Detallarni biriktirish va ulash texnologiyasida innovasiyalar yengil sanoat sohasidagi texnologik jarayonida yelimlash va payvandlashni qo’llash


Download 0.61 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1498818
1   2   3
Bog'liq
4-maruza

Ultratovush bilan payvandlash. Payvandlash jarayonida issiqlikni uzatish usullaridan biri ultratovush chastotali elastik tebranish tarqatishdir. Qattiq jismda ultratovush tarqalishi qattiq jismning ayrim joylari elastik tebranib, deformatsiyalanishidan iborat. Tebranayotgan jism shu tebranish energiyasini yutib, uni issiqlikka aylantiradi. Ultratovush chastotali tebranishlar bir-biriga tegib turgan detallar orqali o‘tayotganda shu tebranish­larning mexanik ta’sirida to‘lqinlanishi ta’sirida payvandlanadi.
Agar issiqlik istalgan usulda qizdirilgan elektrodlardan chiqayotgan va payvandlash uchun plyonkaning butun qalinligiga issiq o‘tkazish zarur bo‘lsa, unda dag‘alroq chok hosil bo‘ladi. Bir-biriga tegib turgan sathlarning haroratini payvandlanish darajasiga etkazish uchun elektrodning harorati payvandlanish haroratidan yuqori bo‘lishi kerak. Elektrod materialga tegib turgan joydagi harorat esa atrofdagi muhit haroratiga teng bo‘lishi zarur. Aks holda elektrodlarning o‘zi qizib ketib, payvandlanish harorati ham ortib ketishi mumkin.


11-расм. Ультратовуш билан пайвандлаш схемаси.
Ultratovush chastotasidagi tebranishlarni hosil qilish va ularni materialga uzatish quyidagi sxemada bo‘ladi (8-rasm). Vibrator 1 yuqori chastotali elektr energiyasini o‘zakning ultratovush chastotali mexanik tebranishiga aylantiradi.
Amplitudasi nihoyatda kichik tebranishlar vibratordan kon­sentrator 2 ga o‘tadi. Konsentrator maxsus konstruksiyada yasal­ganligi uchun mexanik tebranishni kuchaytirib, pastki uchiga yig‘adi. Tebranishlar konsentrator uchidan (konsentratorning uchi elektrod vazifasini ham o‘taydi) termoplastik material 3 ga o‘ta­di. Material qaytargich-tayanch 4 ustiga qo‘yilgan bo‘ladi. Qaytargich esa stol 5 ustiga qo‘yilgan bo‘ladi. Bosimni elektrod yuqoridan yoki stolning sathi pastidan hosil qilishi mumkin. Termoplastik tolalari bor gazlama yoki trikotaj kiyim detallarini ulash, shuningdek, bezak baxyaqatorlar bosish uchun BSHM mashinasi (beznitochnaya shveynaya mashina-ipsiz tikish mashinasi) ishlab chiqilgan.

12-rasm. Ultratovush chastotada ishlaydigan JUS-1 mashinasi.

Material reyka yordamida muayyan m/min tezlikda suriladi. Mashina asosiy valining aylanish chastotasi 1900 min, payvandlash baxyalar yirikligi 5 mm gacha, baxyaqator kengligi 5,5 mm gacha. Ultrotovush generatorining quvvati 200-400 Vt, tebranish chastotasi 22 kGs.


Parallel ishlov beradigan ultrotovush chastotasida ishlaydigan mashinaga yapon firmasining JUS qurilmasi misol bo‘lishi mumkin (9-rasm). Bu mashina sintetik tolalari kamida 65% bo‘lgan gazlamalarda izma yasashga mo‘ljallangan.

13-rasm.Payvandlab ulangan detallar

14-rasm.Payvandlangan kurtkalar

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling