Development and innovations in science
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
DIS02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allaberganova Nasiba Muradovna 1 , Xajibayeva Surayyo Mahmudjanovna 2 , Allabergenova Gulnoza Baxodirovna
- Annotatsiya
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 8 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR Allaberganova Nasiba Muradovna 1 , Xajibayeva Surayyo Mahmudjanovna 2 , Allabergenova Gulnoza Baxodirovna 3 , Babajanov Umar Usmonovich 4 1-2-3-4 Urganch davlat universiteti o‘qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.6545074 Annotatsiya: Ushbu maqolamizda informatika va axborot texnologiyalari darslari jarayonida o‘qitishni samarali olib borish maqsadida pedagogik metodlardan biri bo‘lmish didaktik o‘yinlar xususan krossvordning bir nechta turlari keltirib o‘tilgan. “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: didaktik o‘yin, krossvord, pedagogik mahorat. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquqtartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Yangi sharoitlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish va shu bilan birga o‘quv jarayonida o‘qitishni samarali olib borish maqsadida turli xil metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Bugungi zamon o‘quvchilari o‘zining aqliy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intiladi, u o‘z kuchini ishga solishning yanada faol usullarini Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling