Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 25.07 Kb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi25.07 Kb.
#1066296
  1   2
Bog'liq
Banklarda depozit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.


Banklarda depozit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.
Reja:
  1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.


  2. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi.
  3. Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi.




  1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.

Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy islohotlarning keng qamrovliligi, shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tijorat banklari passiv operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining ahamiyatini oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Shu bois, tijorat banklari depozit siyosati ularning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, banklarning aktiv operatsiyalari natijasida shakllantirilayotgan daromadlari hajmi ushbu siyosatning samaradorligiga bevosita bog’liq.
“Depozit” so’zi lotincha “dipositum” – “saqlashga topshirilgan buyum” ma’nosini, “siyosat” so’zi grekcha “politike” so’zidan olingan bo’lib, “davlatni boshqarish sa’nati” ma’nosini anglatar ekan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining chuqurlashuvi banklararo raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Chunki, tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar bank mijozlari tomonidan qo’yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag’ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag’lari bo’yicha bank va mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi12. Depozitlarning guruhlanishi bo’yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan manbalar bir-biriga mos kelmaydi. Ayrim manbalarda ular asosan uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to’rtta guruhga ajralishi ta’kidlanadi, Markaziy bankning depozitlar to’g’risidagi nizomida esa beshta guruhga bo’lingan13.
Tijorat banklari depozit operatsiyalarini bu tartibda guruhlanishi ularni moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va beqaror mablag’larga hamda to’lovliligi jihatidan nisbatan qimmat va arzon depozit mablag’lar sifatida tasniflashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mablag’larni tashkil topishi jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar guruhiga ajratish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor, depozit operatsiyalari natijasida vujudga keladigan mablag’larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi. Arzon bank resurslari guruhiga esa o’z – o’zidan aniqki nisbatan beqaror xususiyatga ega mablag’lar kiradi.
Tijorat banklari depozit mablag’lari tarkibida talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlariga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob–kitob va joriy hisobvaraqlarida saqlanadigan pul mablag’lari kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan past miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to’lovlari to’lamaydi. Shu jihatdan, tijorat banklarining ushbu depozit manbasi beqaror moliyaviy manba sifatida ta’kidlashimiz mumkin. Chunki bank ushbu manbalar hisobidan aktiv operatsiyalarini amalga oshiradigan bo’lsa, uning faoliyatida turli iqtisodiy muammolar vujudga keladi. Ularning asosiylaridan biri vakillik hisobvaraqlari bilan bog’liq taqchillik muammosi hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozitlar moliyaviy jihatdan barqaror manba hisoblanadi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib, ularning muddati kamida bir oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar ushbu depozit turi bo’yicha nisbatan yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Muddatli depozitlar oldindan ogohlantirish asosida muddatidan oldin bankdan qaytarib olinishi ham mumkin. Bunda bank mijozga depozit mablag’ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima tarzida shartnomada kelishilgan foiz to’lovlarini to’lamaslik huquqiga ega bo’ladi.

Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi – bu jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga uning mablag’i harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi.


Jamg’arma depozitlarining asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qo’llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.
Boshqa depozitlar guruhiga banklarning yuqorida qayd etilgan depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo’yicha talab qilib olinguncha bo’lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli ishonchli mablag’lar va shunga o’xshash boshqa moliyaviy operatsiyalar va majburiyatlar bo’yicha depozit hisobvaraqalarini ochishi mumkin14.
Demak, tijorat banklari depozit siyosati – bank siyosatining ajralmas elementi bo’lib, uning asosiy maqsadi bankning depozit resurslarni shakllantirish, boshqarish bilan bog’liq strategik va taktik faoliyati harakatini ishlab chiqish hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag’lar esa, bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shuning uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va nisbatning optimal tanlanganligigina banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lishi mumkin.
Depozit operatsiyalarning subyektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:

  • davlat korxona va tashkilotlari;

  • moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar;

  • xususiy korxona va tashkilotlar;

  • aktsioner kompaniyalar;

  • banklar va boshqa kredit muassasalari;

  • qo’shma korxonalar, kooperativlar;

  • jamoa tashkilotlari va fondlar;

  • alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar.

Depozit operatsiyalarining obyekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag’lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo’lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:
depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;

  • bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;

  • depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo’yilmalarga e’tibor qaratish lozim;

  • depozitlarni jalb kilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog’lik bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar.

Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;

  • jismoniy shaxslar qo’yilmalari;

Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  • muddatli depozit mablag’lar;

  • talab kilib olingunga qadar depozit mablag’lar;

  • aholining jamg’arma qo’yilmalari.

Tijorat banklarining depozit siyoatini ishlab chiqish, birinchi navbatda, depozit siyosatining umumiy va xususiy mezonlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor umumiy mezonlarni belgilab olishga karatiladi.
Tijorat banklarida ochiladigan depozitlar (omonat)lar quyidagi turlarga bo’linadi:
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar; Jamg’arma omonatlar;
Muddatli omonatlar; Omonat sertifikatlari;
Banklar omonatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim.

  1. Download 25.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling