Deviant xulq muommosining o’rganilishi hamda tadqiq etilishi


Download 27.09 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1502764
  1   2
Bog'liq
DEVIANT XULQ MUOMMOSINING O’RGANILISHI HAMDA TADQIQ ETILISHI


DEVIANT XULQ MUOMMOSINING O’RGANILISHI HAMDA TADQIQ ETILISHI

Maxmatqulov Ilyos Sadulla o’g’li - Leytenant, Urgut tuman IIB JXX XPB VYBIG VYMB inspektor-psixologi


Olimboyev Abduxoliq Mannon o’g’li - Leytenant, Urgut tuman IIB JXX XPB VYBIG VYMB inspektor-psixologi
Annotatsiya: Mazkur maqola “Deviant xulq-atvor muommosini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari”ga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘smirlarda deviant xulq-atvor shakllanishining ijtimoiy falsafiy jihatdan o‘rganilganlik holati tadqiq etilgan..
Tayanch so’z va iboralar: Deviant xulq-atvor, deviatsiya, jamiyat normalari, huquqbuzarlik, xulqning og‘ishishi, agressivlik, nazoratsizlik, buzg‘unchi, o‘zidan shubhalanish, tajovuzkor, zaiflik, ortib borayotgan tajovuzkorlik va jo’shqinlik, kayfiyatning o‘zgarishi...
Deviant xulq-atvor hozirgi kunda nafaqat maktab o‘qituvchilari, psixologlari, ota-onalarni balki, jamiyatni xam o‘ylantirayotgan muammolardan biridir. Chunki bu xatti- harakat, bu xulq- atvorning salbiy tasirlari bir oilaning yoki bir maktabning yoki boshqa biror o‘quv yurtining muammosi emas, jamiyatga katta tasir o‘tkazadigan holatlardir.
Keling, bu haqda avval umumiy tushunchaga ega bo‘lib olamiz.
Deviant (deviatsiya lotinchadan, chetga og‘ishuvchi fel-atvor) bir necha muhim tushunchalarni o‘z ichiga olib, ya’ni qisqa va lo‘nda tushuntiradigan bo‘lsak... "Bu xulq-atvor va o‘z xatti-harakatlarining jamiyat normalariga mos bo‘lmagan holatdagi ko‘rinishi".
Bu tushuncha o‘zi qayerdan paydo bo‘ldi?
Dastlab psixologiya fanida bu tushuncha E.Dyurkgeym tufayli paydo bo‘ldi. Asosan uning fikricha: 
Huquqbuzarlik va o‘zi bila turib, boshqalarga zarar berish bu xulqning og‘ishishi yoki deviant edi1.
Uning izdoshi Robert King Merton asarlarida esa bu tushunchalar yanada ko‘proq yoritildi. Uning fikricha har qanday holatda ham deviant xulq-atvor rivojlanishi mumkin. Deviant shakillanishida yaqin atrofdagilarga foyda keltirishni istamaslik, o‘z ustida ishlamaslik holatlari kuzatiladi2.
Xo‘sh, deviant xulq-atvorni biz qanday bilishimiz mumkin? Ko‘pincha maktab o‘qituvchilari va amalyotchi psixologlari o‘rtasida ham deviant ko‘rinishdagi o‘quvchilar ko‘plab muammolarga sabab bo‘ladi. Yani biz ularni aslida deviantmi yoki boshqa psixologik holatdaligini aniq tashxis qila olishimiz kerak.
Buning uchun belgilarni aniq bilishimiz va kuzata olishimiz kerak! Sizning yoningizda deviant deb, taxmin qilinayotgan inson xatti-harakatlari qanday? Ular qanday xususiyatga egalar?
Agressivlik. U o‘z xatti-harakatlarini himoya qiladi. O‘zining shaxsiy haqiqati bor. O‘z pozisyasini himoya qilganda hech o‘ylamay tajovuzkorligini ko‘rsata oladi.
Nazoratsizlik. Buzg‘unchi hamma narsani buzushga harakat qiladi, boshqarishga urinadi aslida buni eplolmasdan qattiq asabiylashadi.
Unda mantiqiy fikrlash va muloxaza qilish qobiliyati yo‘qoladi. Gapirayotganda fikrlar ketma-ketligida adashadi. Bular uning kuchini susaytirib, xatto o‘zidan shubhalanish holatlarini yuzaga chiqaradi. Tajovuzkor holatlarga yo‘l qo‘yib, ijtimoiylashish aloqalari buzula boshlaydi.
Sog‘lom inson o‘z xatti-harakatlarini boshqara oladi va ijtimoiy holatda xam muloxazali bo‘ladi. Deviantlarda esa aksi kuzatiladi.
Kayfiyatning o‘zgarishi...
Ularda hayotiy faoliyat jarayonida kayfiyatlarida "sakrashlar" kuzatiladi. His-tuyg‘ularini boshqara olmaydilar. Xozir kayfiyati alo bo‘lsa, bir pastda yomonlashadi. Kayfiyatning keskin o‘zgarishi esa asab tizimini toliqtirib, zo‘riqtirishni boshlaydi.
Yashirin, o‘z fikr-muloxazalarini boshqalar bilan baxam kurmaslik. His tuyg‘ularni yashirish, hech kimga ishonmaslik, aldash, buzg‘unchi haqiqatni aytolmaydi. Chunki unda boshqa "qonun-qoida", jamiyatda esa boshqacha.
Deviant bo‘lishning sabablari nima? 
Deviant xatti-harakat har doim haddan tashqari ta’sirchanlik, zaiflik, ortib borayotgan tajovuzkorlik va jushqinlik bilan ajralib turadi.
Xo‘sh, deviant xatti-harakatlarning sabablari nimada???
Bola rivojlanishidan boshlab unga eng katta tasir ko‘rsatadigan muhit. Bola rivojlanishda davom etarkan atrof muhitdagi salbiy muammolar, kamsitadigan holatlar, ayblovlar, ajratishlar sabab, ular ajralib odamovi bo‘lishni boshlaydilar. Bunday muhit odamni atrofga salbiy munosabatlarini va salbiy his tuyg‘ularini paydo qiladi. Deviant xulq-atvor to‘satdan emas, darhol shakllanadi. Ular hayotdan odamlardan vaziyatlardan norozi bo‘ladi. Dunyoga o‘zining oshkora da’volarini ocha boshlaydi.
Deviant xatti-harakatlar xech qachon sababsiz vujudga kelmaydi.
O‘zi uchun "roxatbaxsh" lazzat oluvchi yot moddalarni qabul qiluvchi o‘smirlar yoki insonlarda ham o‘zini boshqara olmaslik, insonlarga nisbatan noto‘g‘ri muloxazalar shakllanadi. O‘zlarini idora etolmasliklari mustaqil fikrlash yo‘qligi va ongning zaxarlanishi natijasida ham bu xulq-atvorning buzilishi yuzaga keladi. Spirtli ichimliklarga moyillik ham inson organizmini halokatga chorlaydi. Jamiyatdan yaqinlaridan ajralib, nafrat noroziliklarini ko‘paytiradi.
Yana bir sabab, bolalikdan doimiy ayblanish va tanqid qilinishi. O‘ziga bo‘lgan atrofga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi, o‘zini yakkalashi oila tengdoshlar to‘g‘risidagi salbiy hislarning yuzaga kelishi. Boshqalar tomonidan tushunmaslik ham bolada o‘ziga bo‘lgan shubhalarni va salbiy o‘ylarni keltirib chiqaradi.
Shu sabab bolaning rivojlanishida har bir davriga va uchraydigan inqiroz yoshidagi holatlariga katta axamiyat berish lozim.
Bu uchun asosiy masuliyat ota-ona, maktab, sinf raxbarlari va albatta psixologga tushadi.
Diqqat qiling!!!
Bolaga bu tashxisni mutaxasis quya oladi.
Ota-ona ham ustozlar ham emas, aynan bu xatti-harakatlarni tushuna oladigan, diagnostika qila oladigan mutaxasis qo‘ya oladi.
Bolaga shunga o‘xshash biror harakati bo‘lganda to‘g‘ridan to‘g‘ri. Bu "nomni" qo‘yish, bolaning holatini yanada salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin.



Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling