunduzgi vaqtda uyqu kelishi, kechasi uyqusizlik paydo bo’lganda, ko’rish qobiliyati pasayganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. O’tkir va surunkali buyrak kasalliklari ko’p hollarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog’lik bo’ladi; puls, arterial bosim, nafas olish chastotasini doimiy ravishda nazorat qilish zarur. Bemorni ortiqcha qo’zg’atuvchi ta’sirlardan saqlash, xonani tez-tez shamollatib, tozalab turish lozim. O’tkir buyrak kasalligini boshdan kechirgan bemor sovqotishdan, og’ir jismoniy zo’riqishdan extiyot bo’lib, dorilarni to’g’ri qabul qilib, ovqatlanish rejimiga rioya qilishi zarur. Spirtli ichimliklar qat’iyan man qilinadi. Download 413 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling