Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari Reja Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi


Download 27.32 Kb.
bet1/2
Sana12.11.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1768562
  1   2
Bog'liq
Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajala



Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari

Reja

  • Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi.

  • Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari



Tayanch tushunchalar:Deviyatsiya ( og’ishlik,Delinkvent xulq-atvori,Delinkvent xulq-atvorda,Kriminal (jinoiy) xulq-atvor

Deviatsiya (lotincha chetga oG’uvchi fe’l-atvor degan ma’noni beradi) kŏpgina hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bŏladi. Deviatsiyaning shunday kŏrinishlari borki, ular odamlar ŏrtasidagi ŏzaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan boG’liQ bŏlib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va ŏzaro munosabatlar Qatnashchilarining ŏzlari tomonidan boshQariladi. Deviatsiyaning pozitiv va negativ kŏrinishlari mavjud. Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay Qolganda va ulardan oG’ish tizimning rivojiga, fe’l-atvorning mavjud konservativ standartlarini ŏzgartirishga yordam berishi mumkin bŏlganda uchraydi. Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning kŏrinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi. Buugungi kunda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida adminstrativ boshQaruv tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan va kutilgan natijalarni bermayotgan ilgarigi fe’l-atvor normalarining deval’vatsiyasiga olib keluvchi sifatga xos ŏzgarishlar rŏy berayotgan davrda deviatsiya muammosi dolzarb masala bŏlib QolmoQda. Bozor munosabatlariga ŏtish, eski iQtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy munosabatlarining buzilishi, odamlarining moddiy ahvolida negativ aks etayotgan ishlab chiQarishning stabil’ bŏlmagan rivojlanishi bilan boG’liQ muammolar, kutilgan natija va reallik ŏrtasida Qarama-Qarshiliklarga, jamiyatda jiddiylikning va odamlarning ŏz fe’l-atvori ŏzgartirishga va mavjud normalar chegarsidan chiQishga moyilligiga olib keldi. Deviatsiyaning Quyidagi klassifikatsiyasi mavjud: jinoyatchilik, alokogolizm, giyohvandlik, suitsid, fohishabozlik.


Jinoyatchilik franko-belgiyalik olim matematik statistik L.A.Ketle ŏzining «sotsial-fizika» (1835 yil) kitobida shunday xulosaga keladiki, har Qanday sotsial tuzum ŏzining tashkil topishiga kŏra kelib chiQuvchi jinoyatlarning ma’lum bir miQdori va tartibini belgilaydi. Bu sohada olib borilgan tadQiQotlar jinoyatni bir Qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlardan kelib chiQishidan kŏrsatdi: sotsial ŏrin (mavQe), faoliyat turi, ma’lumot darajasi, QoniQtirmaydigan moddiy ahvol, individ va sotsial guruh ŏrtasida munosabatlarni pasayishi, madaniy chegaralarning yŏQligi, sotsial nazoratni talabga javob bermasligi. Jahon amaliyoti kŏrsatganidek, bozor munosabatlariga ŏtishda, ayniQsa, birinchi davrlarda jinoyatni kuchayishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni ahvoliga nosoG’lom konkurentsiya, ishga joylashishga Qiyinchiliklari, infilyatsiya katta ta’sir kŏrstaadi. Jinoyat bu insoniyatni barcha nuQsonlarini aks ettirishidir. Hech Qaysi jamiyat uni yŏQ Qilishga erishgani yŏQ. Shunday bŏlsada, jamiyatni majburiy bŏlgan vazifasi ŏsish templarini pasayishiga erishish va jinoyatchilikni sotsial chidamkorlik darajasida nazorat ustida ushlab turishidir.
Alkogolizm (ichkilikbozlik), bayram, tantanali marosimlar, oilaviy tantanalarni ŏtkazishda, shuningdek, shaxsiy muammolarni hal etish yŏlida spirtli ichimliklar ichish majburiy bŏlib Qolganligi an’anasi insonlar hayotida alkogolni QattiQ ŏrnashib Qolganligiga asos bŏladi. Lekin bu sotsial-madaniy an’ana jamiyatga Qimmatga tushmoQda. Statistikaga kŏra, sobiQ ittifoQ davrida mayda bezorilikni 90%, tajavuzkorlikni 90%, boshQa jinoyatlarni Qariyib 40% ichkilikbozlik bilan boG’liQ bŏlgan. Tarix guvohlik beradiki, jamiyat alkogolizmga Qarshi 2 yŏl bilan kurashgan: 1) Spirtli ichimliklarni chegaralash, ularni ishlab chiQarishni va sotishni QisQartirish, narxini oshirish, ta’QiQ va chegaralarni buzganligi uchun jazoni kuchaytirish yŏlidir. 2) Bu alkogolga ehtiyojni kamaytirishga Qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish, hayotni sotsial va iQtisodiy sharoitlarini yaxshilash, umumiy madaniy va ma’naviyatni ŏsishi, alohida alkogolsiz fe’l-atvor stereotiplarini shakllantirish yŏlidir. Ikkinchi yŏl maQsadga muvofiQdir, lekin bu alkogolizmga Qarshi kurashni administrativ yŏlini rad etmaydi. Bu 2 yŏlni birga ongli ravishda muvofiQlashtirish lozim.
Giyohvandlik (narkomaniya). Shaxsga va jamiyatga bugun buzG’unchi ta’sir kŏrsatuvchi, oG’ir sotsial oQibatlariga kŏra giyohvandlik asosiy ŏrin tutadi. Sotsiologik tadQiQotlar kŏrsatishicha, odamlar rohat olish, ŏtkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib Qoladilar. Giyohvandlar asosan yoshlar ichida kŏp uchraydi. TadQiQotlar yana shuni kŏrsatadiki, kŏpchilik boshQa odamlar ta’siri ostida, asosan dŏstlari, tanishlari orQali giyohvand moddalarga berilib QolmoQdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar Qabul Qilishni boshlanish etaplarida odam hech Qanday yomon ta’sir, oG’ir sezmaydi, aksincha giyohvand moddani Qabul Qilganda kayfiyat kŏtariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni kŏpchilik soG’liQga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb ŏylaydi. Jismoniy va psixik degradatsiya bosQichida esa, ular boshi berk kŏchaga kirib Qolganligini anglab etadilar. Lekin bu odatdan vos kechishga kuchlari etmaydi, unga bŏysunib Qoladilar. Giyohvandlik bilan kurashida sotsial, iQtisodiy, madaniy xarakterdagi chora-tadbirlar va shuningdek maxsus meditsinaga oid, huQuQiy chora-tadbirlardan foydalaniladi.
Suitsid (ŏz-ŏzini ŏldirish). Suitsid bu odamning ŏzini-ŏzi ŏldirishga harakat Qilishdir. Kŏp hollarda suitsid chetga oG’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bŏmagan muammolardan, umuman hayotdan Qutulish usuli bŏlib keladi. Bunday hollar kuzatilib, ŏrganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins, yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan ŏrniga boG’liQ holda kelib chiQadi. Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda kŏp uchraydi va bugungi kunda ularni kŏpayishi kuzatilmoQda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol orasidagiga Qaraganda kŏproQ oG’ir ahvollarga olib keladi. Ŏz joniga Qasd Qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi ŏz-ŏzini ŏldirish hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoQda. Jahon statistikasiga kŏra, suitsid fe’l-atvor kŏpincha shaharlarda, yolG’iz yashovchi odamlar orasida kuzatiladi. Ŏrta Osiyoda 60-yillardayoQ ayollar ichida ŏz joniga Qasd Qilish hollari kuzatilgan. Asosan ŏzini yoQish kŏpaygan. Buning sotsial sababi ayollarga bŏlgan notŏG’ri munosabatlar, ularga jamiyat tomonidan befarQ Qaralganligi turmushdagi Qiyinchiliklar, ayollarni ijtimoiy ishlab chiQarishga, ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishda zarur shart-sharoitni yaratish bilan boG’liQ bŏlgan muammolarni mahalliy boshQarish organlari tomonlaridan notŏG’ri hal etilganligidir.
Fohishabozlik. Bu termin lotincha «Prostitutio» sŏzidan olingan bŏlib, or-nomusni yŏQotish, xŏrlash, toptash degan ma’nolarni beradi. Mehnat taQsimoti, shaharlarni vujudga kelishi jarayonida paydo bŏlgan fohishabozlik kapitalistik munosabatlar bilan bir Qatorda rivojlanib bordi. XX asrning 20 yillarining boshlaridan Evropada ham, Shimoliy Amerikada fohishabozlikni kamayishi kuzatilmoQda. Bu an’anani sababi tadQiQotchilarni fikriga kŏra ayollarni iQtisodiy ahvolini yaxshilanishi, birovga Qaram bŏlib Qolmasligidir. SobiQ ittifoQda fohishabozlik tŏG’risida gapirilmas edi, yaQindan boshlab tadQiQot natijalari ochiQ matbuotda e’lon Qilina boshlandi, Qaerlardadir bu harakatlar Qonuniylashtirilgan. 20-yillarda kŏp ayollar bunday ish bilan ochlik va etishmovchilik tufayli shuG’ullanishgan. Ular asosan ma’lumoti past ayollar edi. Bugungi kunda sotsial va yosh bazasini keskin kengayishi kuzatilmoQda. Ayollar bunday ishni ochlikdan, yŏQchilikdan emas, balki moddiy ahvolini yanada yaxshilashga, «chiroyli hayot»ga intilishlari tufayli QilmoQdalar. Fohishabozlikka Qarshi turli siyosatlar olib borilgan: progibitsionizm (ta’QiQ), reglamentatsiya (rŏyhatga olish va meditsinaga oid kŏrsatish), abolitsionizm (profilaktika), tushuntirish-tarbiyalash ishlari. 1-2 formani etarlicha effektiv emasligi ma’lum bŏldi. Moddiy manfaatdorlikni ŏsishi bilan ayollarni axloQiy ŏsishi fohishabozlikni bora-bora chetga chiQishiga yordam beradi.
Hozirgi kunda ŏsmirlar orasida deviant fe’l-atvorni ŏsishi dolzarb muammo bŏlib QolmoQda. Ŏsmirlar kŏpincha chetga oG’uvchi hatti-harakatlarni ongsiz ravishda, behosdan Qiladilar. Shuning uchun ularning kŏpchiligi Qilgan ishlarini mohiyatini anglab etmaydi, ŏz xatosini, aybini kŏrmaydi. Sŏrovlar natijasiga kŏra, ŏsmirlarni kŏpchiligi ŏz jinoiy ishlarini sababini tashQi shart-sharoitlardan Qidiradilar, tashQi dunyoni ayblaydilar, sŏralganlarni tŏrtdan bir Qismi ŏxshash vaziyatda har biri shuday hatti-harakat Qilishini aytib ŏtganlar. Ŏsmirlarni hatti-harakatida chetga oG’ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab ŏtish lozimki, yoshlar deviatsiyasi-jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks ettishidir. Chetga oG’uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini tashkil Qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bŏyicha yaxshi ŏylangan, maQsadli yŏnaltirilgan ishlar Qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan soG’lom oila muhitini ŏrni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulQ-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miQyosida esa Qonunni himoya Qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat Qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob’ektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.Shoumarov, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin.
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.
Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.
Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.
Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu — oiladir: Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni kattadir «Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.Afsuski, oramizda shunday insonlar ham uchraydiki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlarini yuzaga keltiradilar. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi.Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi:a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) ichkilikbozlik.
Deviant xatti-harakatlarning sabablari noaniq tarzda belgilanadi. Tadqiqotchilar e'tiborini shaxsiy, psixologik og'ishlar va tartibsizliklarga qaratadilar (nevrozlar, psixozlar va boshqalar);sotsiologlar - ijtimoiy guruhlarning madaniyat me'yorlaridan chetga chiqishlari haqida. Shunday qilib, E.Dyurkgeym deviant xulq-atvorni ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarning zaifligi va nomuvofiqligi bilan, R.Merton esa - sotsial-madaniy maqsadlar va ularga erishishning ijtimoiy
tomonidan tasdiqlangan institutsionallashtirilgan vositalari o'rtasidagi tafovut bilan bog'ladi.Tadqiqotchilar deviant xulq-atvorning hozirgi kuchayishini zamonaviy iste'mol jamiyati va ommaviy madaniyatga xos bo'lgan deindividuatsiya jarayonining kuchayishi bilan bog'lashadi,bu yerda ko'p odamlar o'zlarining individualligini yo'qotib, olomon bilan birlashadilar.O'smirning guruhga qo'shilishi ko'pincha normaga zid faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlarini kamaytirishga olib keladi. Gap shundaki, u guruhga qo'shilgach, ikkinchi o'ringa tushib qoladi va
axloqiy jihatdan unda "yashirin" qoladi, chunki jamiyatning e'tibori guruhning o'ziga qaratilgan. Shu bilan birga, ma'lum bir o'smir ustidan ijtimoiy nazorat kamayadi va qandaydir noto'g'ri xatti-harakatlari uchun jazo kutilayotgan vaziyatda u o'zini guruhda ikkinchi o'ringa qo'yib,javobgarlikni yashirish yoki tarqatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Guruhdagi o‗smir jazodan qutulib qolish mumkinligini bilib, jamiyat tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan jazo choralariga befarq bo‗lib qoladi, shuning uchun uning xatti-harakati asta-sekin tashqi qoidalar va
me‘yorlarga bo‗ysunishni to‗xtatadi.O'zining individualligini yo'qotib, guruhga qo'shilgan o'smirlar o'zlarini alohida mavjudot sifatida yaxshi bilishmaydi. Natijada, o'z xatti-harakatlarini joriy nazorat yoki tahlil qila olmaslik
va uzoq muddatli xotira omboridan xatti-harakatlarning tegishli me'yorlari va qoidalarini olishning iloji yo'qligi . Bunday o'smirlar ham oldindan ko'ra olmaydilar va ularning xatti-harakati o'ychanlik yoki rejalashtirishning yetishmasligidan aziyat chekadi. Muayyan deviant xatti-harakatlarning sababi bir emas, balki ko'p sabablar emas. Zamonaviy G‘arbga kelsak,ekspertlarning fikriga ko'ra, o'smirlarning xatti-harakatlaridagi ko'pchilik og'ishlar, masalan,
beparvolik, huquqbuzarlik, psixofaol moddalarni iste'mol qilish, tajovuzkorlik va boshqalar umumiy manba - ijtimoiy moslashuvga asoslangan.Shunday qilib, o'smirlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaradigan ko'plab sabablar
majmuasida quyidagilar mavjud: 1) oilaviy kelishmovchiliklar va buning natijasida bolalarni tarbiyalashdagi kamchiliklar (ota-onalarning spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilishlari; ota-onalarning pedagogik qobiliyatsizligi; ajralishlar sonining ko'payishi. 2) o'smirlarni erta yoshdan giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish bilan tanishtirish 3) ota-onalarning bolalar ustidan nazorati yo'qligi 4) maktabning noto'g'ri hisob-kitoblari; 5) oila, maktab va jamiyat o'rtasidagi aloqaning etarli emasligi; 6) ta'limda yagona talablarga rioya qilmaslik;

Xulosa
Hozirgi kunda ŏsmirlar orasida deviant fe’l-atvorni ŏsishi dolzarb muammo 


bŏlib qolmoqda. Ŏsmirlar kŏpincha chetga og’uvchi hatti-harakatlarni ongsiz 
ravishda, behosdan Qiladilar. Shuning uchun ularning kŏpchiligi Qilgan ishlarini 
mohiyatini anglab etmaydi, ŏz xatosini, aybini kŏrmaydi. Sŏrovlar natijasiga kŏra, 
ŏsmirlarni kŏpchiligi ŏz jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan 
Qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, sŏralganlarni tŏrtdan bir Qismi ŏxshash 
vaziyatda har biri shuday hatti-harakat Qilishini aytib ŏtganlar. Ŏsmirlarni hatti-
harakatida chetga og’ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni 
rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidla b
ŏtish lozimki, yoshlar deviatsiyasi-jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks 
ettishidir. Chetga og’uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini 
tashkil Qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bŏyicha yaxshi ŏylangan, 

maqsadli yŏnaltirilgan ishlar Qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng 


muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol 
avlodni shakllantirishdan sog’lom oila muhitini ŏrni kattadir. Qolaversa, inson 
hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat 
jamoasi, umumdavlat miqyosida esa Qonunni himoya Qilish organlari (sud, 
prokuratura, militsiya) ham nazorat Qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy 
nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi». Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.


  3. Download 27.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling