Devoni foniy poetikasi


SADDIY ISKANDARIY DAN 10 TA BAYTNING RITMIK XUSUSIYATINI O'RGANISH


Download 73.55 Kb.
bet11/18
Sana01.04.2023
Hajmi73.55 Kb.
#1316007
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
1-10 navoiy

SADDIY ISKANDARIY DAN 10 TA BAYTNING RITMIK XUSUSIYATINI O'RGANISH
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bo‘lib, tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438 yillarda podsholik qilgan) bilan bog‘liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlangan. “Shohnoma”da Bahrom Go‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o‘z kanizagi Ozoda bilan to‘qnashuviga doir voqealar tasvirlangan. “Shohnoma”dagi Bahrom Go‘r va uning kanizagi orasidagi bu to‘qnashuv lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur “Haft paykar” dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi. Nizomiy asaridan keyin 200 yil o‘tgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht” dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi. Turkiy tilda birinchi bo‘lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini “Sab’ai sayyor” deb ataydi. “Sab’ai sayyor” dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e’tiborni qaratib, iltizom (bir so‘zni biror parchaning barcha misra yoki baytlarida qo‘llab, shu so‘zning muhimligini ta’kidlash) badiiy san’ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo‘lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi. Shuningdek, Bahrom va Dilorom so‘zlarini asl va majoziy ma’nolarda qo‘llab, sayyoralar olami, dunyoning yaratilishi haqida o‘z falsafiy qarashlarini bayon qiladi, olamning yaratilishini tasavvufdagi vahdat ul- vujud falsafasi asosida bayon qiladi: Ishq sensen dog‘iyu oshiqsen, Yana ma’shuqluqqa loyiqsen. Ayni ma’shuqluqda jilvai zot, O‘zini ko‘rgali tilab mir’ot. Sensenu sendin o‘zga xud nima yo‘q, Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung ul nima o‘q. Dostonning 2-bobi munojot bo‘lib, bunda buyuk shoirning yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‘z ifodasini topgan: Qodiro, ul zaifu osiymen, Ki boshimdin ayoq maosiymen. Navoiy tashbeh san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chumoliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko‘nglini nimjon pashshaga o‘xshatadi: Toat aylarda mo‘ri xasta barin, Lek isyon mahalli sheri arin.Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag‘ishlanadi. Payg‘ambarning asli qurayshiy, yeri abtahi, mazhabi hoshimiy, manzili Yasrib ekanligi aytilgach, uning nuri “Lot” bilan “Uzzo”ni shikastlagani, ismining harflari yechilganda ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr eli motamining zulmatiga, din elining esa ulug‘vorligiga aylanishi aytiladi. 4-bob Me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlanadi. Bunda payg‘ambarimiz huzuriga elchi (Jabroil) kelib, Haqning salomini yetkazganligi va oshiq o‘z mahbubining visoliga erishmoq niyatida ekanligini xabar qilgani, payg‘ambarimiz yaratuvchining huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni iltimos qilganlari va barcha istaklari birma-bir qabul qilinganligi haqida so‘z boradi. 5-bob so‘z ta’rifida. Navoiy bu bobda so‘zga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi: So‘z kelib avvalu, jahon so‘ngra, Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra… Alloh, alloh, ne so‘zdurur bu so‘z, Mundin ortuq yana bo‘lurmu so‘z. Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur, Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur. . 6-bob ulug‘ salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag‘ishlangan. Shoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to‘xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko‘plab qo‘llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go‘zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to‘xtalib, uni “vasi’ maydon” (keng maydon) deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vasi’ maydoni.


Download 73.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling