Deviant xulqli oʻsmirlarda ijtimoiy -pedagagik reabilitatsiya ishlari
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish
Download 47.95 Kb.
|
Deviant xulqli oʻsmirlarda ijtimoiy pedagagik reabilitatsiya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Delikvent xulq-atvoming quyidagi turlari mavjud
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan o ’smirlami «qiyin o’smir» yoki «tarbiyasi og’ir o’smir» deyiladi. «Tarbiyalash og’ir» deganda, pedagogik ta’sirga qarshilik ko’rsatish tushuniladi. Tarbiyalash og’ir, qabul qilingan me’yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi tomonidan amal qilinmasligini fanda deviatsiya (og’ishish) hodisasi orqali o’rganiladi. Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat Deviant xulq-atvor - mikroijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy me’yorlar va xulq atvor qoidalarini bo’zish bilan bog’liq me’yordan og’uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvomi «g’ayriintizomiy» deb atasak ham bo’ladi Deviant xulq atvoming yorqin namoyon bo’lishiga namoyish, agressiya, o’qishdan qochish va daydilik, bolalar va o’smirlar orasidagi aroqxo rlik, giyohvandlik va u bilan bog’liq g ’ayriijtimoiy harakatlar. jinsiv tavsifdagi g’ayriaxloqiy xatti-harakatlar, o’zigasuiqasd qilishga urinishlami misol qilib keltirsak bo’ladi 128 Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o’smirlaming takrorlamb turuvchi g’аул ijtimoiy xatti-harakatlari sifatida tavsiflanadi. Bu harakatlar huquqiy me’yorlami buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvoming quyidagi turlari mavjud: - agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o t qo’yish kabilar kiradi; - g’arazli xulq-atvor: kichik o’g’riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarga ziyon etkazish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajavuzlar; - giyohvand moddalami etishtirish va tarqatishda ishtirok etish. Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki- shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon bo’ladi Bunda o’smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadnyatlaming o’zgarishi ro’y beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga etganda jinoiy ish qo’zg'ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g'ayriqonuniy xatti-harakatlar hisoblanadi. O’smirlarda deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo’lib, turli xil omillar bilan izohyaanadi. Voyaga etmaganlaming deviant xulq- atvorini keltirib chiqaravchi omillar quyidagilardir: 1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlaming borligvda o’z ifodasini topadi. Ularga irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlamshi, organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhiming kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya'ni quwat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar kiradi. 2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki harakterining aktsentuatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g'ayriadekvat reaktsiyalami paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi. Yorqin namoyon bo’lgan psixopatiyaga (tentaqlik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yoming eng keskin varianta hisoblanmish aktsentuatsiyaga ega bo’lgan bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy- tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va harakteming ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: u o’zi yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki bu muhitga ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan etarli darajada mehr his qilmasa, u holda bolaning himoya vositasi vazifasini «begonalashuv» bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaqliyalar, atrofdagilar bilan munosabatlaming buzilishi, emotsional sovukdik, psixik rivojlanishning to'xtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon bo’ladi. O’smirlarga xos bo'lgan rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar, odatda, bir- biriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlaming oqibati hisoblanadi. O’smirning axloqiy qadriyatlari tizimi shakllanmasligi oqibatida uning qiziqishlari g’arazli tavsif kasb eta boshlaydi. Bunday o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir. 3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo lib, uning asosida bolaning yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’plashi bilan bog’liq bo’lgan, uning erta ijtimoiylashuvdan og’ishishlarga olib keluvchi yosh, jmsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunday bolalar, awalambor, maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lib, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlarining buzilishi sabab bo’Iar ekan. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va ambag’al sinflarga ajralishi, aholi ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat. 5. Axloqiy omillar, bir tomondan, zamonaviy jamiyatning axloqiy darajasining pastligi va qadriyatlaming yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyatda deviant xulq-atvoming namoyon bo’lishiga befarq qaralishida o’z aksini topadi. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish va bu illatnmg yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Spirtli ichimliklar iste mol qilish (ichkilikbozlik) tushunchasi ikki xil talqin qilinacli. Tibbiy nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol qilishga engib bo’lmas ehtiyoj tug’ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimlikka ruju qo’yish bilan tavsiflanadigan, shaxsda deviant xulq-atvomi keltirib chiqaradigan xulq-atvor shakllaridan biridir. Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog’liq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan, deviant xulq-atvor kabi g’ayriijtimoiy hislatlaming kelib chiqishiga olib keladi. Ichkilikbozlik namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillami ajratish mumkin. Shaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va tavsifiy xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko’rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik belgilar kiradi. Birinchi bosqich bolalikning ilk davri bo lib, unda bolalaming alkogollashuvi ixtiyorsiz tavsifga ega. Bu bir necha sabablarga ko’ra ro’y beradi: homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo’lish. Ichki organ va a’zolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda, homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi: oyoq va qo’llaming rivojlanmasligi, barmoqlaming birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar. Homila alkogol oldida himoyasiz bo’lgani sababli, u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida aqli noraso bo’lib tug’ilishi mumkin. Bunday bolalar, garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham, butun umr aqli noraso bo’lib o’tadilar. Ikkinchi bosqich - kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar: ota-onalaming pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo’lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir. Biologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan- avlodga o’tmaydi, faqatgina unga mavl o’tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga ota- onalarmng yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktablarda sinfdosh bolalaming xususiyatlaridan kelib chiqib, ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlami shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, uning maktabdagi hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik me’yorlarga amal qilishdir. Xulosa Shaxsning deviant xulq-atvori sohasidagi tadqiqotlar o'smirlarning noqonuniy xulqatvorining o'sish tendentsiyalari va oilaviy muammolarning kuchayishi o'rtasida bevosita bog'liqlikni ko'rsatadi. Yuqorida aytilganlar bilan bog'liq holda, o'smirlar deviatsiyasining sabablari va uni bartaraf etishga yordam beruvchi omillarni, deviant o'smirlar bilan o'quv va profilaktika ishlarining shakllari va usullarini o'rganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hatto eng rivojlangan, yuqori darajada tashkil etilgan va sivilizatsiyalashgan jamiyatda ham, mutlaqo har bir kishi unda belgilangan me'yor va qoidalarga qat'iy va hamma joyda qat'iy rioya qiladigan, o'zlari belgilagan ijtimoiy rollarni qat'iy bajaradigan vaziyatga erishish mumkin emas. Har qanday jamiyatda jamiyat toqat qila olmaydigan ushbu normalar, qoidalar va rollarning buzilishi har doim mavjud. Tadqiqotchilar deviant xulq-atvorning hozirgi kuchayishini zamonaviy iste'mol jamiyati va ommaviy madaniyatga xos bo'lgan deindividuatsiya jarayonining kuchayishi bilan bog'lashadi, bu yerda ko'p odamlar o'zlarining individualligini yo'qotib, olomon bilan birlashadilar. O'smirning guruhga qo'shilishi ko'pincha normaga zid faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlarini kamaytirishga olib keladi. Gap shundaki, u guruhga qo'shilgach, ikkinchi o'ringa tushib qoladi va axloqiy jihatdan unda "yashirin" qoladi, chunki jamiyatning e'tibori guruhning o'ziga qaratilgan. Shu bilan birga, ma'lum bir o'smir ustidan ijtimoiy nazorat kamayadi va qandaydir noto'g'ri xattiharakatlari uchun jazo kutilayotgan vaziyatda u o'zini guruhda ikkinchi o'ringa qo'yib, javobgarlikni yashirish yoki tarqatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Guruhdagi o’smir jazodan qutulib qolish mumkinligini bilib, jamiyat tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jazo choralariga befarq bo’lib qoladi, shuning uchun uning xatti-harakati asta-sekin tashqi qoidalar va me‘yorlarga bo’ysunishni to’xtatadi. Deviant xulqaga eltuvchi barcha sabablar, motivlar, holatlar va xatti-harakatlarning umumiyligini aniqlash va o'rganish katta ahamiyatga ega. Ushbu omillarning ko'pchiligi va - o'smirning salbiy hayotiy vaziyatlari, ayniqsa yomon rivojlangan, turli sabablarga ko'ra yo'qolgan yoki ijobiy harakatlarga hali shakllanmagan ijtimoiy yo'nalish deviant xatti-harakatlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Dunyodagi og'ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat uysiz va qarovsiz o'smirlar sonining ko'payishiga yordam beradi, deviant xatti-harakatlarning asosiy sabablari quyidagilardir: oilaviy muammolar (ota-onalarning spirtli ichimliklarni suiste'mol qilishi, ajralishlar sonining ko'payishi va boshqalar). O'smirlarni spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, chekish, bolalar ustidan ota-ona nazoratining yetishmasligi va boshqalar bilan tanishtirish. Shunday qilib, ta'lim va profilaktika ishlari yanada muvaffaqiyatli bo'lishi uchun har bir deviant o'smirga ta'sir qilishning yangi shakllari, eng samarali vositalari va usullarini izlash kerak. Ijobiy fazilatlar asta-sekin, o'qituvchining tinimsiz mehnati bilan shakllanadi. Ular dastlab salbiy xislatlar bilan yonma-yon bo’lib, faqat doimiy kundalik tarbiya va profilaktika ishlari, butun pedagoglar jamoasi, maktablar, oilalarning birgalikdagi sa‘y-harakatlari, jamoat - tashkilotlarining jalb etilishi, jismoniy tarbiya va sport o’qituvchisining maqsadli mehnati bunga sabab bo’ladi. deviant xulq -atvorli o'smirlarni qayta tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Download 47.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling