Detallarni yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish. Reja: Mashinalarning ishlab chiqarishda yig`ish jarayonlarining ahamiyati


Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish


Download 31.74 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi31.74 Kb.
#1372448
1   2   3   4   5
Bog'liq
Detallarni yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish. Reja Mashin

Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish.


Yig`ish ishlarining tashkiliy shakllariga ko`ra yig`ish ikkita asosiy turga bo`linadi: statsionar va xarakatdagi.
Statsionar yig`ish ishchilar guruxi (brigada) tomonidan bitta qo`zgalmas joyda amalga oshiriladi, bu joyga barcha detall va uzellar olib kelinadi. Xarakatdagi yig`ishda maxsulot bir ishchi joyidan keyingisiga xarakatlanib o`tadi. Bu ishchi joylarida ishchi yoki ishchilar guruxi tomonidan xar bir o`zgarmas ish joyida bitta takrorlanuvchi operatsiya bajariladi, bunda xar bir ish joyida tegishli asbob va moslamalar mavjud bo`lib, bu joyga ushbu operatsiya uchun zarur bo`lgan detallar va uzellar olib kelinadi. Statsionar yig`ish yakka tartibda va seriyali ishlab chiqarishda, ayrim yig`ma birliklar uchun ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
Xarakatdagi esa seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Umumiy yig`ish jarayonini bajarishning ko`rsatib o`tilgan tashkiliy shakllarida ishni turli usullar bilan bajarish mumkin.
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mashina to`laligicha aloxida detallardan yig`uvchilarning bitta brigadasi tomonidan boshidan oxirigacha bitta joyda yig`iladi. Bunda bitta ish joyida yig`ish operatsiyalarini konsentratsiyalash tamoyili amalga oshiriladi. Bu usul yakka tartibda ishlab chiqarish turiga xos bo`lib, shuning uchun individual yig`ish deb ataladi. Mashinaning yig`ish uchun vaqt sarfi katta, natijada bu usulni qo`llash yig`ish tannarxini oshirib yuboradi. Bunday xolat ushbu usulni takomillashmagan degan xulosaga olib keladi va texnik-iqtisodiy yaxshi unum beradigan boshqa usullarni qo`llashga undaydi.
Ikkinchi usulning moxiyati shundan iboratki, bunda mashinaning aloxida detal va usullari ishchilarning bitta brigadasi tomonidan umumiy yig`ish stendidan tashqarida yig`ib olinadi, bunda bu brigada umumiy yig`uvchilar brigadasi tarkibiga kirmaydi. Bu usul yanada unumli bo`ladi, chunki detallar yig`ma birlikka avvaldan yig`ib olinadi, buning natijasida mashina umumiy yig`ish stendida bekor turib qolish vaqti kam bo`ladi. Bu usulni seriyali ishlab chiqarishda statsionar yig`ishda qo`llanadi.

Download 31.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling