Deviant xulq ijtimoiy pedagogik muammo sifatida


Download 296.33 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2023
Hajmi296.33 Kb.
#1395163
1   2   3
Bog'liq
Deviant xulq ijtimoiy pedagogik muammo sifatida MT IP 4 Semetr

Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo’zg’ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo’rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o’z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo’ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi.


Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: -irsiy xsusiyatlar; -aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; -organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalaShuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi. O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-biriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi.

Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib, uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og’ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.


Shu yerda dezadaptatsiya nima degan savol to’g’ilishi mumkin?
Dezadaptatsiya bu (moslasha olmaslik) maktab misolida oladigan bo’lsak, fanlarni o’zlashtira olmaslik, qiyinchiliklarga duch kelishi, tengdoshlari bilan nizolashuv va shu kabi holatlaryuzaga keladi. Natijada esa bu bolani xulqini og’ishiga olib keladi.

Download 296.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling