“devoni lugʻotit turk”dagi harakatning holati fe’llari
Download 59.16 Kb. Pdf ko'rish
|
12 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org Mar. 28 th 2023 160 “DEVONI LUGʻOTIT TURK”DAGI HARAKATNING HOLATI FE’LLARI Shoira Eshboyeva ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi 3-kurs eshboevashoira@gmail.com +998900084407 Annotatsiya Ushbu maqolada “Devoni lug‘otit turk”dagi harakatning holati fe’llaridan ayrimlari tahlilga tortildi. Hamda ushbu so‘zlarning lug'aviy ma’nosini kengroq yoritish va turli davrlarda qay holatda qo'llanilganligi, ma’no taraqqiyotida qanday o'zgarishlar yuz berganligini aniqlash maqsadida “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yordamida qiyosiy o‘rganildi. Kalit so‘zlar: lug‘at, fe’l, holat fe’llari, harakat fe’llari,ob’ekt, sub’ekt. Abstract In this article, some of the verbs of the state of action in the "Devoni lug'otit turk" were analyzed. And in order to clarify the dictionary meaning of these words in a wider way and to determine in what situations they were used in different periods, what changes occurred in the development of the meaning, “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” and “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” was studied comparatively. Keywords: vocabulary, verbs, state verbs, action verbs, object, subject. O‘zbek tilidagi holat fe’llari ob’ektiv asosiga ko‘ra tabiat va jamiyatyagi, o‘simliklar va hayvonot olamidagi, inson biologiyasi, fiziologiyasi va psixikasi bilan bog‘liq muayyan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Demak, holat fe’llari moddiy asosiga(ob’ektiga) ko‘ra kengligi va murakkabligi, materiyaga xos turlicha holatlarni o‘ziga “joylashtirishi” bilan boshqa semantik maydonga kiruvchi fe’l leksemalardan ajralib turadi. Holat fe’llari ma’nosida reallashuvchi holat muayyan logik sub’ekt doirasidagina sodir bo‘lishi, undan tashqariga chiqmasligi, unda qolishi bilan xarakterlanadi. Holat fe’llari holat ifodalaydi, kimdir(nimadir) muayyan holatda bo‘ladi 1 . Harakatning holati fe’llarida holat harakatning doimiy belgisi, uning mavjudligi, “yashash” usuli, ammo tugallanmagan, davomli belgisi bo‘lib ko‘rinadi. Chunki holatning yo‘qolishi harakatning tugashi bilan yuz beradi, ya’ni harakat holatning manbai, asosi sifatida mavjud bo‘ladi. Boshqacha aytganda, logik sub’ekt holati harakat bilan birgalikda, bir butun ajralmas 1 Rasulov R. O‘zbek tilida holat fe’llari va ularning obligator valiantliklari.Toshkent 1989. — B 19. Download 59.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling