Derejorlik apparatining ta’snifi


¾ o‘lchovida kuchli hissa


Download 179.55 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2023
Hajmi179.55 Kb.
#1141043
1   2
Bog'liq
derejorlik 1

2. ¾ o‘lchovida kuchli hissa
Dirijorlik chizmasi bо‘ylab о‘ng qо‘lning harakati tо‘rt asosiy yо‘nalishni: pastga, chapga (tanaga), о‘ngga (tanadan), yuqoriga о‘z ichiga oladi. Bu harakatlar musiqaning muhim belgisini aks ettirib, kuchli va kuchsiz hissalarning ketma-ketligini kо‘rsatadi. Birinchi – taktning eng kuchli hissasi qо‘lning pastga qarab harakatlanishi bilan ifodalansa, sо‘nggi – eng kuchsiz hissasi qо‘lning yuqoriga harakatlanishida kо‘rinadi. Oraliq hissalar esa о‘zining о‘lchoviga qarab takt uzunligi bо‘ylab taqsimlanadi.
О‘lchovlarning kuchli hissalari soniga qarab oddiy va murakkabga bо‘linadi:
- oddiy о‘lchov (ikki va uch hissali) bir kuchli hissadan tashkil topadi;
- murakkab о‘lchov, ikki (va undan ortiq) oddiy о‘lchovlar qо‘shilishidan
(yig‘indisidan) tashkil topib, unda ikki ( va undan ortiq) kuchli hissa, aniqrog‘i
bir kuchli va nisbatan kuchli hissalarni о‘z ichiga oladi.
3. ¾ о‘lchoviга dirijorlik qilish
; ; ; . Eng qulay va manual texnika bо‘yicha eng osoni — uch hissali tо‘r hisoblanadi. Oddiy uch hissali о‘lcham uch hisobli ritmik davomiylikka, uch chorakka ega. Eng quchlisi — 1–chi hissa, nisbatan kuchsiz 2–chisi va eng kuchsizi — 3–chisidir.
Dirijorlik amaliyotida uch hissali tо‘r (sxemalar) ni takt berishning turli usullarida uchraydi. Ulardan ba’zilari juda о‘ziga xosdir, ular alohida hollarda qо‘llanilishi mumkin, lekin tipik sifatida yaroqsiz, chunki ularda ijro vazifalariga moslash imkonini beruvchi neytrallik (xolislik) yо‘q. Ba’zida alohida vaziyatlarda yaroqli bо‘lgan xar qanday jimjimador shakl boshqalari uchun xalaqit beradi. Uch hissali tо‘rda birinchi hissa aniq ifoda etilgan va vertikal tarzda pastga yoki sal chapga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Kuchli hissani kо‘rsatishda о‘zingizda «porshenni bosgandek» tasavvur uyg‘otishingiz kerak (L. M. Andreyeva), xuddi qо‘lingiz qarshilikka duch kelayotgandek bо‘lsin. Ikkinchi hissa yumshoq qо‘l bilan gorizontal harakatda Dirijordan о‘ngga — 2–chi hissa nuqtasiga olib boriladi. 2–chi hissani kо‘rsatishda uni ark shaklidagi chiziq bо‘ylab olib borishga, hamda bu chiziqni yakunlovchi nuqta 1–hissa balandligidan (balandroq ham emas, pastroq ham emas) gorizontal yuzada bо‘lishiga ahamiyat berish kerak. N. A. Malkoning obrazli ifodasiga kо‘ra, sо‘nggi hissa «xuddi qoshiq bilan shо‘rva suzgandek» kо‘rsatiladi.

Uch hissali dirijorlik


Uch hissaga turli shakllarda dirijorlik qilinadi. Uch hissiga dirijorlikda men birinchi hissani chap tomonga yо‘naltiraman (cholg‘uchilar uchun tushunarli bо‘lishi uchun)

О‘zlashtirish mashqlari:


№1 V.A.Motsart Simfoniya №35 (“Xaffner”) Kv 385, 4.satr
№2 L.V.Betxoven, Simfoniya №7 opus 92, 2.satr
№3 Y.Gaydn, Simfoniya №88 1.satr

№4 Y.Gaydn, Simfoniya №88 4.satr


№5 V.A.Motsart, Simfoniya №40, Kv 550, 4.satr



«Takt oldi bо‘lgan uchinchi hissa sxemada katta ahamiyatga ega. Kuchli hissaning sifati, demakki butun sxemaning aniqligi uchinchi hissa paytida tо‘planadi» — deb yozgandi L. M. Andreyeva. Uch hissali setka sekin vals ritmida osonroq о‘zlashtiriladi.
M.:








Download 179.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling