Deraza tokchasidagi bog‘
Download 0.59 Mb.
|
5-6-sinf Deraza tokchasidagi bog
- Bu sahifa navigatsiya:
- MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Quyidagi qaysi organlar vegetativ ko‘paytirish uchun mos keladi Uchta to‘g‘ri javobni belgilang.
- 3. Nima uchun xona o‘simliklarini ko‘paytirishda asosan vegetativ usuldan foydalaniladi Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
- 4. Vazira o‘z tajribasi orqali qanday faraz (tahmin)ni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi
“Deraza tokchasidagi bog‘ ” Vazira dugonasinikiga mehmonga borganda uning deraza tokchasida juda ko‘p chiroyli gullarni ko‘rdi. U ham o‘z uyining deraza tokchasida har xil o‘simliklardan kichik bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘ldi. Vazira buni qanday qilib uddalashi haqida onasi bilan maslahatlashdi. Shunda onasi: “Albatta sen do‘konga borib, xona gullaridan sotib olishing mumkin, lekin o‘zingga yoqqan gullarni ko‘paytirish va o‘stirish yanada qiziqarliroq”, – dedi. Vazirada xona gullarini yetishtirish bilan o‘zi shug‘ullanish g‘oyasi qiziqish uyg‘otdi. U xona gullarini vegetativ organlar yordamida ko‘paytirish mumkinligi haqida o‘qib chiqdi. Vazira dugonasidan o‘simliklarning vegetativ organlarini olib gultuvaklarga ekdi va o‘ylab qoldi. O‘stiradigan o‘simliklar dugonasining o‘simliklariga o‘xshash bo‘larmikan? Albatta Vazira o‘simliklarni vegetativ ko‘paytirish usulidan tashqari, o‘simlikni urug‘idan ko‘paytirish usulini ham bilardi. U nima uchun xona o‘simliklari asosan vegetativ usulda ko‘paytirilishi haqida o‘ylab ko‘rdi.
Vazira shunday tajriba o‘tkazdi. U xona o‘simligi “yorongul”ni ikki xil usulda: poyasi va urug‘idan foydalanib ko‘paytirishga qaror qildi. Vazira ikkita bir xil stakanlarni tuproq bilan to‘ldirdi, keyin ularning biriga yorongul o‘simligidan kesib olingan shoxchani, ikkinchisiga esa yorongul urug‘ini ekdi. U stakanlarni deraza tokchasiga bir xil sharoitga qo‘ydi, ularni bir xil sug‘ordi va zaruriyatga qarab suv sepib turdi. MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Quyidagi qaysi organlar vegetativ ko‘paytirish uchun mos keladi? Uchta to‘g‘ri javobni belgilang. a) Ildiz b) Poya c) Gul d) Barg e) Meva 2. Vazira o‘stirgan o‘simliklar nima uchun vegetativ organlari olingan o‘simliklarning genetik nusxasi bo‘lishi kerakligini tushuntiring. Javobingizni yozing. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3. Nima uchun xona o‘simliklarini ko‘paytirishda asosan vegetativ usuldan foydalaniladi? Bitta to‘g‘ri javobni belgilang. a) Urug‘ usulida ko‘paygan o‘simliklarning keyingi avlodi kasallikka ko‘proq chalinuvchan bo‘ladi. b) Urug‘ usulida ko‘paygan o‘simliklarning keyingi avlodida ona o‘simlik belgilari nasldan-naslga o‘tmaydi. c) Vegetativ usulda ko‘paygan o‘simlik avlodlari tezroq rivojlanadi. d) Xona o‘simliklari urug‘ hosil qilmaydi. 4. Vazira o‘z tajribasi orqali qanday faraz (tahmin)ni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi? ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling