Departamentning asosiy vazifalari: Departamentning vazifalari quyidagilar hisoblanadi
Download 16.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqгосзакупки функ ва ваз узб латин
Departamentning asosiy vazifalari: Departamentning vazifalari quyidagilar hisoblanadi Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi va axborot-tahlil boshqarmasi: Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yuzasidan me'yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; vazirlikka kelishish uchun kiritilgan me'yoriy hujjatlar loyihalarini vakolati doirasida ko‘rib chiqish; Davlat buyurmachilari tomonidan amalga oshirilidigan davlat xaridlari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar tahlilini olib borish; tahlil natijalari bo‘yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari sohasidagi axborot bazasini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish; Davlat xaridlari sohasida axborot tizimlarini takomillashtirish va tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalarni ta'minlash bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlari sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Davlat buyurtmachilari va tovar yetkazib beruvchilar bilan elektron xujjat almashinuvini rivojlantirish; Axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ma'lumotlar va axborot almashuvi bo‘yicha maxsus aborot portali operatori bilan birgalikda axborot tizimini integratsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoring boshqarmasi: Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi bo‘limi bo‘yicha: Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va amaldagi boshqa me'yoriy hujjatlar talablari doirasida amalga oshirilishini monitoring qilish; davlat xaridlariga oid dasturiy majmualarni ishlash mexanizmini soddalashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish; Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi bo‘limi bo‘yicha: Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; davlat buyurtmachilariga davlat xaridlari sohasida amaliy yordamlar ko‘rsatish; davlat xaridlariga oid dasturiy majmualarni ishlash mexanizmini soddalashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish; Korporativ buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi boshqarmasi: Korporativ xaridlar jarayonini tartibga soladigan korporativ xaridlarni joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni ta'minlash va raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar monitoringini olib borish; davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Download 16.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling